Kirish Asosiy qisim: Texnikaviy o`lchovlar, nazorat qilish va uning turlari
Uzunlik uch o'lchovlari to'plamlari
Download 169 Kb.
|
Analogli o\'lchov qurilmalarining afzallik va kamchiliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- UYaPUO - aniqligi.
- Toplam tuzishga doir misollar.
- Foydalanilgan adabiyotlar
Uzunlik uch o'lchovlari to'plamlari. Ma'lum o'lchamlar to'plamlari ko'lamlari g'iloflarda chiqariladi. Qo'llanish sohasiga qarab 20 tacha to'plamlar chiqariladi va bu to'plamning har birida turli sonli o'lchovlar bo'ladi:
№1 to'plamda 83 dona o'lchov; №2-38; №3-112; №4-10; №5-10; №6-10; №7-10; №8-10; №9-12; №10-20; №11-43; №12-74; №13-11; №14-38; №15-4; №16-29; №17-19; №18-19; №21 to'plamda 7 dona o'lchovlar bor. Mikron to'plam deb ataluvchi to'plamda: №4-8 gacha 10 donadan; № 15 da 4 dona; №21 da 7 dona plitka bo'ladi. Bulardan har birining o'lchami turlicha bo'ladi. UYaPUO' - aniqligi. O'zlarining ishlanish aniqligi bo'yicha, ya'ni ularni ishlatishdagi joizliklarning oshib borish tartibida besh klassga-00, 0, 1,2, 3 bo'linadi. Foydalanishda bo'lganlarga qo'shimcha yana ikki klass 4 va 5 qo'shilib jami 7 klass bo'ladi. Plitkalarning klasslari plitka “o’rta o’lchami (uzunligi)ning” nominal o’lchamiga yaqinlashish darajasini tavsiflaydi. Ish o’lchamlarining baholanishi (attestatsiya qilinishi) bo’yicha, ya’ni plitkaning o’z o’lchami qanday aniqlik bilan o’lchashiga qarab besh razryadga (1, 2, 3, 4, 5) bo’linadi. O’lchamlari eng aniq baholangan plitkalarga birinchi razryad beriladi, 5-razryad plitkalarning o’lchamlari esa qo’polroq baholanadi. Masalan, nominal o’lchami 100 mm bo’lgan birinchi razryad plitkaning 100 mm dan iborat o'lchami 0,1 mkm. gacha aniqlik bilan aniqlangan (attestatsiya qilingan), 5-razryad plitkasining o'sha 100 mm dan iborat nominal o'lchami ±2 mkm. aniqlik bilan attestatsiya qilingan bo'ladi. To'plam tuzishga doir misollar. 1) 17,105 mm o'lcham to'plarnini tuzaylik. Birinchi plitkani mikron to'plamdan, tuzilayotgan to'plam qiymatining oxirgi raqamiga moslashtirib olarniz, ya'ni 1,005 mm. Endi 17,105-1,005=16,1 mm ning oxirgi raqamiga moslashtirib to'plamdan olarniz, ikkinchi plitkaning o'lchami 1,1 mm bo'ladi; 16,1–1,1=15 mm qoladi. Demak, uchinchi va to'rtinchi plitkalarni 10 va 5 mm o'lchamli qilib olsak bo'ladi. 2) 39,98 mm; a) 1,08; b) 1,9; v) 7; g) 30 demak, 1,08+1,9+7+30=39,98 mm. 3) 59,935 mm; 1,005+1,03+1,9+50+6=59,935 mm. UYaPUO’ ning na’munaviy va ishchi o’lchovlar sifatida qo’llanishi, turlichadir: a) davlat etalonidan ishchi o’lchovlarga va asboblarga uzunlik birligini saqlash va uzatish. Bu holda razryad bo’yicha uch o’lchovlardan foydalaniladi. Shu o’lchovlar bilan asboblar ham tekshiriladi. b) o’lchanuvchi o’lcham uchun o’lchov vositalarini rostlash (nolga moslab o’rnatish). Ularning qo’llanilish sohasini birmuncha kengaytirish mumkin. Bunda maxsus moslamalar: trubtsina, bokoviklar, chizma sirkul, asoslar va boshqalar ishlatiladi. Uch o’lchovlarning muhim vazifalaridan biri xalqaro uzunlik etaloni o’lchami - metrni ishlab chiqarishda o’lchanadigan buyumlargacha tadbiq etishga imkon berishidadir. Maxsus o’lchash qurilmasida metrning etaloni yorug’lik nurlari uzunliklarida belgilab olinadi va uzunlikning ish etalonlari deb ataladigan o’lchamlarining qiymatlari va o’z navbatida etalon deb hisoblanadigan 1-razryad plitkalarga 2-razryad plitkalari va shu kabi 2-3; 3-4; 4-5 razryadli plitkalari davriy ravishda taqqoslab turiladi. 1 razryadli plitkalar standartlar, o’lchovlar va o’lchash asboblari Qo’mitaning tekshirish laboratoriyalaridagina bo’ladi. Zavodlarda esa ular ishlab chiqaradigan mahsulotning aniqligiga qarab 2 razryaddan 5-razryadgacha aniqlikda plitkalar ishlatiladi. Plitkalar yordamida qat’iy belgilangan muddatlarda, davriy ravishda hamma o’lchash asboblari tekshiriladi. Qo’polroq asboblar, masalan, shtangensirkul 5-razryad plitkalarga, aniqroq asboblar esa aniqroq razryadli plitkalarga taqqoslanadi. Xulosa: Rus kimyogar olimi D.I. Mendeleev «Fan o’lchash boshlangandan beri rivojlanmoqda, ya’ni o’lchashsiz fan boshlanmaydi» degan edi. Hozirgi davrda o’lchashsiz iqtisodiy va ijtimoiy hayotni tasavvur etib bo’lmaydi. Chizmaga, ishlab chiqarish, nazorat qilish, defektlash yoki mahsulotga xizmat qilish texnologik xaritalaridagi eskizlarga qo’yilgan o’lcham talab etilgan aniqlik bilan o’lchanishi kerak. O’lchash o’rnatilgan tartib va qoida, hamada asosli ravishda tanlangan o’lchash vositasi yordamida bajariladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. www. tdpu. uz 2. www.Ziyonet. Uz 3. w.w.w.google.uz 4. www.aim.uz 5. www.referat.uz Download 169 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling