Kirish asosiy qism kompyuter arxetekturasi


Axborot almashuvini boshqarish usullari


Download 1.28 Mb.
bet8/16
Sana18.06.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1593979
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
12123243[1]

3.4 Axborot almashuvini boshqarish usullari
Tarmoq har doim bir necha abonentlami birlashtiradi va ulardan har biri o‘z paketlarini uzatish huquqiga egadir. Lekin bir kabel orqabir vaqtning o‘zida ikkita paket uzatish mumkin emas, aks holda konflikt (kolliziya) holat hosil boiishi mumkin, bu holatda ikkala paketni yo‘qotish mumkin bo‘ladi. Demak, axborot uzatishni xohlagan abonentlar o'rtasida tarmoqqa ega boiishning (zaxvat seti) qandaydir navbatini o‘matish kerak. Bu awalambor «shina» va «halqa» topologiyasida ko‘rilgan tarmoqlarga tegishlidir. Xuddi shuningdek, «yulduz» topologiyasidagi tashqi abonentlaming paket uzatish navbatini o‘matish zarurdir, aks holda markaziy abonent ularga ishlov berishga ulgura olmaydi.
Tanlangan usulning unumdorligidan ko‘p narsa bog‘liq: kompyuter o‘rtasidagi axborot uzatish tezligi, tarmoqning yuklanish imkoniyati, tarmoqni tashqi hodisalarga e’tibor qilish vaqti va hokazolar. Boshqarish usuli - bu tarmoqning eng asosiy ko‘rsatgichlaridan biri. Axborot almashinuvini boshqarish usulining turi ko‘pincha tarmoq topologiyasining xususiyatlaridan kelib chiqadi, lekin bir vaqtning o‘zida u tarmoq topologiyasiga judayam bogianib qolmagan. Axborot almashinuvini boshqarish usullari ikki guruhga boiinadi.
Markazlashtirilgan usul, bu holda hamma boshqarish bir joyga jamlangan. Bunday usullaming kamchiligi: markazni buzilishlarga barqaror emasligi, boshqarishni tez amalga oshirib boimasligi. Afzalligi - konflikt holati yo‘qligi.
• Markazdan tarqatilgan boshqarish usullari, bu holda markazdanboshqarish bo’lmaydi. Bu usullami asosiy afzalligi: buzilishlarga barqarorligi va boshqarish vaziyatdan kelib chiqilgan holda amalga oshirilishi. Lekin konflikt hollar boiishi mumkin, ularni hal qilish kerak.
Axborot almashish usullarini turlarga ajratishga boshqacha yondashish ham mavjud:
• Determinanlangan usul aniq qoidalar orqali abonentlami (armoqqa egalik qilishi almashib turadi. Abonentiarni tarmoqqa cgalik qilish o‘rinlarining u yoki bu sistemasi mavjud, bu tarmoqqa egalik o‘rinlari (prioritet) turi abonentlar uchun turlichadir. Bu holda konflikt odatda to‘liq o‘rinsizdir (yoki ehtimoli kam), lekin ba’zi abonentlar o‘z navbatini ko‘p kutishiga to‘g‘ri keladi. Bu usulga, masalan, tarmoqqa markerli ega boiish, ya’ni axborot uzatish huquqi estafeta singari abonentdan abonentga o‘tadigan usul ham kiradi.
• Tasodifiy usullar - axborot uzatuvchi abonentlarga navbat iasodifiy ravishda beriladi deb qabul qilingan. Bu holda konflikt boiish ehtimoli mavjud, lekin uni hal qilish usuli taklif qilinadi. Tasodifiy usullar tarmoqda axborot oqimi ko‘p boiganda determinatsiyalangan usulga nisbatan yomon ishlaydi va abonentga tarmoqqa ega bo’lish vaqtiga kafolat bermaydi (abonentda axborot uzatishga xohish boigan vaqtdan, o‘z paketini uzatguncha boigan vaqt oralig‘i). Tasodifiy usulga misol - CSMA/CD.


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling