Kirish Asosiy qism Teodolit tuzilishi va uning asosiy qismlarini o‘rganish


Gorizontal va vertikal doiradan sanoq olish


Download 0.56 Mb.
bet2/6
Sana24.12.2022
Hajmi0.56 Mb.
#1054385
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Reja

Gorizontal va vertikal doiradan sanoq olish.
Teodolitning gorizontal hamda vertikal doiralari har 10' dan qilib 0 dan 360° gacha soat strelkasi aylanishiga qarshi yo‘nalishda oshib boradi. Aylanada bo‘laklar soni 2160. Har bir gradus shtrixiga qiymati yozilgan, 10' li shtrix qisqa, 30' lisi o‘rtacha, gradusli shtrix esa uzun. Mikroskop ko‘rish maydonining quyi qismida gorizontal doira bo‘laklari G, yuqorisida vertikal doira bo‘laklari V ko‘rinadi (2-rasm).

2-rasm.
Bir bo‘lakning qiymati 10' bo‘lganidan, bo‘lakning 0,1 qismi chamalab olinsa, sanoq aniqligi 1 bo‘ladi. Sanoq qo‘zg‘almas indeks shtrixi 1 bo‘yicha olinadi. Shuning uchun ham teodolit shtrixli teodolit deyiladi. Sanoq olishda mikroskopning ko‘rish maydonini yoritish uchun vertakal doirali kolonkaning yon tomonida doiraviy tirqish bo‘lib, unga maxsus ko‘zgu o‘rnatilgan. Maydonning yoritilishi ko‘zguning turishiga bog‘liq bo‘ladi, buni kuzatuvchi boshqaradi. Vertikal doiraning maxsus adilagi yo‘q. Shaklga ko‘ra gorizontal doira canog‘i 70°05', vertikal doira 35848' bo‘ladi. Teodolit bilan ishlash mobaynida teodolitni shtativga mahkamlovchi murvatini, gorizontal va vertikal doirani (GD, VD) berkituvchi murvatlarni, ko‘rish trubasini berkituvchi muruvatlarni zo‘riqtirmasdan berkitish kerak. Narsaga qarashdan oldin alidada va ko‘rish trubasi GD berkitish muruvatlarini bo‘shatish (ochish) zarur. GD, VD yordamchi murvatlari va ko‘tarish murvatlari imkon qadar (taxminan) o‘rtaga keltirilgan bo‘lishi kerak.


Nivelir tuzulishini o‘rganish.

N3 niveliri ilgarigi NV-1 ning takomillashgani bo‘lib, quyma va kontakt adilakli nivelir, ancha ixcham va qulay bo‘lganidan ko‘proq ishlatiladi. Nivelir bo‘laklari 6.1-rasmda ko‘rsatilgan. Nivelir trubasi ichki fokuslanadigan, ob’ektiv va okulyar linzalaridan tashqari, ob’ektivli tirsakda fokuslash linzasi ham bo‘lib, u ob’ektivli tirsakdagi maxsus vint 10 orqali harakat qiladi. Nivelirda doiraviy va silindrik adilaklar bor, doiraviy adilak 13 asbobning yuqori qismiga o‘rnatilgan, tag tomonida tuzatish vintlari 14 bo‘lib, adilak truba bilan birga aylanadi, shu adilak orqali truba taxminiy gorizontal vaziyatga keltiriladi. Silindrik adilak 7 trubaning chap yon tomoniga o‘rnatilgan, uning pufakchasining holati prizmalar sistemasi orqali ikki yarim palla ko‘rinishida truba ko‘rish maydonida reykaning chap yonida reyka bilan birga ko‘rinadi (2.1-rasm, b); bu hol sanoq olishda adilak to‘g‘ri turganini bilishga imkon beradi.





1-rasm. N3 niveliri: a—umumiy kurinishi:
1—prujinali plastinka, 2—taglik, 3—elevatsion vint, 4—okulyar, 5—silindrik adilak tuzatgich vintlari joylashgan qutisi, 6—truba korpusi, 7—adilak qutisi, 8—mushka, 9—obektiv, 10—fokuslash vinti (krimalera), 11—siquvchi vint, 12—qaratish vinti, 13—doiraviy adilak, 14—doiraviy adilak tuzatgich vinti, 15—kutargich vinti, b—N3 nivelirining ko‘rish maydoni, sanoq 1144 mm.
Okulyarning o‘ng tomonida unga yaqin qilib taglikda elevatsion vint 3 o‘rnatilgan; bu silindrik adilakni vertikal tekislik bo‘yicha harakat qilishiga imkon beradi, bu vint bilan pufakchalar yarim pallasi birlashtiriladi va adilak aniq gorizontal vaziyatga keltiriladi. Elevatsion vintni burashda quyidagini eslash kerak. Agar pufakcha okulyar tomonga qochsa, vint soat strelkasi yuradigan tomonning teskarisiga, ob’ektiv tomonga qochsa, vint soat strelkasi yuradigan tomonga aylantiriladi. Asbob narsaga mushka 8 orqali qaralib, vint 11 bilan mahkamlangach, qaratish vinti 12 vositasida aniq qaratiladi. Okulyarning chap yonida silindrik adilak korpusida 5 adialakning tuzatish vintlari bo‘lib, ular maxsus plastinka bilan berkitilgan, bu tuzatish vintlari orqali adilak tuzatiladi.
1-rasmning o‘ng tomonida trubaning ko‘rish maydoni tasvirlangan bo‘lib, unda adilakning gorizontal holatida reyka sanog‘i 1144 mm.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling