Geografik tarqalishi: Arktika va cho’l tumanlardan tashqari hamma yerda uchraydi. Asosan, u o’rmon- cho’l va cho’l hududlaridagi (cho’lni shimoliy tumanlarida) o’tloqlar, ko’chalarda, hovli, bog’, parklar, ekinzor va boshqa yerda o’sadi.
Mahsulot Ukraina, Belorus Respublikalari, Voronej, Kursk, Kuybishev viloyatlari va Boshqirdistonda tayyorlanadi.
4.2. Dorivor momaqaymoq mahsulot tayyorlash,mahsulotning tashqi ko’rinishi va mikroskopik tuzulishi
Mahsulot tayyorlash. O’simlikning ildizi kech kuzda kovlab olinadi, so’ngra suv bilan yuvib, mayda ildizchalardan va ildiz bo’g’izidan tozalanadi. Tozalangan ildizdan sut- shira chiqishi to’xtagunga qadar ildiz havoda so’litiladi. So’ngra bir qavat qilib yoyib quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko’rinishi: Tayyor mahsulot ildizdan tashkil topgan. Ildizi o’qildiz, shoxlanmagan yoki kam shoxlangan, ildiz uzunasiga burishgan, mo’rt, yoshlarning ustkitomoni qo’ng’ir, qarilariniki esa to’q qo’ng’ir rangli bo’lib, uzunligi 10-15 sm, yo’g’onligi 0.3-1.5sm. ildizi hidsiz, achchiq mazasi bor.
Mahsulotning mikroskopik tuzulishi: Sovuq yo’l bilan yumshatilgan ildizni glitserin va spirt aralashmasiga bir sutka solib qo’yib, keyin ko’ndalangiga va bo’yiga (tangential holda) kesib preparat tayyorlanadi va mikroskop ostida ko’riladi. Ildiz ko’ndalang kesimida tashqi tomondan tiqin bilan qoplangan. Tiqin qavatining ichkarisida po’stloq parenximasi, floema, markazida esa ksilema joylashgan. Floema bilan ksilema o’rtasida kambiya bor. Floemada elaksimon naylar hamda mayda, guruh holda aylana bo’yicha joylashgan yumaloq sut naylarini ko’rish mumkin. Tangential holda kesilgan preparatda esa sut naylar naycha shaklida shoxlangan va bir- biri bilan birlashgan holatda uchraydi. Sut naylari yod ta’sirida sariq- qo’ng’ir rangga, sudan III eritmasi ta’sirida esa (biroz qizdirilgandan so’ng) qizil rangga bo’yaladi.
4.3. Kimyoviy tarkibi, ishlatilishi, dorivor preparatlari va zamonaviy tibbiyotda qo’llanilishi
Kimyoviy tarkibi: Ildizi tarkibida tarakatsin va taraksatserin achchiq glikozidlari, triterpin birikmalari, 24 %gacha inulin, kauchuk, yog’ va boshqa moddalar bo’ladi. Gul to’plami va bargi tarkibida karotinoidlar, triterpin spirtlar hamda vitamin B2 bor.
Ishlatilishi: Qoqi o’simligining dorivor preparatlari achchiq modda sifatida ishtaxa ochish, ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilashda hamda o’t haydovchi dori sifatida, quyuq ekstrakti esa hab dori tayyorlashda qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |