Kirish Adabiyotlar sharhi


III TADQIQOT OLIB BORILADIGAN TUPROQ VA IQLIM SHAROITI


Download 243.09 Kb.
bet4/9
Sana06.04.2023
Hajmi243.09 Kb.
#1277966
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Dorivor Momaqaymoq.Kurs ishi tayyor

III TADQIQOT OLIB BORILADIGAN TUPROQ VA IQLIM SHAROITI

Tadqiqot natijalari bevosita sharoitga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun qishloq xo’jaligi sohasidagi barcha tadqiqotlar bevosita dala sharoitida olib borilgani sababli, tashqi muhitning ham ta’siri o’rganiladi.


Tadqiqotlar olib borishda tajriba maydonining iqlim va tuproq sharoitlarini o’rganib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotni bajarish sharoitini o’rganish bilan bir qatorda uning uslubnini ham to’g’ri tanlab olish lozim. Chunki, tadqiqot uslubi tadqiqotchi uchun asosiy qo’llanma vazifasini o’taydi.
Tajribalar Andijon Qishloq xo’jalik institute o’quv ilmiy ishlab chiqarish xo’jaligi sharoiti 2017- 2018 yillar davomida o’tkaziladi. Bu xo’jalik Andijon viloyatining Andijon tumani hududida, Qoradaryoning o’ng qirg’og’ida joylashgandir. Bu mintaqaning iqlimi keskin continental bo’lib, eng yuqori harorat iyul oyida + 43 C gacha, minimal harorat yanvar oyida bo’lib,
– 25 C gacha sovuq bo’ladi. Yillik yog’in miqdori o’rtacha 220- 240 mm ni tashkil etadi.

Havoning o’rtacha sutkalik harorati va yog’inlar miqdori


(Andijon ob- havo markazi ma’lumotlari)


Yillar

Oylar


1


2


3


4


5


6


7


8


9


10


11


12


Havoning o’rtacha sutkalik harorati, C



2017


2,9


6,1


10,0


15,7


22,3


26,7


27,3


26,3


21,5


12,7




8,4


1,5


2018


2.0


1,6


11,8


16,2


20,4


27,0


28,4


-


-


-


-


-


Yog’inlar miqdori, mm



2017


33


15


74


23


13


18


3


2


1


24


31,7


44,5


2018


16


33


33


14


40


22


3


1


5


21


-


-


Nisbiy namlik,%



2017


-


-


-


-


-


-


-


-


-


66


75


81


2018


77


83


80


72


50


50


50


-


-


-


-


-

Jadvalda koʻrsatilgan maʼlumotlar boʻyicha tajriba oʻtkazilgan yili, 2017 yil kuz oylarida oʻrtacha harorat kuzgi bugʻdoy urugʻlarini unib chiqishi
va maysalashi uchun qulay boʻlganini koʻrish mumkin. 2018 yil bahor oylarida ham harorat oʻsimlikni keyingi rivojlanish davrlari oʻtishi uchun qulay boʻldi.
Ammo yogʻinlar miqdorining kamligi va havoning nisbatan quruqligi ekinlardan yuqori hosil olish uchun sunʼiy sugʻorish oʻtkazishni talab etadi.
Tuproqlari oʻtloqi botqoq tuproqlar tipida boʻlib kadimdan sugʻorilib kelinadi. Yer osti suvlari chuqurligi 1,2-1,5 m ni tashkil kiladi.
Tuproqlari mexanik tarkibi boʻyicha ogʻir va oʻrtacha ogʻirlikdagi tuproqlardir. Tuproqning agrofizik xususiyatlari 1 m qatlamda quyidagicha: solishtirma ogʻirligi 2,5-2,6 g/sm3, hajm oʼirligi 1,33-1,35 g/sm3, suv sigʻimi (CHDNS gan nisbatan) 24,5-25 % ogʻirlikka nisbatan.
Tajriba dalasining agrokimyoviy tarkibini aniqlash maqsadida
tajriba oʻtkazilgan daladan, tajriba qoʻyishdan oldin tuproqning 0-30 va 30-50 sm li qatlamidan diagonal boʻyicha 5 nuqtadan tuproq namunalari
olindi. Tajriba dalasi tuprogʻining dastlabki agrokimyoviy tarkibi
toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (3.2-jadvalda) keltirilgan.
Tajriba dalasi tuprog’ida gumus va ozuqa elementlar miqdori:


Tuproq
Chuqurligi
sm

Gumus
%

Umumiy shakllari, %



Harakatchan shakllari, mg/kg



N


P


K


N-NO3


P2O2




K2O




  1. 30

0,89

0,070

0,120

1,85

19,2

28,8

270

30- 50

0,75

0,058

0,110

1,75

12,0

20,7

230

Olingan maʼlumotlarga qaraganda, tadqiqotlar oʻtkazilgan dalaning 0-30 sm tuproq qatlamida chirindi miqdori 0,89 % ni, umumiy azot miqdori 0,070 % ni, umumiy fosfor miqdori 0,120 % ni va umumiy kaliy miqdori 1,85 % ni tashkil etgan boʻlsa, 30-50 sm qatlamda ushbu koʻrsatgichlar, chirindi 0,75, umumiy azot 0,058 %, umumiy fosfor 0,110 % ni umumiy kaliy 1,75 % oraligʻida boʻldi. Ozuqa elementlarini harakatchan shakllari boʻyicha olingan maʼlumotlarga qaraganda tuproqning haydalma qatlamida nitratli azot miqdori 19,2 mg/kg, harakatchan fosfor 28,8 mg/kg va harakatchan kaliy 270 mg/kg ni, haydalma osti qatlamida esa mos ravishda 12,0 mg/kg, 20,7 mg/kg va 230 mg/kg atrofida boʻlganligi aniqlandi.




IV ASOSIY QISM:
4.1. Dorivor momaqaymoq tavsifi va an’anaviy tibbiyotda qo’llanilishi
Momaqaymoqning tarkibida foydali moddalar ko'p. O'simlikning barglari hamda gulto'plarida ksantofillinlar - lyutein , va paraksantin , karotinoidli moddalar , vitamin B2 mavjud . Yangi chiqqan barglarining sut shirasida laktuserol , kauchuk , xolin , asparagin ,saponinlar , organik kislotalar , mumsimon moddalar bor . Momaqaymoqning ildizi tarkibida esa tarakserol , taraksol , taraksasterol, shuningdek sterinlar , 24 % inulin , 2-3 % kauchuk , yog'lar (palmitin , olein , linol , serotin kislotalaridan tashkil topgan glitserinlar kiradi) mavjud . Momaqaymoq xalq medetsinasida keng ko'lamda ishlatiladi . Jumladan uni ovqat haxm qilish organlarining faoliyatini tezlatuvchi vosita sifatida , ildizi va bargidan tayyorlangan damlama buyrak kasalligini davolashda , surgi dori hamda o't va siydik haydovchi omil sifatida ishlatiladi . Bundan tashqari momaqaymoq ildizidan tayyorlangan damlama jigar shamollashida , o't pufagi va me`da yallig'lanishida nafli hisoblanadi . Shuningdek u bavosilni ham davolashda tavsiya etiladi . Bunday damlama bilan tish hamda tomoq og'riganda og'iz chayqash , bargini maydalab uzum sirkasiga qo'shib so'gallarni ketkazish mumkin . Bargidan olingan shira kamqonlik , darmonsizlik va ko'krak qafasi kasalliklarini davolashda yordam beradi . Ilmiy medetsinada momaqaymoqdan tayyorlangan preparatlardan keng foydalaniladi .O'simlik ildizidan tayyorlangan quyuq ekstrakt yoki poroshok ishtaha

ochuvchi , ovqat hazm bo'lishini yaxshilovchi , o't haydovchi dori sifatida , anasidli gastritni davolash uchun tavsiya etiladi . Shuningdek farmatsevtikada ham momaqaymoq o'simligidan foydalaniladi . Momaqaymoning dorivor mahsulotlari (ildizi va yer ustki qismi )odatda erta bahorda yig'iladi . Yig'ib olingan o'simlik ildizi sovuq suv bilan yuviladi , ochiq havoda so'litiladi , so'ngra bir qavat qilib quritiladi. O'simlikning barglarini esa havo almashib turadigan pana joylarda quritiladi . Uy sharoitida momaqaymoq o'simligidan damlama tayyorlash uchun og'zi yopiladigan idishga bir stakan qaynoq suv solinadi , uning ustiga o'simlikning maydalangan yer ustki qismidan yoki ildizidan 1 choy qoshiq olib 1 soat davomida damlanadi . U dokadan suzilib kuniga 3-4 mahal ovqatlanishdan yarim soat oldin chorak stakandan ichiladi .

Download 243.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling