Kirish asosiy qism I. Bob. Gepatit s kasalligining ichki ko’rinishi
Gepatit bilan qanday kasallanish mumkin?
Download 1.93 Mb.
|
GASTRIT, GEPATIT S KASALLIKLARINING ICHKI KO’RINISHI
Gepatit bilan qanday kasallanish mumkin?
Asosan, ushbu kasallik virus yuqishi tufayli rivojlanadi. Bundan tashqari, gepatit o‘tkir zaharlanish, xususan, spirtli ichimlik fonida ham rivojlanishi mumkin. A, B, C va boshqalar nimasi bilan farq qiladi? Gepatit A — eng ko‘p uchraydigan, ammo boshqalariga nisbatan xavfsizroq kasallik turi hisoblanadi. U deyarli doim o‘tkir kechadi va surunkali bo‘lmaydi, o‘limga va boshqa turlarga nisbatan jiddiy oqibatlarga olib kelmaydi. Ushbu kasallik “kir qo‘llar kasalligi” deb ham ataladi. Virusni, asosan, kirlangan suv, taom, yaxshi yuvilmagan idish hamda kasallangan odam bilan kontaktda bo‘lish orqali yuqtirish mumkin. Gepatit A bilan kasallanmaslikning eng oson yo‘li vaksina qildirish hisoblanadi. Gepatit B — kasallik turlari orasida eng xavflisi hisoblanadi. Yiliga ushbu kasallikdan 700 ming odam vafot etadi. Hozirgacha ham kasallik qo‘zg‘atuvchisiga bevosita ta’sir qiladigan preparat yo‘q. Davolash muolajalari jigarni yaxshilash va sirrozga aylanishining oldini olish hisoblanadi. Kasallik qon va odam organizmidan ajraladigan boshqa suyuqliklardan yoki onadan homilaga yuqadi. Agar kasallangan odamning bir tomchi qoni hovuzga tushsa, undagi suv zararlanish xavfi bo‘ladi. Gepatit C — “Muloyim qotil” deb ta’rif beriladigan ushbu kasallik turi ham ko‘pincha jigar sirrozi yoki saratoniga sabab bo‘lishi mumkin. Kasallik, asosan, qon orqali, ya’ni ehtiyotsizlik sabab stomatolog, manikyur va boshqa amaliyotlarda qon teggan buyumdan boshqa bir insonga yuqishi mumkin. Shuningdek, tish cho‘tkasi yoki soqol oladigan uskuna ham virus yuqishi uchun sabab bo‘ladi. Gepatit D — shifokorlar tomonidan “superinfeksiya” deb ataladigan gepatit D organizmda gepatit B virusi bo‘lgandagina ko‘payadi. Aksar hollarda kasallik bilan zararlanish qon quyganda yoki giyohvandlarning shpritslari orqali yuqishi kuzatiladi. Onadan homilaga yuqishi ham mumkin. gepatit B’ga chalingan bemorlar gepatit D yuqishiga moyil bo‘ladi. Gemofiliya kasalligi bor kishilar giyohvandlarning kasallikka chalinish ehtimoli yuqori. Bir vaqtni o‘zida gepatitning A va B turlariga chalinish holatlari ham uchrab turadi. Zararlangandan keyin kasallik rivojlangunicha gepatit B singari 1,5-6 oy vaqt o‘tishi mumkin. Gepatit E — gepatit A singari E turi ham deyarli surunkali kechmaydi. Ammo ayol homiladorligining so‘nggi uch oyida ushbu virusni yuqtirib olsa, o‘lim ehtimoli 40 foizni tashkil qiladi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling