Kirish asosiy qism I. Bob. Gepatit s kasalligining ichki ko’rinishi


Download 1.93 Mb.
bet7/14
Sana05.01.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1079588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
GASTRIT, GEPATIT S KASALLIKLARINING ICHKI KO’RINISHI

Millionga teng dori vositasi
Insoniyat vaksinatsiyasiz xalos bo‘ladigan birinchi infeksion xastalik gepatit S bo‘lishi mumkin. 1990-yillardan buyon gepatit S interferon inyeksiyalari yordamida davolab kelingan. Biroq u keltirib chiqaradigan noxush asoratlar tufayli ko‘pchilik davo muolajasini to‘xtatib qo‘yar edi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri virusga qarshi kurashuvchi dori vositalari bunday noxush holatlarni yuzaga keltirmaydi — kishi davolanish chog‘ida ham ish qobiliyatini yo‘qotmaydi.
Sotuvda bor dori vositalarining qiymati tufayli ko‘pchilik bemorlar ularni xarid qila olmaydi. Misol uchun, AQShda gepatit S ga qarshi yangi dorining 12 haftalik kursi 94,5 ming dollar turadi.
Gepatit S aniqlangan bemorlarni tibbiy xodimlar ma’nosiz ravishda huquqlarini cheklaydi. Ko‘pincha tibbiy xodimlardan, ayniqsa, stomatologlardan virusni yuqtirib olmaslik uchun bunday mijozlarni qabul qilmaslikka harakat qilishi haqida eshitish mumkin. Biroq bunday bemorlarga yorliq yopishtirishga ruxsat beruvchi hech qanday normativ hujjat yo‘q.
Har qanday tibbiyot xodimi bemor bilan ishlay turib, o‘zi virusni yuqtirib olmaslik va boshqalar uchun infeksiya manbasiga aylanmaslik uchun sanitariya-epidemiya rejimiga qat’iy amal qilishi lozim. Mijoz tashqi tomondan qanchalik sog‘lom ko‘rinmasin, shifokor u bilan kasallikka chalingan bemor bilan ishlagan kabi ishlashi lozim. Axir, haqiqatan ham, gepatit S ga chalinganidan bexabar millionlab kishilar mavjud.
Hozirgi kunda S virusini deyarli yuz foiz bartaraf qiladigan dorilar yetarli. Lekin avval bemor yaxshilab tekshiriladi, virusning miqdori, yaʼni PSR (molekulyar biologiyadagi tajriba usuli) tahlili olinadi. Soʻng S virusning xili, yaʼni genotipi oʻrganiladi. Shundan keyingina davo belgilanadi. Genotipini aniqlamay dori buyurilsa, xastalik qaytalashi mumkin. Muolajalar toʻgʻri olib borilsa, bemor uch oy davomida virusdan toʻliq forigʻ boʻladi.
Xuddi siz kabi boshqa bemorlar ham bir narsani koʻp adashtirib yuborishadi. Yaʼni, IFA (immunoferment tahlil) usulidagi tahlil virusning bor yoki yoʻqligini aniqlab bersa, PSR usuli uning miqdori va genotipini oʻrganadi. Aytaylik, bemor virusga qarshi davolandi. Lekin unda IFA tahlili musbat chiqaveradi. Bu kasallikka qarshi kurashadigan antitelalar, virus emas. Kasallikning oʻtkir davrida har ikki tahlil musbat chiqadi. Shuning uchun bemorlar keyinchalik IFA tahlili topshirib, yana virus paydo boʻlibdi, deb xavotirga tushadi. Aslida bu virusga qarshi immunitet degani. Bu doimiy ravishda chiqishi mumkin.
Gepatitning A turini toʻliq davolash mumkin. Uni davolamasa ham tabiiy yoʻl bilan tuzalib ketadi. Surunkaliga oʻtmaydi, serrozga ham aylanmaydi. Ye turining tarqalishi suv bilan bogʻliq. Hozirgi vaqtda bunday epidemiyalar uchramayapti. Lekin uni ham davolasa boʻladi. Faqat gepatit Ye homilador ayollarda oʻta ogʻir kechadi.
Katta foizda oʻlim bilan yakunlanishi mumkin. Gepatit S ning toʻliq davosi bor, desak, boʻladi. V bilan D turlarini davolash muammo. V virusini kamaytiradigan maxsus dorilari bor, lekin yoʻqotishga qurbi yetmaydi. Shu bois ayni paytda dunyo miqyosida katta izlanishlar olib borilyapti. Ajab emas, ijobiy natijalarga erishilsa.

Shunga oʻxshash D virusi ham muammo, chunki u V virusga bogʻliq boʻlgan chala virus. Oʻzi kasallik chaqirmaydi. V virusining oqsilidan foydalanib, chala delta virus oʻziga qobiq yasaydi. Keyin toʻliq virus holatiga oʻtib, jigarni shikastlaydi. Shuning uchun D virusni davolash V virusni davolash bilan bogʻliq.
– Oxirgi vaqtlarda har xil turdagi viruslar koʻpaydi. Ilm va virusologiya fanining rivojlanishi gepatit kasalligining beshta A, V, S, D, Ye turlarini aniqladi. Bundan tashqari, uning hali toʻliq aniqlanmagan turlari ham bor.
Tekshirish usullari yaxshilangani sari viruslarning soni ham koʻpayib bormoqda. Masalan, yaqinda olimlar bachadon boʻyni saratonini papiloma virusi keltirib chiqarishini aniqlashdi. Yurtimizda ham kelgusi yildan boshlab qizlarni 12-13 yoshdan shu virusga qarshi emlash yoʻlga qoʻyiladi. Shunda ularda kasallik rivojlanishi mumkin boʻlgan vaqtda mustahkam immunitet hosil boʻladi.
TORCH infeksiyasining barcha turlarini alohida tekshirish imkoniyati ham paydo boʻldi. Ayniqsa, homilador ayollarga sitomegalovirus koʻp zarar yetkazishi oʻz isbotini topdi.
– Bolalarni bu virusga qarshi uch yoshdan emlagan maʼqul. Goʻdak tugʻilishi bilan gepatit V ga qarshi emlanadi. Keyin ikki, uch, toʻrt oyligida shu virusga qarshi qayta emlash amalga oshiriladi. Bu bolani 10 yilgacha kasallik yuqishidan saqlaydi. Himoya kuchini oshirish uchun 10 yildan keyin yana bir marta emlatish foydadan xoli boʻlmaydi.
– Yoʻq, xavotirga oʻrin yoʻq. Agar homiladorlikning erta muddatlarida V virusi chiqsa, haqiqatan ham hech qanday dori tavsiya etilmaydi. Homilaning 24-28 haftaligi orasida onaning qoni virusning miqdoriga tekshiriladi. Bundan tashqari yana V virusning Ye antigeni mavjud. Homilador ayol qonida virus koʻpayib, Ye antigeni musbat chiqsa, xastalikning onadan bolaga yuqishining oldini olish uchun maxsus dorilar buyuriladi. Emizikli davrdan keyin onani qaytadan tekshirib, virusga qarshi davo qoʻllanadi. Bu vaqtgacha u jigarga salbiy taʼsir koʻrsatmaydi, chunki toza V gepatitidan serroz rivojlanishi uchun kamida 30-35 yil vaqt kerak boʻladi. Yarim, bir yilda hech narsa oʻzgarmaydi.
– Bu borada faqat stomatologlarni ayblasak, unchalik toʻgʻri boʻlmaydi. Albatta, shifokor ishlatadigan asbob-uskunalar yaxshi tozalangan boʻlsa, hech qanday virus yuqmaydi. Oddiy zararsizlantirishni amalga oshirishi kerak, xolos. Yoʻqsa, xavf hamma joyda bor. Xirurg, urolog, sartarosh, kosmetolog qabulida, ayniqsa, manikyur, pedikyur jarayonlarida xatar ancha ortadi. Shunday ekan, hamma oʻz sogʻligʻi uchun toza asbob ishlatilishini talab qilishga haqli. Ayniqsa, V virusi bor bemorlarga D virusi yuqib qolish ehtimoli katta.
Yana bir narsaga alohida eʼtiborli boʻlishingizni soʻrardim. Qanday mutaxassis oldiga borishdan qatʼi nazar, qonida biror virusi bor kishilar ogohlantirib qoʻyishi zarur. Shunda shifokor ham oʻzini himoya qiladi, ham bemorga ehtiyotkorlik bilan muolaja qiladi.
– Gap virusda emas, immunitetda. Agar u faol boʻlsa, kasallik oʻrta yoki nisbatan ogʻirlikda oʻtadi va tana xastalikni yengadi. Ayrimlarda immunitet kasallikka qarshi juda kuchli ishlaydi. Bunday vaqtda xastalik oʻta ogʻir kechadi. Immunitet virusni haydayman, deb jigar hujayralarini ham shikastlaydi. Bunday bemorlarni saqlab qolish juda qiyin. Immunitet juda kuchsiz ishlaganda esa virusni taniydi yoki yaxshi tanimaydi. Bu bemorda kasallik sariqsiz, belgilari bilinar-bilinmas tarzda ancha yengil oʻtadi. Bunday holatlarning 50-60 foizida kasallik surunkaliga aylanib ketadi. Yana bir immunitetning xususiyati, umuman virusga javob bermaydi. Tanimaydi yoki tanisa ham tanimaganlikka oladi. “Men senga tegmayman, sen menga tegmaysan”, qabilida u bilan kelishib yashayveradi. Bemor umrbod shu virus borligini bilmasligi ham mumkin. V virus tanada ikki xil holatda boʻladi. Birinchisi, virus jigar hujayrasida koʻpayib oʻsib ketaveradi. Bu holatda virusga qarshi dori berilib, ularni kamaytirishga harakat qilamiz. Gohida xalq orasida virus oʻlik ekan, chala ekan, degan gaplar yuradi. Bu holatda virus genomi jigar genomiga oʻtirib oladida, jigar hujayrasiniki boʻlib qoladi. Bunda V virusning qobigʻi boʻladi, xolos. Ichidagi magʻizi boʻlmaydi. Bu koʻpincha bezarar. Ularni virus tashuvchilar deymiz.
– Odam gepatitning A turi bilan bir marta ogʻriydi. Shundan keyin uning tanasida kasallikka qarshi immunitet paydo boʻladi. Mana shu immunitet odamni bir umr asraydi. Yaʼni, bemor gepatit A ni oʻtkazgandan keyin immunitetda qatnashuvchi xotira hujayralarida shu virus toʻgʻrisida maʼlumot qoladi. Qaytadan virus tushganda shu hujayralar faollashib, antitelalar ishlab chiqaradi. Shuning uchun biz qayta kasal boʻlmaymiz. Gepatit oʻtkazgandan ikki-uch oy oʻtib boʻlsa, qaytalagan deyish mumkin. Lekin yarim-bir yildan keyin yana paydo boʻlsa, boshqa sabab qidirish, chuqur tekshiruv oʻtkazish kerak.


Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling