Kirish barchamizni vatan tarqqiyoti birlashtiradi! Respublikamizda erkin iqtisodiy zonalarning ko‘payishi, undan tashqari Ona zaminimiz bag‘rida yotgan resurslarimizni nes – nobut qilmasdan o‘zlashtirsak, kon zaxiralaridan samarali
Tog’ jinslarini qazib-yuklash ishlari
Download 335.51 Kb.
|
Xasanov U. asosiy qism 100 %
3.2.Tog’ jinslarini qazib-yuklash ishlari
Portlatilgan kon massasini yuklash uchun EKG-5A tipidagi zamonaviy elektr bir cho’michli ekskavatori qo’llaniladi. Bunda ekskavatorning puch tog’ jinslari bo’yicha yillik ish unumdorligi taxmin 23 ming m3 ni, ruda qazib olishda yiliga 40 ming m3 deb qabul qilinadi. Kon massasini qazib olish uchun ekskavatorning o'rtacha unumdorligi yiliga 63 ming m3 ni tashkil qiladi. Karyerda ishlatiladigan quvvati 100 ot kuchiga ega T-130 buldozerlari pog’onalar yuzasini tekislash va tozalash, xavfsizlik bermalarini tozalash, syezdlarni o’tish, burgʻilash dastgohlarini oʻrnatish uchun maydonlarni tayyorlash va boshqa yordamchi ishlar uchun moʻljallangan. Texnik unumdorlik - ekskavatorning aniq kon sharoitida uzluksiz ishlashi paytida soatlik maksimal unumdorligi. Texnik ko'rsatkichlar ekskavatorning konstruktiv parametrlariga, tog' jinslarining qazib olish qobiliyatiga, cho’michni to'ldirish koeffitsientiga, cho’michdagi jinsning ko’pchish koeffitsientiga, yuzaning parametrlariga va tushirish sharoitlariga (otvallarga yoki transport vositalariga yuklash) bog'liq. Menga berilgan topshiriqdagi kon massasi hajmini avtomobil transportiga yuklash uchun kerak bo’ladigan ekskavatorlar sonini hisoblash uchun dastlab bitta ekskavatorning ish unimdorligini hisoblash talab etiladi. Endi tanlab olingan ekskavatorning soatlik texnik unumdorligini xisoblaymiz: Pe.tex = ( m3/soat) Bunda, E – ekskavator cho’michining sig’imi, m3; Ts.r – ekskavator bitta ish siklining davomiyligi, sek; Ts.r =48.3 sek. ke – ekskavasiya koeffisiyenti bo’lib, quyidagicha aniqlanadi: ke = Bunda, kn.k – ekskavtor cho’michining tog’ jinsi bilan to’lishini xisobga oluvchi koeffisiyent. kr.k – tog’ jinslarining ekskavator cho’michida maydalanishini hisobga oluvchi koeffisiyent. ke ning qiymati qazib olinayotgan tog’ jinsining turi, tog’ jinslarining burg’ilash-portlatish ishlari natijasidla maydalanish darajasi kabi xossalaridan kelib chiqqan xolda 0,5 0,95 gacha o’zgaradi. Biz ke=0.6 deb qabul qilamiz. kz – zaboy koeffisiyenti bo’lib ekskavator va u ish olib boradigan zaboy parametrlarining bir –biriga mos kelishini hisobga oluvchi koeffisiyent bo’lib, uning qiymati: kz = 0,8 0,9 ga teng. Agar kz = 0,8 deb olsak, u holda Pe.tex = m3/soat Endi ekskavatorning ekspluatasion-smenalik ish unumdorligini topamiz: Pe.sm = Pe.tex. Bunda, Tsm – smena davomiyligi bo’lib, Qalmoqir konida ekskavatorlar uchun Tsm =12 ga teng; ki.e - ekskavatorning ish vaqtidan foydalanish koeffisiyenti, ki.e=0.3 deb qabul qilsak, ekskavatorning bitta smena davomidagi ish unumdorligi quyidagiga teng bo’ladi: Pe.sm = 192∙8∙0.3=460 m3/smena Ekskavatorning yillik ish unumdorligi quyidagicha aniqlanadi: Pe.g = Pe.sm ∙Nd ∙nsm bunda, Nd – Vaqt me’yorlari bo’yicha bitta ekskavatorning 1 yil davomidagi ish kunlari soni bo’lib, qoplovchi tog’ jinsi qazib olishda uning qiymati 240-270 kun deb olinadi. nsm = 1, Bir sutkadagi ish smenalari soni. U holda, Pe.g = 460∙240∙1=110400m3/yil Yuqorida hisoblangan ma’lumotlardan foydalanib, bizga malakaviy bitiruv ishi topshirig’ida berilgan kon massasi hajmini transport vositalariga yuklash uchun kerak bo’ladigan ekskavatorlar sonini aniqlaymiz: Neks = bu yerda: Vg.m.-bir yilda qazib olinadigan kon massasi hajmi. Download 335.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling