Texnologik jihoz deb texnologik jarayonning ma’lum qismini bajarish uchun material yoki zagotovkani joylashtiriladigan, ularga ta’sir qiluvchi vositalarga va zarur bo‘lganda energiya manbai bilan jihozlangan ishlab chiqarish quroliga aytiladi. Texnologik jihozlarga dasggohlar, sinash qurilmalari, konveyerlar kiradi.
Texnologik uskuna bu texnologik jarayonni bajarish uchun texnologik jihozga qo‘shimcha ishlab chiqarish qurolidir. Masalan turli xil moslamalar, asboblar, shtamplar, press formalar.
Rostlash (nastroyka) bu texnologik jihoz va uskunani ma’lum texnologik jarayonni bajarishga tayyorlashdir. Moslama va asbobni dastgohga o‘rnatish, ma’lum bir surilish va tezligini tanlab olib qo‘yish ham rostlash hisoblanadi.
Nazoratsavollari:
Avtomatlashtirish atamalarini tushuntiring.
Ishlab chiqarish jarayonlarini tarkibini tushuntiring
Ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini tushuntiring
Qo’shimchaadabiyotlarro’yxati:
1.Texnicheskie sredstva i avtomatizatsii SHandrov B.V.- 2007 god
2.Avtomatizatsiya texnologicheskix protsessov SHmarev V.YU.-2005 god
3.Avtomatizatsiya proizvodstvennqx protsessov v mashinostroenii Kapustina N.M -2004 god
4.Osnova avtomatizatsii mashinostroitelnogo proizvodstva Solometsev YU.M -1999 god.
Do'stlaringiz bilan baham: |