Kirish Asosiy qism Funksiya tushunchasi. Chiziqli funksiyalar va ularni grafiklarini yasash
Mavzu: Umumta`lim maktabi algebra kursida funksiya tushunchasi va uning grafigi
Reja:
Kirish
Asosiy qism
Funksiya tushunchasi. Chiziqli funksiyalar va ularni grafiklarini yasash
Kvadrat funksiyalar va ularning garafiklarini yasash
Ko`rsatkichli, logarifmik funksiyalar va ularni grafiklarini yasash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Matematika o`sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirishda o`quv fani sifatida keng imkoniyatlarga ega. U o`quvchi tafakkurini rivojlantirib, ularning aqlini peshlaydi, uni tartibga soladi, o`quvchilarda maqsadga yo`nalganlik, mantiqiy fikrlash, topqirlik hislatlarini shakllantira boradi. Shu bilan birga chizmalar chizishning mukammal texnikasini egallashi, algebraic ifodalar ustida amallar qulayroq bajaradigan shaklga keltirish bilan o`quvchilarni didli, go`zallikka ehtiyojli qilib tarbiyalab boradi.
Yana prezident fikrlarini kiritamannnnnn
Funksiya tushunchasi. Chiziqli funksiyalar va ularni grafiklarini yasash
Funksiya tushunchasi matematik tushunchalarning asosiylaridan biri sanaladi. Bu tushuncha matematika bilan turli real hodisalar orasidagi bog`lanishni ochib beradi. Funksiya tushunchasi ikki to`plam elementlari orasidagi bog`lanishni ifodalaydi.
Masalan: sinfdagi partalar (ikki o`rinli) to`plami A bilan o`quvchilar to`plami B orasidagi bog`lanishni olib qaraylik: 1 partaga 2 ta o`quvchi, 2 partaga 4 ta o`quvchi, 3 partaga 6 ta o`quvchi va hokazo mos keladi. Boshqacha aytganda A to`plam elementlari bilan B to`plam elementlari orasidagi biror qonunga mos funksional bog`lanish o`rnatiladi.
Ushbu masalani qaraylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |