Kirish Agrobank atb toʼgʼrisida umumiy ma’lumotlar
Pul muomalasi va jamgʼarma amaliyotlarini tashkil qilishdagi raqamli texnologiyalar
Download 0.81 Mb.
|
Hisobot Orifjonov Shaxzod (2) (2)
5. Pul muomalasi va jamgʼarma amaliyotlarini tashkil qilishdagi raqamli texnologiyalar.
Kreditlar bank tomonidan qaytarishlik, toʼlovlik, taʼminlanganlik va muddatlilik shartlari bilan quyidagi maqsadlar uchun beriladi: -qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyiha asosida, qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilib yakka tartibda uy-joy qurish; -qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyiha asosida, qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilib yakka tartibda uy-joyni rekonstruktsiya qilish; -yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʼp kvartirali uydagi kvartirani sotib olish; Kreditlar, kredit muddatini hisobga olgan holda mehnat qobiliyatiga layoqatli, 18 yoshdan 60 yoshgacha boʼlgan doimiy ish joyi hamda oʼz faoliyati natijasidan olinadigan daromad va boshqa rasmiy daromad manbalariga ega boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolariga ajratiladi. Kreditni ajratish, shuningdek kredit boʼyicha asosiy qarz va u boʼyicha foiz toʼlovlari milliy valyuta-oʼzbek soʼmida amalga oshiriladi. Bank tomonidan beriladigan kredit miqdori kredit maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi miqdorlarda belgilanadi: yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun ajratiladigan kreditning eng koʼp miqdori - qonunchilik bilan belgilangan amaldagi eng kam oylik ish haqining 3000 barobarigacha; yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruktsiya qilish hamda yakka tartibdagi uy-joy yoki koʼp kvartirali uydan kvartira sotib olish uchun ajratiladigan kreditning eng koʼp miqdori - qonunchilik bilan belgilangan amaldagi eng kam oylik ish haqining 2500 barobarigacha. Kredit 10 yil muddatga qadar, 6 oylik imtiyozli davrni qoʼllash imkoniyati bilan ajratiladi. Bunda qarz oluvchining oʼz mablagʼlari miqdori uy-joy umumiy qiymatining 25 foizdan kam boʼlmasligi lozim. Qarz oluvchining oʼz mablagʼlari miqdori va kreditlash muddatiga mutanosib ravishda kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilanadi: 7-jadval
Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling