Kirish Asosiy qism Teodolit tuzilishi va uning asosiy qismlarini o‘rganish


Download 0.56 Mb.
bet3/6
Sana24.12.2022
Hajmi0.56 Mb.
#1054385
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Reja

Nivelirni sinash.
Nivelirning ham teodolit kabi mexanika-texnologik va optik holatlari quyidagi shartlar bo‘yicha sinaladi:
1. Silindrik adilakning bir bo‘lagi qiymatini aniqlash. Buning uchun nivelir A nuqtara o‘rnatilib gorizontal holatga keltirilgach, bir ko‘tarish vinti 3 yo‘nalishida olingan 40 — 60 m li masofa — aniq o‘lchanib, topilgan V nuqtaga qoziq qoqiladi. Keyin qoziqqa vertikal qo‘yilgan reykaga qarab (2.2-rasm, a) 3 vint soat strelkasi yo‘nalishida buralib, pufakcha o‘ng uchiga t bo‘lak suriladi (2.2-rasm, b) to‘rning o‘rta ipidan p1 sanog‘i olinadi (2.2-rasm, v).

2-rasm.
Keyin yana 3 vint soat strelkasi yo‘nalishiga teskari tomon buralib, pufakcha chap uchiga tomon t bo‘lak surilib, to‘rning o‘rta ipidan p2 sanog‘i olinadi. Shunda 2.2-rasm, v dan bo‘ladi, yoki  kichik bo‘lganidan, ;
(a)
bo‘ladi; bu yerda h=n1 — p2;  — reyka pufakchasi o‘ng va chapga surilganda hosil bo‘lgan h ning A nuqtadagi burchak qiymati; d—A bilan V nuqta oralig‘i. Adilakning bir bo‘lagi qiymati bo‘lsa,  = p bo‘ladi. P—pufakcha o‘ng va chap tomonga surilgandagi bo‘laklar soni, ya’ni, p=2t. Bu qiymatlarni (a) ga qo‘ysak.
yoki (2.1)
bo‘ladi. D=50 m; h=5 sm; p=6 bo‘lsa, =34" bo‘ladi. qiymatini maxsus moslama ekzamenatorlarda aniqlash ham mumkin.
2. Adilakning bir bo‘lagi qiymati  trubaning kattalashtirishiga mos bo‘lishi kerak. Trubaning kattalashtirishi asbob pasportidan ma’lum yoki formula yordamida topiladi. Adilakning bir bo‘lagi bilan trubaning kattalashtirishi orasida quyidagi matematik bog‘lanish bor:
 = 600"
Texnik nivelirda = 20x, shunga ko‘ra silindrik adilak bir bo‘lagining qiymati = 30" bo‘ladi.  = 30x bo‘lsa = 20" bo‘ladi. N3 kabi kontaktli adilaklar, gorizontal holatga 2 — 4 marta aniq keltiriladi. Shunga ko‘ra, bunday nivelirlarda,
 = 1200"
bo‘ladi. Masalan, N3 da = 30x, shunga ko‘ra = 40" bo‘ladi.
3. Truba turli uzoqlikdagi narsaga qaratilib fokuslanganda ko‘rish o‘qining holati o‘zgarmasligi kerak. Ma’lumki, trubani turli uzoqlikdagi nuqtaga qaratishda fskuslovchi linza kremaler vint yordamida oldinga yoki orqaga suriladi. Uzoq nuqtaga qaraganda kremaler vint soat strelkasi yo‘nalishida (o‘ngga), yaqin nuqtaga qaraganda o‘nga teskari yo‘nalishda (chapga) buraladi. Shartni aniqlash uchun tekis joyda O nuqta atrofidai O dan bir xil masofada, masalan, 40 m da 1, 2, . . ., p nuqtalar qoziqlar bilan belgilanadi (2.3-rasm).

3-rasm.
Keyin O ga nivelir o‘rnatilib bir fokuslaщda hamma nuqtalarga bir reyka qo‘yib qaralib, a1, a2, . . ., ap sanoqlar olinadi va nuqtalar orasidagi nisbiy balandliklar quyidagicha hisoblanadi:
h1 = a1 – a2;
h2 = a2 – a3;
. . . . . . .
hp-1 = ap-1 – ap
Keyin nivelir O dan 80 metrcha uzoqdagi O1 nuqtaga o‘rnatilib, yana 1, 2, . . ., p nuqtalarga qarab, b1, b2, . . ., bp sanoqlari olinadi. Bunda ham nuqtalar orasidagi nisbiy balandliklar hisoblanadi:
h1 = b1b2;
h2 = b2b3;
. . . . . . .
hp-1 = bp-1bp.
Agar h1 = h1, h2 = h2, . . ., hp-1 = hp-1 bo‘lsa, yoki oralaridagi farq 5 mm dan oshmasa, asbobdagi shart bajarilgan bo‘ladi, aks holda asbob ustaxonada tuzatiladi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling