Kirish Asosiy qism: Cheklangan resurslar va cheksiz ehtiyojlar. Iqtisodiy resurslar va ularning turlari
Download 39.25 Kb.
|
Kirish Cheklangan resurslar va cheksiz ehtiyojlar. Cheklangan re
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
MAVZU: CHEKLANGAN RESURSLAR SHAROITIDA ISTEMOLCHI XULQI NAZARIYASI. Kirish Asosiy qism: 1. Cheklangan resurslar va cheksiz ehtiyojlar. 2. Iqtisodiy resurslar va ularning turlari. 3. Cheklangan resurslar sharoitida iste’molchi xulqi nazariyasi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Iste'molchi xulq nazariyasi - iqtisodiyotning eng muhim qism hisoblanadi. U muayyan vaziyatlarda o'rtacha odam psixologiya xususiyatlarini o'rganib. Bu mavzu zamonaviy kapitalistik dunyoda juda o'rinli bo'ladi. Ushbu bo'limda iqtisodiyoti talab avlodni tekshiradi. nazariya bir ekanligini tushunish uchun harakat qilib ko'ring iste'mol xulq. Iqtisodiyot nazariyasi fani va uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo, iqtisodiyot va uning vazifalari tо‘g‘risida tasavvurga ega bо‘lish lozim. Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, kо‘p qirrali va g‘oyat chigal muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, xizmatlar kо‘rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan sari kо‘payib, rivojlanib hamda ularning о‘zgarib borishi natijasida vujudga keladi. Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bо‘lgan narsaga о‘xshab kо‘rinadi. Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar yashashlari, siyosat, san’at, adabiyot, fan, ma’rifat, madaniyat, ta’lim bilan shug‘ullanishlari uchun hayotiy ne’matlarni iste’mol qilishlari, kiyinishlari kerak. Shuning uchun har bir kishi, о‘zining kundalik hayotida bir qancha muammolarga, ya’ni hayotiy ehtiyojlari – kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-rо‘zg‘or buyumlariga ega bо‘lish, bilim olish kabi ehtiyojlar uchun zarur bо‘lgan pul daromadlarini qayerdan, nima hisobiga topish kerak degan muammolarga duch keladi. Shu muammolarni yechish va о‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar turli yо‘nalishlarda, sohalarda faoliyat kо‘rsatadilar. Demak, insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini ta’minlaydigani moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar kо‘rsatishdan iborat bо‘lgan iqtisodiy faoliyatdir. Download 39.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling