Kirish Asosiy tushuncha va atamalar
Download 0.98 Mb.
|
1-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Komplek avtomatlashtirish
Sifatiy baholashni 3 ko’rsatkich bo’yicha amalga oshiriladilar: ko’rinishi, bosqichlari, daraja.
Ko’rinishi bo’yicha qisman va to’liq, birlik va kompleks, birlamchi va ikkilamchi avtomatlashtirilgan turlariga bo’linadi. Qisman avtomatlashtirishda texnologik jarayondagi inson energiyasi sarfining bir qismi mashinalar bilan almashtiriladi. To’liq avtomatlashtirishda esa barcha inson energiyasi sarfi mashinalar bilan almashtiriladi. Komplek avtomatlashtirish deganda ishlab chiqarish jarayonining barcha qismlari avtomatlashtiriladi. Birlamchi avtomatlashtirishda texnologik jarayon yoki uning qismlari avtomatlashtirishdan oldin faqat inson mehnati ishlatilgan. Ikkilamchi avtomatlashtirishda texnologik jarayon yoki uning qismlari avtomatlashtirishdan oldin ham inson mehnati ham mashinalar ishlatilgan. Ikkilamchi avtomatlashtirishga misol qilib nazorat qurilmalari o’rnatilishini, kata aniqlikni ta’minlab beruvchi qurilmalarini aytish mumkin. Texnologik jarayon nafaqat birlamchi, balki ikkilamchi avtomatlashtirishga ham asoslanadi. GOST bo’yicha 1 ta operatsiyadan to butun sanoatni avtomatlashtirishgacha bo’lgan bosqichlar 1 dan 10 gacha bo’lgan raqamlar bilan ifodalanadi: 1-yagona texnologik operatsiya 2-tugallangan texnologik jarayon 3-ishlab chiqarish uchastkasida bajarilayotgan texnologik jarayon tizimi. 4-sex chegarassida bajariladigan texnologik jarayonlar tizimi. 5-bir turdagi sexlar texnologik guruhlari chegarasida bajariladigan texnologik jarayonlar tizimi 6- tashkilot chegarasida bajariladigan texnologik jarayonlar tizimi 7- sanoat firmalari chegarasida bajariladigan texnologik jarayonlar tizimi 8-hududiy-iqtisodiy region chegarasida bajariladigan texnologik jarayonlar tizimi 9-sanoat sohasida bajariladigan texnologik jarayonlar tizimi 10-butun davlat sanoati darajasida bajariladigan texnologik jarayonlar tizimi Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling