Kirish asosiy qism I. Bob. Gepatit s kasalligining ichki ko’rinishi


Nima uchun gastrit yuzaga keladi?


Download 1.93 Mb.
bet10/14
Sana05.01.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1079588
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
GASTRIT, GEPATIT S KASALLIKLARINING ICHKI KO’RINISHI

Nima uchun gastrit yuzaga keladi?

Gastrit – oshqozon shilliq pardasining yallig‘lanish jarayoni bo‘lib, oqibatda mazkur organ patologik o‘zgarishlarga uchraydi. Bu kasallik turli sabablarga ko‘ra paydo bo‘lishi mumkin va turli ko‘rinishda kechadi. Fan oshqozonning birlamchi gastriti tushunchasini ajratadi va u mustaqil patologiyaga ega. Ikkilamchi gastrit esa zaharlanish, infeksiya va boshqa noxush holatlar asnosida paydo bo‘ladi. Xelikobakterioz odatda, qorinda og‘riq bilan bilan boshlanadi va u taom iste’mol qilgandan keyin yoki ovqatlangunga qadar paydo bo‘ladi. Shuningdek, ko‘ngil aynishi, qabziyat, ichburug‘ va jig‘ildon qaynashi singari alomatlar bilan ham kechadi.
Gastrit turlari
Kasallik kechish xaraketriga ko‘ra gastritning quyidagi turlari ajratiladi:
O‘tkir gastrit. Shiddat bilan rivojlanadigan yallig‘lanish bo‘lib, organizm kasallik chaqiruvchiga to‘qnashganidan bir necha soat o‘tib alomatlari yuzaga chiqadi. Aksariyat hollarda bunga ichak infeksiyalari va bakterial tipga taalluqli toksinlardan zaharlanish (masalan, aynigan, buzilgan yegulik tanavvul qilgandan keyin) sababli paydo bo‘ladi.ba’zan o‘tkir gastritga dori vositalari, kimyoviy vositalar va oshqozon shilliq pardasini yallig‘lantiruvchi boshqa modalar oqibatida ham yuzaga keladi. Bular sirasiga spirt, o‘yuvchi moddalar va kislotalar kiradi.
Surunkali gastrit. Bu xastalik bir qadar sokin kechsada, oshqozon faoliyatining patologiyasiga olib keladi va ba’zan oshqozon shilliq pardalarining butkul zararlanishi oqibatida batamom yemirilishiga (o‘lishiga) sabab bo‘ladi. O‘tkir gastrit surunkasiga aylanib ketishi mumkin: bunday paytlarda kasallik zo‘rayishi va qaytalanishi navbat bilan kechadi. Inson holatiga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazmagani, boshqa favqulodda alomatlarsiz kechgani sababli, ba’zan kasallikni aniqlash oson bo‘lmaydi. Kasallik zo‘rayishiga noto‘g‘ri ovqatlanish, mahsulotlarga allergik reaksiya, modda almashinuvining buzilishi chekish va spirtli ichimliklar ichish kabilar sabab bo‘ladi.
Kasallikka chalingan organizmda qanday jarayonlar sodir bo‘ladi? Kasallik chaqiruvchi bakteriyalar (Xelikobakter pilori / Helicobacter pylori) oshqozonda ko‘payib, bosqichma-bosqich oshqozon shilliq pardasini yemiradi. Javob reaksiyasi sifatida shilliq parda emirilgan hujayralarni davolash maqsadida maxsus modda ajratadi. Oqibatda ichki ziddiyat vujudga kelib, og‘riq paydo bo‘ladi, ishtaha pasayib, jig‘ildon qaynaydi va gastritning boshqa alomatlari namoyon bo‘ladi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling