Kirish: Bankning buxgalteriya bo’limining tuzulishi, bo’limda xodimlarning vazifalari, bosh va yordamchi kitoblarning yuritilishi
Kreditlash va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni
Download 51.79 Kb.
|
Hisobot 2021 1111(2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miqdori 500 mln.soʼmdan ortiq boʼlmagan miqdorda Foiz stavkasi
Ishonchli krediti (yuridik shaxslar uchun)
Ishonchli kredit olish uchun qarz oluvchi yuridik shaxs quyidagi barcha talablarga javob berishi lozim; birlamchi hisobvaragʼi bankimizda ochilgan va kamida oxirgi 3 yildan beri mijozimiz hisoblanishi; kreditlanayotgan faoliyati boʼyicha kamida 3 yil ishlagan boʼlishi (xisobvaragʼidagi pul tushumi orqali aniqlanadi); yiliga kamida 5,0 mlrd.soʼm miqdorida pul tushumi (xisobvaragʼidagi kredit aylanmasi), kreditlanayotgan faoliyati boʼyicha har oyda muntazam pul tushumiga ega va oxirgi 3 oy davomida kartoteka-2 mavjud boʼlmaganligi; 1-sinf kredit layoqatiga ega boʼlishi, bunda qarz oluvchining oxirgi hisobot davri boʼyicha belgilangan tartibda Davlat soliq idoralariga topshirilgan moliyaviy hisobotlari asosida aniqlanadi; kamida 3 ta kredit (toʼliq soʼndirilgan) boʼyicha ijobiy kredit tarixiga ega boʼlishi va ushbu kreditlar boʼyicha toʼlovlar (asosiy qarz va foizlar) belgilangan muddatidan kechiktirib toʼlash holatlari mavjud emasligi hamda oxirgi 3 ta kreditlari (toʼliq soʼndirilgan) boʼyicha 180 kundan ortiq muddat foydalangan boʼlishi lozim; Ishonchli kredit miqdori qarz oluvchining jami aktivlar miqdoridan oshmasligi lozim. Bunda uzoq muddatli aktivlar jami aktivining 30 foizidan kam boʼlmasligi qarz oluvchining oxirgi hisobot davri boʼyicha belgilangan tartibda Davlat soliq idoralariga topshirilgan moliyaviy hisobotlari asosida hisoblanadi. Tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini moliyaviy qoʼllab-quvvatlash, ularga taqdim etilayotgan kredit turlarini koʼpaytirish, shuningdek istiqbolli investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun bankimiz tomonidan bir nechta xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning kredit liniyalari jalb qilingan. Quyida ushbu kredit liniyalari bilan batafsil tanishib chiqishimi mumkin. Lizing – bu biznesga sarmoyalar kiritishning qulay shakli. Lizing evaziga sotib olingan ob’ektdan bir yula foydalanib, ob’ekt sotib olingan mablag‘ni ma’lum muddatda qaytarish sharti bilan mavjud biznesni kengaytirish, modernizatsiya qilish yoki faoliyatning yangi yo‘nalishini ochish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna, texnika yoki avtotransportni sotib olish mumkin. Biz avtotransportdan boshlab ko‘chmas mulkgacha, asbob-uskunadan to maxsus texnikagacha bo‘lgan turli lizing mahsulotlarini qulay shartlar asosida taklif qilamiz. Lizing xizmatlari bankning barcha filiallari tomonidan ko‘rsatiladi. Moliyalashtirish variantlarini tanlashda lizing bir qator afzalliklarga ega: Lizing ob’ekti lizing oluvchining balansida hisobga olinadi va shu tufayli lizing ob’ekti mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi; Lizing ob’ektini tezlashtirilgan holda amortizatsiya qilishni qo‘llash imkoniyati mavjud; Lizing shartlari ostida O’zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan texnologik jihozlar davlat bojlari va QQS to‘lashdan ozod qilinadi. Mijozlarga bo‘lgan asosiy talablar: Loyihani moliyalashtirishni boshlash vaqtida ro‘yxatga olinganlik, ruxsat berilganlik kabilar to‘g‘risidagi kerakli hujjatlarning mavjud bo‘lishi bilan birga lizing oluvchining ma’lum yuridik maqomi. Lizing oluvchilar sifatida O’zbekiston Respublikasining rezidenti maqomiga va o‘z faoliyatlaridan tijoriy daromadga ega bo‘lgan yuridik shaxslar bo‘lishlari mumkin. Moliyalashtirilayotgan loyihaning bashorat qilinayotgan pul oqimi va lizing oluvchida mavjud bo‘lgan pul oqimi lizing muddati davomida lizing to‘lovlarini o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini ta’minlashi kerak. Moliyalashtirilayotgan loyihani boshqa tarkibiy komponentlar (xom-ashyo, aylanma mablag, malakali xodimlar, maxsulotni sotish bozorlari va boshq.) bilan ta’minlash bo‘yicha mexanizmlar yoki aniq rejalarning mavjudligi. Download 51.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling