Kirish. Avtomobilning ishonchliligi va uzoq muddatgacha ishlashga yaroqliligiga oid asosiy atamalar va tushunchalar
Download 2.89 Mb.
|
yurish qismiga txk O\'MT
Baxolash mezonlari
Og’zaki so’rov quyidagi mezonlar asosida baholanadi
Ilova-№4
Tezkor savollar. 1. Ko‘ndalang turg‘unlik stabilizatorlarining vazifasi, tuzilishi nimalardan iborat? 2.Osmalarni harakat xavfsizligiga ta’siri haqida fikr bildiring. Ilova-№5
Ilova-№6 G‘ildirak. G‘ildiraklar avtomobil yurish qismining uzellaridan biridir. Avtomobilning ilgarilama harakati yo‘l ustida amalga oshadi. G‘ildirakni harakatlantiruvchi burovchi moment yetakchi ko‘prikka transmissiya agregatlari orqali uzatiladi. Burovchi moment biror qo‘shimcha uzel yordamida yo‘l sathi bilan muloqotda bo‘lgandagina hosil bo‘lgan aks-ta’sir kuchi yordamida avtomobil ilgarilama harakatlanishga majbur bo‘ladi. G‘ildirakning vazifasi avtomobilni yo‘l bilan bog‘lab uning harakatlanishini ta’minlash va shu bilan birga yo‘l notekisliklaridan uzatilayotgan turtkilarni biroz yumshatib kuzovga, kuzovdan tushayot-gan tik yo‘nalishdagi yuklamalarni esa yo‘lga uzatishdir. Shinalar vazifasi, profilining ko‘rinishi, o‘lchamlari, konstruk-siyasi va germetikligini ta’minlash usuli bilan ham turlarga bo‘linadi. Yengil avtomobil shinalari hamma iqlim hududlarida, yengil avtomobil, kichik yuk ko‘taradigan yuk avtomobili, mikroavtobuslarda ishlatiladi. Xuddi shu ekspluatatsiya sharoiti uchun shinalar yuk avtomobillari, ularning tirkamalari, yarim tirkamalari, avtobuslarda ishlatiladi. Shina profilining ko‘rinishi bo‘yicha (57-rasm) ular oddiy profilli, keng profilli, past profilli, o‘ta past profilli, arkasimon, pnevmo-katoklarga bo‘linadi. Oddiy profilli shinalarda uning balandligi N ning eni V ga nisbati 0,9 dan kattadir. Uning ko‘ndalang kesimi torpid shaklidadir va u kamerali yoki kamerasiz qilib ishlanishi mumkin. Bu turdagi shinalar yaxshi yo‘llarda yurishga mo‘ljallangan hamma avtomobillarga o‘rnatiladi. O‘z navbatida radial shinalar R va RS turlarga ajraladi. Diagonal shinalar (56a-rasm)da kord iplari qatlami 2 ikkitadir va shina diagonali bo‘ylab joylashgan. Uning qolgan qismlarining tuzilishi radial (R) shinalar bilan bir xildir. G'ildiraklarning turlari va vazifalari. G'ildiraklar avtomobilni yo'l bilan bevosita bog'lanishini ta'minlaydi, uning harakatlanishini hosil qilishda va yo'nalishini o'zgartirishda ishtirok etadi, avtomobil massasidan yuzaga kelgan yuklanishlarni yerga (yo'lga) uzatadi. G'ildiraklar asosiy vazifasiga qarab yetaklovchi, boshqariluvchi, murakkab (yetaklovchi va boshqariluvchi), tutib turuvchilarga bo'linadi. Yetaklovchi g'ildiraklar transmissiyadan olgan aylantiruvchi momentni tortish kuchiga aylantiradi, buning natijasida avtomobilning ilgarilanma harakati hosil bo'ladi. Boshqariluvchi g'ildiraklar kuzovdan osmalar orqali o'tadigan itaruvchi kuchni qabul qiladi va rul boshqarmasi yorda-mida harakatlanish yo'nalishini o'zgartiradi. Murakkablashgan g'ildiraklar bir paytning o'zida ham yetaklovchi, ham boshqariluvchi g'ildiraklar vazifasini bajaradi. Tutib turuvchi g'ildiraklar itaruvchi kuchni g'ildiraklarni dumalashiga (g'ildirashiga) aylantirgan holda avtomobil ramasi yoki kuzovi-ning orqa qismi uchun tayanchni hosil qiladi. Avtomobil g'ildiragi (101-chizma) odatda ko'prik (1) to'siniga podshipniklarda (2) o'rnatilgan gupchakka (3) mahkamlanadi. G'ildirakning asosiy qismlari to'g'inli (8) disk (4) va pnevmatik shinadir (5). Shina -asosiy o'lchamlar bo'lgan tashqi diametr D, g'ildirak to'g'iniga o'tkazish diametri, shina kesimining eni B va balandligi H bilan tavsiflanadi. G'ildirak diski va to'g'ini maxsus po'latdan, uning bikrligini (mustahkamligini) oshiradigan va shinani to'g'inga kiydirilishini yengillashtiradigan shakl berib shtamplanadi. To'g'inning shina o'tkaziladigan joyida tokchalar (7) (polkalar) bo'lib, ular yon devorlar (bort) (6) bilan tugallanadi. G'ildirak diski va to'g'ini payvandlab biriktiriladi. G'ildirakni gupchakka mahkamlash uchun diskda parmalab teshiklar ochiladi va bu teshiklar yordamida g'ildirak shpilkalarga o'rnatiladi hamda gaykalar bilan qotirib qo'yiladi. To'g'inning konstruksiyasiga hamda uni gupchakka biriktirilishiga qarab barcha g'ildiraklar diskli va disksiz g'ildiraklarga bo'linadi. Diskli g'ildiraklar barcha yengil avtomobillarda va yuk avtomobillarining ko'pchiligida ishlatiladi. Disksiz g'ildiraklar yuk ko'taruvchanligi katta bo'lgan MA3, KaMA3 va boshqa avtomobillarda qo'llaniladi. O'ta og'ir yo'llarda GAZ va ZIL avtomobillarida esa to'g'ini ajraladigan diskli g'ildiraklar ishlatiladi. Download 2.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling