Kirish Asosiy tushuncha va atamalar
Avtomatik boshqaruv tizimi (ABT)
Download 0.98 Mb.
|
1-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Asosiy tushuncha va atamalar.
Avtomatik boshqaruv tizimi (ABT) maxsus qurilmalar yordamida, tashqaridan ta'sir ko'rsatmagan holda, ma'lum bir berilgan qonuniyat bo‘yicha boshqaruv obyektida ro‘y beruvchi jarayonlarni tavsiflovchi bir yoki bir nechta parametrlami boshqaradi.
Avtomatik rostlov tizimi (ART) maxsus regulyator yoki reguyatorlar yordamida tashqi ta’sirsiz, rostlovchi obyektda ro‘y beruvchi jarayonlarni tavsiflovchi bir yoki bir nechta fizik qiymatlarni mo‘tadil o‘zgarmas qiymatda ushlab turadi. Agar avtomotik rostlov tizimida g‘alayonlovchi ta’sir (v o zm uo’ ayu o’ e e vozdeystvie) bo'lib, uni yo‘qot ishlik yoki ma'lum bir ruxsat etiluvchi ta’sirga keltirish talab etiladigan bo’lsa, avtomatik boshqaruv tizimi berilgan signalni ma'lum bir qonuniyat bilan o'zgartirib, kerakli aniqlik bilan bajarishi zarur. Binobarin, avtomatik boshqaruv vazifasiga boshqaruv ta’sirini yaratish, eng yaxshi rejimni avtomatik ravishda tanlash, avtomatik boshqaruvda o‘zini o‘zi sozlash va boshqalar kiradi. Avtomatik rostlash avtomatik boshqaruvning xususiy holi hisoblanadi. 2. Asosiy tushuncha va atamalar. Texnologik jarayonni avtomatlashtirish deganda mehnat sarfini qisqartirish, ishlab chiqarish jarayon yaxshilay, mahsulot sifati va ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida energiyani texnologik jarayon yoki uning tashkil etuvchi qismlarida inson ishtirokisiz bevosita boshqaruvni amalda oshirish uchun ishlatish tushuniladi. Insonning vazifasi – mashinalar ishi ustidan nazorat qilish berilgan jarayondan og’ishlarini bartaraf etish, boshqa mahsulotga ishlov berish uchun avtomatlashtirilgan mashinalarni sozlash. Shunday qilib inson har bir mahsulotni tayyorlaganda ishtirok etmaydi, bu vaqtda u bir necha avtomatlarga texnik xizmat ko’rsatadi. Ishchi yuqori malaka oladi va sozlovchiga aylanadi, shunday qilib ishchi va muhandis- texnik o’rtasida chegara kamayib boradi. Avtomatik ishlaydigan mashinalarda ishchi va salt yurishlar bo’ladi. Salt yurish yordamchio’tish va yordamchi yurishlardan tashkil topgan. Ishchi yurishlardagi mashina qismlarining harakatlari bevosita ishlov berishga olib keladi, masalan, qirindi olish, yuzani nakatlash va hokazo. Yordamchi o’tishlarda mashina qismlarining harakati uzatish uchun zagotovkani o’rnatish, mahkamlash va tayyor detalni yechib olish uchun uzatishni va tezliklarni o’zgartirish uchun, dastgohni yoqish va o’chirish va hokazolar uchun xizmat qiladi. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash yagona tizimi GOSTlarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtish holatini baholash 2 xil bo’ladi, sifatiy va miqdoriy. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling