Kirish asosiy qism I. Bob. Gepatit s kasalligining ichki ko’rinishi


Download 1.93 Mb.
bet2/14
Sana05.01.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1079588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
GASTRIT, GEPATIT S KASALLIKLARINING ICHKI KO’RINISHI

Kurs ishining vazifasi: Kurs ishining vazifasi shundan iboratki, bemorning ruhiyati sog‘lom odamnikidan farq qiladi. Har kim betoblikka turlicha munosabatda bo’ladi. Kimdir qattiq siqiladi va o‘z ahvolini o‘zi og’irlashtiradi, boshqa birov tuzalishdan umidini uzib, taqdirga tan beradi, uchinchisi esa sog‘ayib ketishiga umid bog‘laydi. Bu, albatta, bemorning temperamentiga ham ko‘p jihatdan bog’liq. Demak, bemorni davolashga kirishayotgan har bir vrach uning qaysi temperamentga (xolerik, sangvinik, melanxolik, flegmatik) taalluqli ekanligiga ham e’tibor qaratishi lozim.
Tadqiqotning ilmiy farazi. Qadimgi davr adabiyotiga nazar tashlaydigan bo’lsak, tibbiyot, falsafa va psixologiya fanlarining chambarchas bog’lanib ketganligining guvohi bo’lamiz. Miloddan ilgari yashab o‘tgan deyarli barcha faylasuflar tibbiyot va psixologiyaga oid o‘z fikrlarini yozib qoldirishgan, chunki ular ruhiy kuchlarning manbaini inson miyasi bilan bog’lashgan. Qadimgi Xorazm hududida miloddan ilgari VI asrda bitilgan zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto» da tibbiyot va psixologiyaga oid muhim ma’lumotlar keltirilgan. «Avesto» uch kitobdan iborat bo‘lib, uning birinchi kitobi «Vendidat»da tibbiyotga oid ma’lumotlar berilgan. Unda jismoniy va ruhiy poklanish haqidagi qonunlar majmuasi keltirilgan. «Avesto» kitobida biz ko‘rish, eshitish, hid bilish va ta’m bilish markazlari miyada joylashgan, degan fikrlarni uchratamiz. Kitobda hayot markazi suyak iligida joylashgan deyilgan. Shuningdek, kitobda odam anatomiyasi va fiziologiyasiga oid juda qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan. Inson salomatligini saqlash yo‘llari yoritilgan.
Tadqiqot predmeti. Quyidagicha ifodalaydigan bo’lsak, bolalik davridagi har qanday kasallik asab faoliyatining qo‘zg'alish va tormozlanish jarayonlarini o'zgartirib yuboradi. Shuning uchun bolaning ruhiy salomatligini saqlash choralari onaning homiladorlik davridan boshlab olib borilishi kerak. Homilador ayol asab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan o‘zini saqlay olsa, ruhan tetik bola tug'adi. Homilador ayolga ruhiy sog'lom muhit yaratib berish, ruhan tetik bola dunyoga kelishiga zamin yaratadi. Shu masalaga oid bir misol keltiramiz. Uyida yolg‘iz qolgan homilador ayol zerikkanidan faqat pianinoda o'ziga yoqqan bitta kuyni chalar ekan. Bola tug‘ilganidan keyin xuddi shu kuy chalinsagina tinch uxlar ekan. Bu o‘ziga xos fenomen hanuzgacha ilmiy tomondan tasdiqlangani yo‘q.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling