Kirish Asosiy tushuncha va atamalar


Download 0.98 Mb.
bet1/5
Sana29.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1072166
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Ma\'ruza




Ma’ruza 1

Mavzu: Kirish. “Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish texnologiyasi” fanining Asosiy tushuncha va atamalar.


REJA:
1. Kirish
2.Asosiy tushuncha va atamalar.
3. Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar


Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish deganda ushbu jarayonlarini bajarishda odamning ishtiroki cheklanganligi tushuniladi. Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda avtomatlashtirilmagan ishlab chiqarishga qaraganda mehnat samaradorligining o’sishi quyidagi faktorlar bilan ta’minlanadi:
-umumiy ishlovchilar sonining qisqartirilishi, chunki avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda ishchilarning, texniklarning va muhandislarning ishini bir qismini mashinalar bajaradi.
-mahsulot chiqishining ishchi sikli davomiyligini qisqartirish bo`lib Ishchi sikl deb texnologik jarayonda bitta mahsulot chiqishi takrorlanishi amalda oshiriladigan vaqt bo’lagi.
Mexanizatsiya — bu qo‘l mehnati vosita la rini mashina va mexanizmlar bilan almashtirishdan iborat. Bunda inson og‘ir va jismoniy mehnatdan ozod boladi. U faqat mashina va mexanizmlar ishini nazorat qiladi, xolos.
Avtomatizatsiya - bu boshqaruv jarayonlaridagi inson mehnatini avtomatik qurilma va asboblar bilan almashtirishdir. Insonning bevosita aralashuvisiz boshqaruv vazifalarini bajaruvchi texnik qurilmalar avtomatik qurilmalar deb ataladi.
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish qisman, kompleks va to‘liq bo‘lishi mumkin. Qisman avtomatlashtirish turida asosiy jarayonlar avtomatlashtiriladi, qolgan jarayonlarni inson bosh qaradi. Sanoatni kompleks avtomatlashtirishda ham asosiy, ham yordamchi jarayonlar avtomatlashtirilgan boladi. Inson faqat avtomatik qurilmalarni sozlash va ularni kuzatish ishlarinibajaradi. Sanoatni to’liq avtomatlashtirishda barcha operatsiya va jarayonlar hamda ishiarni optimal ravishda boshqarish kabi harakatlar barchasi avtomatik qurilma va vositalar hamda elektron hisoblash komplekslari yordamida avtomatik ravishda bajariladi.
Avtomatika - bu ilm va texnika yo‘nalishi bo‘lib, inson ishtirokisiz o‘z funksiyasini bajaruvchi qurilma, vosita va moslamalar yaratish bilan shug‘ullanadi va bunga tegishli boshqaruvning nazariya va amaliyotini yaratadi. Rostlanishi zarur bolg’an texnologik parametr, ya’ni miqdori va qiymati bir me’yorda ushlanib turiluvchi yoki ma’lum dastur bo‘yicha o‘zgartiriluvchi parametr rostlanuvchi qiymat yoki rostlanuvchi parametr deb yuritiladi. Texnologik jarayon yoki texnologik jihozning parametrlari rostlanadigan bo'lsa, ular rostlov obyektiari (RO) deb yuritiladi.
Rostlov (boshqariluv) obyekti va boshqaruv qu rilmasi birgalikda o‘zaro aloqada bo'lib, avtomatik boshqaruv yoki avtomatik rostlash tizimini tashkil qiladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling