Kirish Adabiyotlar sharhi


Download 243.09 Kb.
bet6/9
Sana06.04.2023
Hajmi243.09 Kb.
#1277966
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Dorivor Momaqaymoq.Kurs ishi tayyor

Dorivor preparatlari: Qaynatma, ildizning quyuq ekstrakt. Qoqining qirqilgan ildizi ishtaxa ochuvchi, o’t haydovchi va me’da kasalligida ishlatiladigan choy yig’malar tarkibiga kiradi.
Momoqaymoq (baʼzi hududlarda qoqioʻt deyiladi) giyohining davolash xususiyatlari moʻlligi bois u kuchli malham sifatida yurtimizda qadimdan foydalaniladi.
Kanadalik olimlar momaqaymoqning choyi saraton toʻqimalarini 48 soat ichida yoʻq qilishi va sogʻlom toʻqimalarni esa saratondan himoya qilishini aniqlashdi. Olimlar momaqaymoq ildizining foydasi kimyoterapiyadan samaraliroq ekanligini isbotladilar. Hatto, mijozlar uni toʻrt oy uzluksiz ichib tuzalib ketganligini taʼkidlashdi.
Momoqaymoq (oduvanchik) ildizi bahorda hali gullamasdan turib, kovlab olinadi-da, tozalab yuvib, somoncha shaklda toʻgʻrab, xuddi choydek damlanadi. Bir litr suvga oʻntacha ildiz yetadi. Oʻsimlik tomirlari serqatnov yoʻl chetlaridan emas, obu havosi toza va suv yoʻllari oldidan terilsa, maqsadga muvofiq. Ekologik toza ildizda shifobaxshlik xususiyati koʻproq saqlanadi.
Shuningdek, haddan ortik soya- salqin joylardan ham terish maqsadga muvofiq emas. Uni kishda xam ishlataman desangiz, giyoh tomirlari yaxshilab yuvib tozalangandan soʻng, soya joyda, oftob tegmagan holatda quritiladi. Agar tomir yirik boʻlsa, uzunasiga (kundalangiga emas) somoncha shaklida kesib, quritiladi. Yaxshi quritilgan tomirlarni latta xaltagacha solib, soya va quruq joyda saqlab qoʻysangiz shifobaxshlik xususiyatini yoʻqotmaydi. Qish kunlarida ham bemalol ishlatishingiz mumkin.




XULOSA
Hozirgi vaqtda tibbiyotda 250 ga yaqin dorivor o’simliklar mahsulotidan foydalaniladi. Dorivor o’simliklar mahsulotining 48 % I yovvoyi holda o’sadigan o’simliklardan, 30 % I jamoa va davlat xo’jaliklarining dorivor o’simliklar o’stiriladigan dalalar- plantatsiyalarda tayyorlanadi. Qolgan 22 %i “aralash” guruhni tashkil qiladi. Ya’ni bu dorivor o’simliklar mahsuloti ham yovvoyi holda o’sadigan, ham plantatsiyalarda o’stiriladigan o’simliklardan yig’iladi. “Aralash” dorivor o’simliklardan tayyorlanadigan mahsulotlarning salmog’i umumiy yig’iladigan dorivor mahsulot miqdorida yil sayin oshib bormoqda.
O’stiriladigan dorivor o’simliklar mahsuloti yil sayin ko’payib bormoqda. Buning sabablari ko’p bo’lib, asosiylari quyidagilardan iborat.

  1. Dorivor o’simliklar mahsulotiga ehtiyoj ortib borishi natijasida ularni tayyorlash miqdori ham ko’paymoqda. Bu esa o’z navbatida, qator dorivor o’simliklarning ko’p o’sadigan joyida kamayib ketishiga, natijada ularni tayyorlashning keskin chegaralanishi yoki butunlay to’xtalishiga olib kelmoqda. O’zbekistonda yovvoyi holda o’sadigan bozulbang va qoraqovuqlarning yerustki qismi va piyozining ko’p tayyorlanishi natijasida ularning zaxirasi (miqdori) tabiiy o’sish joyida juda ham kamayib ketdi. Shuning uchun hozirgi vaqtda bu o’simliklar O’zbekiston “Qizil kitob” iga kiritildi, ularni tabiiy o’sish joyida tayyorlash to’xtatildi va jamoa xo’jaliklari dalalarida hamda yovvoyi holda o’sadigan joylarda o’stirilmoqda. Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin.

  2. Dorivor o’simlik mahsulotiga muntazam ravishda talabning oshib borishi va uni yovvoyi holda o’sadigan o’simliklar hisobiga qondirmasligi. Natijada shu o’simliklarni plantatsiyalarda o’stirishga to’g’ri kelmoqda.

  3. Ba’zan kamyob dorivor o’simliklarga talab katta bo’lsa, lekin ularni yovvoyi holda yig’ish noqulay, qiyin joylarda (masalan, Kavkaz va Qrimning tog’li tumanlarida o’sadigan belladonna va boshqalar) yoki kam miqdorda, katta hududda tarqoq holda (masalan, Rossiyaning Yevropa qismida keng tarqalgan, lekin siyrak uchraydigan dorivor valerian ava boshqalar) o’ssa, bu dorivor o’simliklar mahsulotini tayyorlash plantatsiyalarda o’stirishdan qimmatga tushadi. Shuning uchun bunday o’simliklar ham plantatsiyalarda o’stiriladi.

  4. Yovvoyi holda o’sadigan dorivor o’simliklarni katta hajmda tayyorlashning qiyinligi, uni yig’ib olish uchun qishloq xo’jalik texnikasidan foydalanishning murakkabligi.

Plantatsiyada o’stiriladigan dorivor o’simliklar mahsulotini qulay sharoitda va ta’sirchan kimyoviy biologik faol moddalari ko’p to’plangan davrda mashina yordamida yig’ib olish mumkin.

  1. Qimmatbaho, tibbiyot uchun juda zarur bo’lgan dorivor mahsulot respublikamiz hududida yovvoyi holda o’smaydigan, tropik yoki subtropik iqlimli davlatlarda o’sadigan o’simliklardan tayyorlanadigan bo’lsa, iloji boricha shu o’simlikni o’zimizda o’stirishga harakat qilinadi va o’stiriladi.

Yangidan ekilishi kerak bo’lgan dorivor o’simliklar agrotexnikasi va o’stirish usullari BDO’I hamda uning tajriba stansiyalarda, fanlar akademiyasi va universitetlarning botanika bog’larida ishlab chiqiladi. Bu sohada BDO’I hamda uning tajriba stansiyalarining xizmati juda katta bo’lib, ular chet eldan keltirilgan bir qancha tropik va subtropik dorivor o’simliklarni turli iqlimdagi tumanlarda o’stirish agrotexnika shartlarini ishlab chiqdilar. Natijada turli hududlarda (zonalarda) joylashgan jamoa va davlat xo’jaliklarida quyidagi dorivor o’simliklar o’stirilmoqda: aloy turlari, ortosifon, katta kella, sano (kassiya) turlari, Meksika bangidevonasi, to’q qizil passiflora , rauvolfiya turlari, pushti katarantus (bo’rigul), evkalipt turlari, bo’lakli ituzum va boshqalar .
Plantatsiyalarda o’stiriladigan dorivor o’simliklar yovvoyi holda o’sadigan dorivor o’simliklardan katta farq qiladi, ya’ni o’stiriladigan dorivor o’simlik mahsulotida begona o’simliklar aralashmasi bo’lmaydi. Agrotexnika qoidalari asosida o’stirilgan dorivor o’simliklar serhosil va ko’pincha biologik faol moddalarga boy bo’ladi. Yuqorida aytib o’tgan sabablarimizga ko’ra, ba’zi dorivor o’simliklarni o’stirish va ularning mahsulotlarini tayyorlash yovvoyi holda o’sadigan dorivor o’simliklar mahsulotini yig’ishga qaraganda iqtisodiy jihatdan arzon tushadi.
O’zbekiston respublikasida birinchi marta 1973- yilda Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumanidagi davlat xo’jaliklarida ekila boshlandi. Keyinroq (1978- yilda) Namangan viloyati Pop tumanida Ibn Sino nomli dorivor o’simliklar o’stiriladigan davlat xo’jaligi tashkil qilindi. Hozirgi kunda bu xo’jalik dalalarida qalampiryalpiz, dorivor marmarak (mavrak), dorivor tirnoqgul , na’matak, achchiq shuvoq (ermon), bo’lakli ituzum, mayda gulli tog’rayhon va boshqa dorivor o’simliklar o’stiriladi.
Respublikamizni qariyb hamma viloyatlaridagi “Farmatsiya” ishlab chiqarish birlashmalari qoshida dorivor o’simliklar o’stiriladigan polizlar tashkil qilingan bo’lib, ular viloyat dorixonalari talabiga binoan tegishli o’simliklarni o’stirmoqda.
1978- yildan boshlab Toshkent viloyati Qibray tumanidaham qalampiryalpiz, sano, dorivor tirnoqgul, dorivor moychechak, besh bo’lakli arslonquyruq va boshqa dorivor o’simliklar o’stirilmoqda.




Download 243.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling