Kirish asosiy qism kompyuter arxetekturasi


Download 1.28 Mb.
bet10/16
Sana18.06.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1593979
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
12123243[1]

Koaksial kabellar
Koaksial kabel elektr toki o‘tkazuvchi kabel boiib, tuzulishi rasmdako‘rsatilgandek markaziy mis sim ichki dielektrik qoplamaga olingan boiib metall sim to‘qimaga (ekran) o‘ralgan hamda u umumiy tashqi qoplamaga olingan bo’ladi.

Yaqin vaqtgacha koaksial kabellar eng ko‘p tarqalgan kabellar edi, buning sababi yuqori darajada himoyalanganligi (sim to‘qimasiekran mavjudligi), to'qilgan juftlikka qaraganda axborotni uzatish tezligi (500 Mbit/s gacha) yuqoriligi va katta masofalarga uzatish imkoniyati mavjudligi (bir va undan ko‘proq kilometrga). Tarmoqdan ruxsat etilmagan axborotni mexanik ulanish orqali olish qiyinligi, shuningdek, u tashqariga sezilarli darajada kam elektromagnit nurlanish tarqatishi. Biroq o‘ralgan juftli kabelga nisbatan koaksial kabelni ta’mirlash vayigish ishlarini olib borish ancha murakkabdir, narxi ham qimmat (uning narxi o‘ralgan juftli kabellarga nisbatan 1,5 - 3 barobar yuqoridir). Kabel uchlariga razyemlar o‘matish ham murakkab ishdir. Shuning uchun bu turdagi kabellarni o‘ralgan juft kabellarga qaraganda kam ishlatiladi.
Koaksial kabellaming asosan ikkita turi mavjud:
• ingichka (Thin) kabel, diametri 0,5 sm atrofida, ancha egiluvchan;
• yo‘g‘on (Thick) kabel, diametri 1 sm atrofida, ancha qattiq, bu turdagi kabelni zamonaviy ingichka kabellar bozordan siqib chiqarmoqda.
Ingichka kabellar kam masofalarga axborot uzatishda yo‘g‘on kabellarga nisbatan ko‘p ishlatiladi, chunki ularda signal so‘nishi ko‘proq. Lekin ingichka kabel bilan ishlash ancha qulay, tez har bir kompyuterga o‘tkazish mumkin. Yo‘g‘on kabelni xona devorlariga bir vaziyatda aniq mahkamlab qo‘yishni taqozo qiladi. Ingichka kabelga BNS turidagi razyemni ulash qulay va qo‘shimcha moslama talab qilinmaydi, lekin yo‘g‘on kabelga ulanish qimmat moslamalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi, chunki markaziy mis simga yetish uchun qoplamalami teshib o‘ta olish hamda himoya sim to‘qima (ekran) bilan ham ulanish lozimdir. Yo‘g‘on kabel ingichka kabelga nisbatan narxi ikki barobar qimmat. Shu sababli ingichka kabellar ko‘p qoilaniladi.

Shisha tolali kabellar


Shisha tolali kabel - bu yuqorida ko‘ rib chiqilgan ikki kabel turlaridan tubdan farqlanuvchi kabel. Bu kabel turida axborot elektr signali ko‘rinishda emas, yorigiik ko‘rinishida uzatiladi. Bu turdagi kabelning asosiy elementi - shaffof shisha tola boiib, u orqali yorugiik juda katta masofalarga (o‘n!ab kilometrgacha) kam (sezilarsiz) so‘nish bilan uzatiladi. Shisha tolaning tuzilishi juda oddiy boiib u koaksial elektr kabel tuzilishiga o'xshash .Faqat markaziy mis sim o‘miga bu kabel turida ingichka (diametri 1-10 mkm atrofida) shisha tola ishlatilgan, ichki himoya qoplama o‘miga esa, yorugiikni shisha tola tashqarisiga tarqatmaydigan xira (shaffof boimagan) shisha yoki plastik qoplamadan foydalanilgan.

Shisha tolali kabel to‘siqlardan himoyalanish va uzatilayotgan axborotni sir boiib qolish ko'rsatkichlari yuqori darajaga egaligi bilan ajralib turadi. Hech qanday tashqi elektromagnit to‘siq nurli signalni o‘zgartira olmaydi, signalni o‘zi esa hech qanday elektromagnit nurlanish hosil qilmaydi. Tarmoqdan ruxsat etilmagan axborotni olish uchun kabelga mexanik ulanish amalda mumkin emas, chunki bunday ulanish tufayli kabelni butunligi buzilib ishga yaroqsiz boiib qoladi. Nazariy jihatdan bunday kabelni signal o‘tkazish yoiagi 1012 Gs gacha yetadi, boshqa turdagi elektr kabellarga qaraganda bu juda ham yuqori ko'rsatkich. Shisha tolali kabel narxi yil sayin arzonlashib hozirgi vaqtda taxminan ingichka koaksial kabel narxi bilan tenglashib qolgan. Biroq bu holda maxsus qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilmalardan foydalanish kerak. Bu qurilmalar yorugiik signalini elektr signaliga va teskariga o‘zgartirib Markaziy shisha tola. Shisha tolali kabelning tuzilishi.Berishi uchun xizmat qiladi. Bunday qurilmalar tarmoq narxini sezilarli darajada oshirib yuboradi.
Lekin shisha tolali kabelning ham ba’zi bir kamchiligi mavjud.
Ulardan eng asosiysi - yigish (montaj) ishlarining murakkabligi. Razyemlami o‘rnatishni mikron aniqlikda amalga oshirish lozim, shisha tolani uzish aniqligi va uzilgan yuzani shaffoflash aniqligidan razyemdagi signalning so‘nish ko‘rsatkichi judayam bogiiq. Razyemlami o‘matish uchun kavsharlanadi (svarka) yoki maxsus gel yordamida yopishtiriladi. Gelning yorigiik sinish koeffitsiyenti shisha tolaning yorigiik sinish koeffitsiyentiga teng boiadi. Har qanday holatda ham bu ishlarni amalga oshirish uchun maxsus moslamalar va yuqori malakali mutaxassislar kerakdir. Shuning uchun shisha tolali kabellar turli uzunlikda va uchlariga kerakli turdagi razyem o‘rnatilgan holda savdoga chiqariladi.
Shisha tolali kabellarning ikki turi mavjud:
• ko‘p modelli yoki multimodelli kabel, ancha arzon, lekin sifati past;
• bir modelli kabel, narxi ancha qimmat, lekin yaxshi texnik ko‘rsatgachlarga ega.
Bu tur kabellarni asosiy farqi shuki, ularda yorug‘lik nuri turli tartibda o‘tadi.
Bir modelli kabellarda hamma nur bir xil yoidan o‘tish natijasida ularning hammasi qabul qilish qurilmasiga bir vaqtda yetib keladi va signalning tuzilishi o‘zgarmaydi. Bir modelli kabelning markaziy tola diametri 1,3 mkm atrofida bo‘lib va faqat 1,3 mkm toiqin uzunligidagi yorugiikni uzatadi. Shuningdek dispersiya va signalni so‘nishi sezilarsiz darajadadir, bu esa ko‘p modelli kabeldan ko‘ra ancha uzoq masofaga signal uzatish imkonini beradi. Bir modelli kabellar uchun lazerli uzatish va qabul qilish qurilmalaridan foydalaniladi. Bu qurilmalar faqat talab qilinadigan toiqin uzunligidagi yorugiik ishlatiladi. Bunday uzatish va qabul qilish qurilmalari hozirda nisbatan qimmat va ko‘p ishlatishga chidamsiz. Kelajakda bir modelli kabellar o‘zining juda yaxshi ko‘rsatkichlari uchun asosiy kabel bo’lib qolsa kerak.
Ko‘p modelli kabelda yorugiik nurlarining yoilari sezilarli darajada farq qilgani uchun kabelning qabul qilish tomonida signal ko‘rinishi o‘zgaradi. Markaziy tola diametri 62,5 mkm, tashqi qoplama diametri esa 125 mkm (bu bazida 62,5/125 ko‘rinishda belgilanadi). Uzatish uchun lazer emas oddiy yorugiik diodi ishlatiladi, bu esa uzatish va qabul qilish qurilmasini narxini arzonlashtiradi hamda xizmat vaqtini bir modelli kabelga nisbatan oshiradi. Ko‘p modelli kabeldayorugiikni toiqin uzunligi 0,85 mkm ga teng. Kabelning ruxsal etilgan uzunligi 2-5 km oraligida bo’ladi. Hozirgi vaqtda ko‘p modelli kabel turi shishatolali kabellar turining asosiysi, chunki ular arzon.


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling