Kirish: Bankning buxgalteriya bo’limining tuzulishi, bo’limda xodimlarning vazifalari, bosh va yordamchi kitoblarning yuritilishi


Download 51.79 Kb.
bet1/4
Sana14.04.2023
Hajmi51.79 Kb.
#1357408
  1   2   3   4
Bog'liq
Hisobot 2021 1111(2)


Reja:
Kirish:

  1. Bankning buxgalteriya bo’limining tuzulishi, bo’limda xodimlarning vazifalari, bosh va yordamchi kitoblarning yuritilishi.

  2. Bankda mijozlarga hisob- kitob kassa hizmatining ko’rsatilishi va uni hisobga olish.

  3. Kredit, lizing, faktorining operatsiyalari hisobi va bankning qimmatli qog’ozlar operatsiyalari hisobi.

  4. Bankning ichki operatsiyalari hisobi. Bankning buxgalteriya hisobotlari.

Xulosa:

Kirish
Mamlakat iqtisodiy salohiyatining rivojlanishi va yuksalishi, undagi bank tizimining qay darajada rivojlanganiga bog’liqdir. Chunki banklar iqtisodiyotda zaruriy pul-kredit mablag’larini yetkazib bergan holda faoliyat olib boruvchi asosiy moliyaviy institutlar hisoblanadi. O’z navbatida bu kabi tashkilotlarning faoliyati va kelajakdagi amalga oshiriladigan ishlarining to’g’ri va o’z o’rnida bajarilishi yosh mutaxasis kadrlarning bilim va ko’nikmalarga ega ekanligi bilan uzviy bog’liqdir. Shu o’rinda olingan va olinayotgan nazariy bilimlarni mustaxkamlash maqsadida O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni, hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy ta’limtizimini yanada rivojlantirish chira tadbirlari to’g’risidagi PQ – 2909 qarori1 ijrosini taminlagan holda talabalar o’zlarining amaliy ko’nikmalarini oshirish va tajriblarni o’rganish maqsadida tanishuv amaliyotlarini iizchillik bilan olib bormoqdalar. Joriy o’quv yili uchun tanishuvimni yuqorida qayt etilgan rejalar asosida olib bo’rdim. Bankarda ish faoliyatini olib borish yuqori bilim va salohiyatni talab etadi, shu maqsadda har bir talaba doimiy ravishda bilimlarini oshirib borishi talab etiladi. Amaliyot davomida yuqoridagi mavzular bilan bir qatorda bankning korporativ mijozlar bilan, jismoniy shaxslar bilan ishlash, kredit bo’limi, buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi shuningdek plastik kartochkalar bilan ishlash bo’limi xizmatlari va ishlari bilan tanishdim. Tanishuv amaliyot kunlari davomida nazariy ma’lumotlar asosida amaliy harakatlarni kuzatish imkoniyati yaratib berildi va bu amaliyotimni to’laqonli o’tashimni ta’minladi. Bank xodimlari tarkibi ko’plab malakali mutaxasislardan iborat bo’lib, bank joriy amaliyotlarini ulardan o’rganish menda malakaviy bilimlar va bank ishi sohasiga qiziqishimni yanada ortishiga o’z hissasini qo’shdi. Bundan tashqari amaliyotim davomida banklar tomonidan taklif etilayotgan va rivojlartirilayotgan masofaviy bank hizmatlari yuqori qiziqish uyg’otdi. Shu takidlash joyizki tadbirkorlikni rivojlantirish va ishlab chiqarishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda banklar muhim o‘rin tutadi. Shu bois ushbu moliyaviy institutlarning barqarorligini va hayotdagi rolini oshirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Bu ishlarning samarasi xalqning tich va farovon hayotini yanada oshirishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi. Amaliyotim davomida shunga guvoh bo’ldimki bank xodimlari tarkibi ko’plab malakali mutaxasislardan iborat bo’lib, bank joriy amaliyotlarini ulardan o’rganish menda malakaviy bilimlar va bank ishi sohasiga qiziqishimni yanada ortishiga o’z hissasini qo’shdi.


  1. Bankning buxgalteriya bo’limining tuzulishi, bo’limda xodimlarning vazifalari, bosh va yordamchi kitoblarning yuritilishi.

Agrobank ATB O’zbekistondagi yirik banklardan biri hisoblanadi. Bankning mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta viloyat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.
Amaliyotimning dastlabki 7 ish kuni davomida Zomin tuman Agrobank filialining buxgalteriya bo’limida olib bordim. Bank buxgalteriya bo’limi - pul hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish, bank operatsiyalarini bajarish va ularni ichki nazoratdan o‘tkazish hamda hisob registrlarida qayd etish va buxgalteriya hisobotlarini tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi xodimlar guruhidir.
Bankda buxgalteriya hisobini va hisobotini tashkil qilish bank boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi. Bank buxgalteriya apparatini bankning bosh buxgalteri boshqaradi, bosh buxgalter bo‘lmagan paytda bosh buxgalterning o‘rinbosari rahbarlik qilishi mumkin.
Bankning buxgalteriya bo‘limi xodimlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • bosh buxgalter;

  • bosh buxgalter o‘rinbosari;

  • yetakchi mutaxassis;

  • mas’ul ijrochilar;

  • ichki nazorat xodimlari va boshqalardan iborat.

Buxgalteriya apparati xodimlarining aniq vazifalari bosh buxgalter tomonidan belgilab beriladi va bank rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Mas’ul ijrochi va nazoratchi buxgalterlar zimmasiga muayyan hisobvaraqlarni yuritish yoki alohida operatsiyalarni amalga oshirish ishlari yuklatiladi. Hisobvaraqlar bank ichki tartib qoidalari bo‘yicha xodimlar o‘rtasida shunday taqsimlanganki, bunda bitta xo'jalik yurituvchi subyektning barcha depozit va ssuda hisobvaraqlari bitta buxgalteriya xodimiga biriktirilgan.
Bank bosh buxgalteri muxrlar, shtamplar va blanklarni ularning yo‘qolishiga yoki boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan tarzda saqlanishi hamda foydalanishi ustidan nazoratni ta’minlashi shart. Bank muxrlari va burchakli shtamplarining hisobi ularni saqlayotgan shaxs familiyasi va lavozimi ko‘rsatilgan maxsus daftarda yuritiladi. Daftar varaqlari raqamlangan, bog‘langan va bank muxri, bank raxbari hamda bosh buxgalterining imzolari bilan tasdiqlangan bo‘lishi va bank rahbarining yozma farmoyishi bilan tayinlangan va qimmatliklar bilan operatsiyalar olib borishdan ozod etilgan shaxs tomonidan alohida kitobda ro‘yxatga olib boriladi.
Bankda xodimlarining ish joylari mijozlar va boshqa begona shaxslarning bankning muxrlari, shtamplari, hujjatlari va blanklarini olishlariga imkon bo‘lmaydigan tarzda joylashtirilgan.
Xodim mehnat ta’tiliga chiqqan, kasal bo‘lib qolgan yoki boshqa sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmagan hollarda unga biriktirilgan hisobvaraqlar hamda uning vazifalari muxr va shtamplar bilan birgalikda boshqa xodimga topshiriladi va bu haqida maxsus daftarda tegishli yozuvlar qayd etiladi.
Bosh buxgalter zimmasiga umumiy nazoratni tashkil etish hamda har kuni buxgalteriya va kassa ishlarining barcha bo‘g‘inlarida o‘rnatilgan tartibga amal qilinishini kuzatib borish yuklatilgan. Shuningdek, bank bosh buxgalteriga bosh va yordamchi kitoblarda operatsiyalarni qayd etish, tegishli buxgalteriya hisobi hisobotlarini dasturiy ravishda tuzish ishlariga rahbarlik qilish yuklatiladi. Bank bosh buxgalteri ishda bo‘lmagan vaqtda, ushbu vazifalar bank rahbarining buyrug‘iga ko‘ra uning o‘rinbosariga topshiriladi.
Bosh buxgalter vazifalariga quyidagilar kiradi:
- buxgalteriya hisobi ishlarini zamonaviy texnik vositalari va axborot texnologiyasidan foydalangan holda oqilona tashkil etilishi, buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida bank operatsiyalarini to‘g‘ri va haqqoniy aks ettirilishi hamda foydalanuvchilar uchun ishonchli moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim qilish;
- bankka kelib tushgan pul hisob-kitob hujjatlarini ularga ishlov beriladigan barcha uchastkalardan o‘tishining aniq muddatlariga rioya etilib, bankning barcha tegishli hisobvaraqlarida aks ettirilib, kunlik balans tuzilishi va uni tegishli joyga topshirilishini tashkil etish;
- mijozlarga hisobvaraqlar ochish, ular bilan bog‘liq hujjatlarni qabul qilish, mijoz hisobvaraqlarini yuritish, Bank Depozitorlari Milliy Axborotlar Bazasi (BDMAB) ga so‘rovnomalar shakllantirish, jo‘natish va undan ma’lumotlar qabul qilish, hisobvaraqlarni yopish;
- mijozlardan kelib tushadigan pul hisob-kitob hujjatlarining shakli va mazmuni bo‘yicha to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va ular bo‘yicha operatsiyalarni o‘z vaqtida o‘tkazilishi, ichki bank operatsiyalarining qonuniy tarzda bajarilishini va ular ustidan kunlik monitoring o‘rnatish, hamda mablag‘ va qimmatliklar but saqlanishi;
- birlamchi hujjatlar hamda buxgalteriya yozuvlari asosida haqiqiy holatni aks ettiruvchi buxgalteriya hisobotlarini tuzish, bu hisobotlarni belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga, shuningdek, tegishli organlarga taqdim etish;
- bank amaliyot kunini to‘liq yakunlash va ish kuni oxiriga qadar kunlik balans tuzish;
- bosh buxgalter bankning ichki nazorat va ichki audit xodimlari bilan birgalikda kamomadlar yuzaga kelishi, pul mablag‘lari va tovar-moddiy qimmatliklarning noqonuniy tarzda sarflanishining oldini oluvchi tadbirlarni tayyorlashda faol qatnashishi shart. Mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar qilinayotgani ma’lum bo‘lib qolgan hollarda bosh buxgalter chora ko‘rish uchun bu haqida bank rahbariga axborot beradi.
- bosh buxgalter bank rahbari bilan birgalikda bank faoliyatini tashqi audit, Markaziy bank inspektorlari va boshqa vakolatli tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida buxgalteriya bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rishlari shart va boshqalar.
Bank buxgalteriya apparati Front-ofisi va Bek-ofisi sifatida tashkil etilgan. Tijorat banklari nuqtayi nazaridan buxgalteriya apparatining Bek-ofisi va Front-ofisiga bo֥‘linishining ahamiyati shundaki, Front-ofisi mutaxassislari mijozlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat ko‘rsatadi, Bek-ofisi mutaxassislari esa dastlab Front-ofisi xodimlari tomonidan boshlangan, mijoz bevosita qatnashishi va mazkur bosqichning tugatilishini kutishi talab etilmaydigan bosqichda operatsiyalarni qayta ishlab, uni nihoyasiga yetkazadi. Natijada, har bir bank operatsiyasi bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ikkita bo‘limda amalga oshiriladi va bank xodimlarini o‘zaro nazorat qilish tizimini yaratadi.
Front-ofisining umumiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1) bank mijozlariga xizmat ko‘rsatishni taklif qilish va ular yuzasidan shartnomalar tuzish;
2) mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlarini, shuningdek, “Bank-mijoz” dasturi orqali elektron hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish;
3) mijozlarning bank orqali o‘tadigan operatsiyalarini huquqiy va moliyaviy jihatdan dastlabki nazoratdan o‘tkazish;
4) mijozlarga pul hisob-kitob operatsiyalarining o‘tkazilishini tasdiqlovchi tilxat berish.
Front-ofisi quyidagi bo‘limlardan iborat:
1. Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi korporativ bo‘lim.
2. Jismoniy shaxslarga chakana bank xizmatlari ko‘rsatuvchi bo‘lim.
3. Bankning ichki operatsiyalarini (depozit, kredit, qimmatli qog‘ozlar, valuta operatsiyalari) amalga oshiruvchi bo‘lim.
Bek-ofisi maxsus buxgalterlar guruhi bo‘lib, unga quyidagicha ta’rif berib o‘tiladi: “Bek-ofisi – Front-ofisi tomonidan dastlabki nazoratdan o‘tgan va ijro uchun taqdim qilingan operatsiyalarni joriy va yakuniy nazoratdan o‘tkazish hamda bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi buxgalterlar guruhi.”
Bek-ofisining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
1) Front-ofisi tomonidan ruxsat etilgan operatsiyalarni avtomatlashtirilgan bank hisob tizimida aks ettirish;
2) joriy va yakuniy nazoratni amalga oshirish;
3) hisobotlar tuzish.
Bek-ofisi quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lishi mumkin:
1. Hisob va hisob-kitob operatsiyalari bo‘limi.
2. Plastik kartochkalar emissiyasi bo‘limi.
3. Statistik ma’lumotlar bo‘limi.
4. Ichki xo‘jalik operatsiyalari bo‘limi.
5. Yakuniy nazorat bo‘limi.
Bank quyida keltirilgan talablarga rioya qilgan holda, amaliyot kuni davomida mijozlarga xizmat ko‘rsatish va hujjatlar aylanish tartibini mustaqil belgilaydi:
1) bank yangi ish kunini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitob markazi (HKM) da ochilgan tashqi (“21302-Rezident bankning vakillik hisobvarag‘i”) vakillik hisobvarag‘ining kun boshiga aylanma va qoldiq summalarini, o‘zlarining ichki (“10301-Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i”) vakillik hisobvarag‘ining aylanma va qoldiq summalari bilan mosligini tekshirish bilan boshlaydi. Ichki va tashqi vakillik hisobvarag‘i aylanma va qoldiq summalarining mosligini tasdiqlash uchun HKM ga elektron fayl yuboradi;
2) HKM bank yuborgan elektron faylni qabul qilib oladi va bankning tashqi va ichki vakillik hisobvaraq qoldiq summalarini dasturiy ravishda taqqoslaydi hamda ularning mosligini tasdiqlab banklarga qaytaradi. Vakillik hisobvaraqlar qoldiq summalari mos kelmasa, mavjud farq bartaraf etilmaguncha bank amaliyot kuni ochilmaydi hamda banklararo to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat etilmaydi;
3) HKM dan tasdiq (W-fayl) olgandan so‘ng, bankga banklararo to‘lovlarni amalga oshirish uchun ruhsat beriladi;
4) filiallari mavjud bank filiallariga “To‘lov markazi”da ochilgan tashqi (“22204-Bosh bank-filiallarga to'lanadigan mablag’lar”) va filiallarda ochilgan (“16103-Bosh bank/filiallardan filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar”) ichki vakillik hisobvaraqlar qoldiq summasini mosligini tasdiqlash Bosh bank tomonidan amalga oshiriladi. Filiallar ichki vakillik hisobvarag‘i (16103) va “To‘lov markazi”da ochilgan tashqi (22204) vakillik hisobvarag‘i o‘rtasida farq mavjud bo‘lsa, ushbu filialga uni bartaraf etmaguncha filiallararo va banklararo to‘lovlarni amalga oshirish va yangi kunga o‘tib ishlashga ruhsat etilmaydi;
5) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining farmoyishiga asosan bank ish kuni qonun hujjatlariga asosan uzaytirilmagan bo‘lsa filiallararo va ichki to‘lovlar bank ish kuni davomida soat 18-00 ga qadar amalga oshiriladi. Filiallararo to‘lovlar bir bank mijozlari o‘rtasida amalga oshirilishini inobatga olib, bank o‘z mijozlaridan to‘lov hujjatlarini qabul qilish vaqtini o‘zi mustaqil ravishda belgilaydi. Ichki to‘lovlar qatoriga kassa amallari, to‘lanishi va olinishi lozim bo‘lgan foizlar hisobini hisoblash hamda xodimlarga ish haqi hisoblash va shunga o‘xshash amallar kiradi;
6) banklararo to‘lovlar bo‘yicha bank mijozlaridan bank amaliyot kuni davomida qabul qilingan to‘lov hujjatlari bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalarini bank ish kunining soat 16-00 ga qadar amalga oshirib soat 17-00 ga qadar HKMga yetkazib berishlari kerak, aks holda banklararo to‘lovlar amalga oshirilmaydi. Bank aybi bilan amalga oshmay qolgan hujjat bo‘yicha bank javobgar hisoblanadi, bundan bankka taalluqli bo‘lmagan tashqi omillar mustasno;
7) HKM bankga banklararo to‘lovlar tugaganligi to‘g‘risida (bundan keyingi o‘rinlarda END fayl deb yuritiladi) ma’lumotni soat 17-20 da jo‘natadi, shundan so‘ng banklar o‘rtasida banklararo to‘lovlar to‘xtatiladi.
Markaziy bankning farmoyishiga asosan bank ish kuni qonun hujjatlariga asosan uzaytirilmagan bo‘lsa, bank shu kunning o‘zida bank ish kuni yakunlangandan so‘ng, ya’ni soat 18-00 dan so‘ng yoki agarda Markaziy bankning farmoyishiga asosan bank ish kuni qonun hujjatlariga asosan uzaytirilgan bo‘lsa keyingi bank ish kuni soat 10-00 dan kechiktirmagan holda Markaziy bankka elektron balans (0106BS) hisobotini jo‘natadilar.
Bankda ish kuni bank operatiyalari buxgalteriya hisobotida to‘liq aks ettirilib, kunlik balans hisoboti tahlil qilinib, bank filiali rahbari hamda bosh buxgalteri tomonidan imzolangandan so‘ng yakunlanadi.
“Bosh kitob – hisobvaraqlar rejasidagi ikkinchi tartibli hisobvaraqlar ro‘yxati bo‘lib, yordamchi kitob – bosh kitob hisobvaraqlariga ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlar, shuningdek alohida mablag‘lar turi va qimmatliklar bo‘yicha yuritiladigan kartochka, kitob yoki jurnallar hisoblanadi.”
Yordamchi kitobdagi ma’lumotlar bosh kitobda jamlanadi. Bosh kitob ma’lumotlari asosida quyidagilar tuziladi:
- balans hisobvaraqlarining kunlik qoldiq summalari - kunlik balans;
- balans hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar va kun boshiga va oxiriga qoldiq summalari - aylanma-qoldiq summalari qaydnomasi;
- oylik, choraklik va yillik aylanma-qoldiq summalari qaydnomalari.
Bosh buxgalterning xohishiga ko‘ra, emissiya-kassa operatsiyalari, xorijiy operatsiyalar, shuningdek "Ko‘zda tutilmagan holatlar" hisobvaraqlari bo‘yicha jamlanma kartochkalar yuritilishi mumkin.
Kassa jurnallari dasturiy yo‘l bilan kassa kirimi va chiqimi bo‘yicha alohida ikki nusxada tuziladi hamda balans hisobvaraqlari va butun jurnal bo‘yicha yakunlar chiqariladi. Yakunlar kassa bilan taqqoslangandan so‘ng, birinchi nusxalar Yordamchi kitob ma’lumotlarini bosh kitob ma’lumotlari bilan taqqoslash, shuningdek kirim-chiqim hujjatlarini taqqoslash va yig‘majildga tikish hamda har kuni kompyuterda arxivatsiyalash uchun javob beradigan xodimga beriladi.
Har kuni dasturiy yo‘l bilan hisobvaraqlar aylanmalari va qoldiqlari to‘g‘risidagi jamlanma ma’lumotlar olinadi. Ularda balans hisobvaraqlarining raqamlari, hisobvaraqlar nomlari, har bir hisobvaraq bo‘yicha kun boshiga qoldiq summasi, debet va kredit aylanmalari hamda kun oxiriga qoldiq summasi ko‘rsatiladi.


  1. Bankda mijozlarga hisob- kitob kassa hizmatining ko’rsatilishi va uni hisobga olish.

Bank filialida mijozlarga hisobvaraq ochish uchun mijozlardan quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:
- hisobvaraq ochish uchun ariza;
- tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni xorijdan olib keluvchi yakka tadbirkorlar yashash joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati idorasi tomonidan berilgan “Tijorat faoliyati bo‘yicha tovarlarni olib keluvchi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida” guvohnoma nusxasi;
- davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
- imzolar va muxr izi namunalari tushirilgan 2-nusxada varaqcha;
- ta‘sis xujjatlari va unga kiritilgan o‘zgarishlar;
- mijoz tomonidan pul-hisob kitob xujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo‘lgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati.
Shaxsni tasdiqlovchi xujjat ko‘rsatilganda bank tomonidan uning nusxasi olinadi va mijozga qaytarib beriladi.
Demak, yuqorida sanab o‘tilgan barcha hujjatlarning har biri ma’lum maqsadda tuzilib, hammasi birgalikda korxona rahbari tomonidan bank boshqaruvchisiga topshiriladi. Bu hujjatlar bank huquqshunosi, boshqaruvchisi tomonidan o‘rganib chiqilgandan so‘ng hisobvaraq ochish uchun ruxsatni bank boshqaruvchisi beradi. Boshqaruvchi hisobvaraq ochish uchun roziligini arizaga maxsus ajratilgan joyga o‘z imzosini qo‘yish orqali bildiradi.
Agar ariza bergan korxona mazkur bankda birinchi marotaba depozit hisobvaraq ochayotgan bo‘lsa, bank O‘zbekiston Respublikasi Bank Depozitorlarining Milliy Axborot Bazasi (BDMAB) dan arizachi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumot so‘raydi. Agar arizachi BDMABdan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, bank arizachi taqdim etgan hujjatlar asosida mijoz faylini shakllantiradi. Mijoz fayli bankda yuritiladi va unda har bir mijoz to‘g‘risidagi kerakli va to‘g‘ri ma’lumotlar saqlanadi. Mijozning fayli shakllantirilgandan keyin bank mijozga xos raqam berish maqsadida ikkinchi marta BDMABga murojaat qiladi va mijoz to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etadi.
BDMABda har bir mijoz to‘g‘risidagi barcha rekvizitlar saqlanadi. Mijoz haqidagi ma’lumotlar asosida unga xosraqam beriladi va talab qilinguncha saqlanadigan asosiy depozit hisobvaraq ochiladi. Mijozlar shaxsiy hisobvaraqlarining nomerlari ularda hisobga olinadigan mablag‘lar va boyliklar xarakteriga qarab 20 razryaddan iborat bo‘ladi.
Mijozlar shaxsiy hisobvarag‘i strukturasi quyidagi ko‘rsatkichlardan tarkib topadi:
AAAAA MMM K SSSSSSSS NNN
bunda:
AAAAA – bosh kitob balans hisobvarag‘i;
MMM – valuta kodi;
K – nazorat kaliti;
BBBBBBBB – mijozning BDMABdagi ro‘yxat nomeri (mijoz xosraqami);
NNN – shu balans hisobvarag‘i bo‘yicha mijozning shaxsiy hisobvaraq
tartib nomeri.
Bosh kitob balans hisobvarag‘i nomeri hisobvaraqlar rejasiga muvofiq aniqlanadi, valuta kodi “Jahon mamlakatlari va valutalari tasniflagichi” asosida belgilanadi. Nazorat kaliti, xosraqam va tartib nomeri BDMAB xizmat ko‘rsatish markazida beriladi. O‘zbekiston Respublikasi banklarida axborotga komputerlarda ishlov berish, hisob yuritish va hisobot ishlarini soddalashtirish maqsadida shaxsiy hisobvaraqlarga nomerlar yagona qoidalar asosida belgilanadi. Asosiy shaxsiy hisobvaraqda uning tartib nomeri 001 dan 999 gacha bo‘lishi mumkin.
Barcha hisobvaraq nomerlari bankda 61-shakldagi daftarda qayd etiladi.
Shaxsiy hisobvaraq nomerlari bank bosh buxgalteri tomonidan imzolar va muhr nomunalari tushirilgan varaqchalarga hamda hisobvaraq ochish haqidagi mijozning arizasiga yozib qo‘yiladi.
Jamg‘arma yoki muddatli depozit ochish uchun jismoniy shaxslar quyidagi hujjatlarni rasmiylashtirib bankka topshiradilar:
- hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza;
- shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, haydovchilik guvohnomasi, O’zbekiston Respublikasi shaxs guvohnomasi);
- imzo namunasi qo‘yilgan varaqcha.
Bank filialida quyidagicha kassalar mavjud:
1) aylanma kassa;
2) kirim kassa;
3) chiqim kassa;
4) universal kassa;
5) qayta sanash kassasi.
Mijozlardan naqd pullar ularning bank hisobvaraqlariga kirim qilish uchun pul qo‘yish e’loni, kirim kassa orderi, kvitansiya orqali amalga oshiriladi.
E’lonnoma 3 ta qismdan iborat bo‘lib, ular quyidagilar:
1) naqd pul qo‘yish e’loni;
2) kvitansiya;
3) order.
E’lon kassa hujjatlariga tikiladi. Kvitansiya mijozga beriladi. Order buxgalterga beriladi. Kirim kassa orderi 1 nusxada bo‘lib, u ham kassa hujjatlariga tikiladi. Kvitansiya 2 qismdan iborat bo’ladi. Ularni biri kassaga topshirilsa, 2-qismi mijozga taqdim etiladi.
Kassa operatsiyalari amalga oshirilganda quyidagi provodkalar beriladi:
Dt 10101/10111 – “Aylanma kassadagi naqd pullar/ “Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalaridagi naqd pullar”
Kt mijozlarning yoki bankning tegishli hisobvaraqlari.
Umuman olganda yuqoridagi provodka faqat bir kassa operatsiyasiga tegishli bo‘lib, bankda kuniga yuzlab-minglab turli kassa operatsiyalari amalga oshirilishi mumkin.
Filialida naqd pulsiz hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2013-yil 3-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida” gi 2465-sonli nizomga muvofiq amalga oshiriladi va bankda bu ko‘rinishdagi hisob-kitoblarning barcha shakllari va turlari amalda qo‘llaniladi. Xususan, bankda memorial orderdan foydalaniladi va yuqoridagi nizomga ko‘ra: “Memorial order banklar tomonidan ishlatiladigan naqd pulsiz hisob-kitob hujjati bo‘lib, undan quyidagi hollarda foydalaniladi:
- mijozlar bilan bog‘liq bank operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarda;
- bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha hisob-kitoblarda;
- banklarning o‘z ichki operatsiyalarida;
- mijozning qarzdorlik mablag‘larini qoplashda, agar banklar bilan mijozlar o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo‘yilgan bo‘lsa;
- buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatishda;
- jismoniy shahslarning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yozma topshiriqlari bo‘yicha mablag‘larni naqd pulsiz shaklda o‘tkazishni amalga oshirishda.”
Memorial order bo‘yicha to‘lovlar o‘tkazilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bajariladi:
Dt – To‘lovchining hisobvarag‘i;
Kt – Mablag‘ oluvchining hisobvarag‘i.
Xususan, qolgan barcha naqd pulsiz hisob-kitoblar hisobi nizomda keltirilgan ularning ta’riflariga asoslangan holda amalga oshiriladi va ularda quyidagicha buxgalteriya provodkalari beriladi:
a) to‘lov topshiriqnomasi bo‘yicha to‘lov o‘tkazilganda :
Dt – to‘lovchining hisobvarag‘i;
Kt – mablag‘ oluvchining hisobvaraqlari.
Masalan, YaTT xususiy korxonaga pul o‘tkazganda:
Dt – 20218 – YaTTning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Kt – 20208 – Xususiy korxonaning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
b) to‘lov talabnomasidan foydalanilganda ham xuddi shu asnoda, ya’ni:
Dt- to‘lovchining hisobvarag‘i;
Kt- mablag‘ oluvchining hisobvarag‘i.
c) inkasso topshiriqnomasida quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi:
Dt 202XX – “Mablag‘ oluvchining deposit hisobvarag‘i”;
Kt 23402 – “Respublika budjetining mablag‘lari”
Agar to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ mavjud bo‘lmasa yoki yetishmasa, kartoteka 2ga kirim qilinadi va quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi:
Dt 90963 – Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari
Kt 96319 – To‘lovni kutayotgan hisob-kitob hujjatlarining kontr-hisobvarag‘i
Akkreditiv ochish uchun 2 nusxada akkreditivga ariza taqdim etiladi. Unga asosan:
Dt 202XX – mijozning hisobvarag‘i;
Kt 22602 – mijozlarning akkreditivlar bo‘yicha depozitlari.
Bank plastik kartochkalariga pul mablag‘larini kirim qilishda, masalan:
Dt 23402 – Respublika budjetining mablag’lari
Kt 23108 – ish haqi bo’yicha budjet tashkilotlari xodimlarining plastik kartalariga o’tkazilishi lozim bo’lgan pul mablag’lari bo’yicha tranzit hisobvaraq
Dt 23108 – ish haqi bo’yicha budjet tashkilotlari xodimlarining plastik kartalariga o’tkazilishi lozim bo’lgan pul mablag’lari bo’yicha tranzit hisobvaraq
Kt 22618 – jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar.
Har kuni amalga oshirilgan naqd pulsiz hisob-kitoblar bo‘yicha hujjatlar kun bo‘yi yig‘ib boriladi va ular kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikiladi. Ular so‘nggi nazoratdan o‘tgandan so‘ng arxivga saqlanishga topshiriladi va kamida 5 yilgacha saqlanadi. Mijoz hujjatlarni to‘ldirishga puxta yondashib har bir rekvizitni to‘g‘ri to‘ldirishi shart hamda ularning to‘g‘ri to‘ldirilganligi buxgalteriya mas’ul xodimlari tomonidan nazorat qilib boriladi.

3.Kredit, lizing, faktorining operatsiyalari hisobi va bankning qimmatli qog’ozlar operatsiyalari hisobi.


Bank filialining jismoniy shaxslarga quyidagi ko‘rinishdagi kredit turlarini taqdim etishi mumkin:


-avtokredit (avtomobil vositalari xarid qilish uchun kredit);
-ipoteka kreditlari;
-iste’mol krediti;
-mikroqarz va boshqalar.
Turli sohalarda faoliyat yurituvchi mijozlarni kreditlash borasidaga boy tajriba, mijozlarning ehtiyoj va biznes faoliyatlarini toʼgʼri baholash, kafolatning turli shakllari bilan ishlay olish, shartnoma shartlarining qulayligi - Bank va kredit oluvchi oʼrtasidagi samarali hamkorlikning asosi boʼlib hisoblanadi. 
Bank mahsulot va xizmatlari doimiy va yuqori talabga ega boʼlgan sanoat, qurilish, shuningdek, yirik biznes yurituvchi korxonalarga qisqa va uzoq muddatli kreditlash jarayonlarini amalga oshiradi. 
Agrobank yirik loyihalarni kreditlashda har bir mijoz uchun alohida yondashish dasturlarini ishlab chiqadi. Bank mutahassislarining tajribasiga tayangan holda biz korxona va tashkilotlarga kreditlash boʼyicha xizmatlar taklif etiladi:

Аylanma mablagʼlarni toʼldirish uchun



Download 51.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling