Kirish barchamizni vatan tarqqiyoti birlashtiradi! Respublikamizda erkin iqtisodiy zonalarning ko‘payishi, undan tashqari Ona zaminimiz bag‘rida yotgan resurslarimizni nes – nobut qilmasdan o‘zlashtirsak, kon zaxiralaridan samarali


Download 335.51 Kb.
bet11/24
Sana21.06.2023
Hajmi335.51 Kb.
#1644870
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
Xasanov U. asosiy qism 100 %

Foydali qazilma bo’yicha
Neks = ta
Qoplama jinslar bo’yicha
Neks = ta

3.3.Sovuq buloq konida tog’ jinslarini tashish uchun qo’llaniladigan transport vositalari

Kon qazuv ishlarini olib borish transport vositalari ishlash prinsipiga asosan ikki turga bo’linadi:


1) uzluksiz ishlovchi (konveyer transporti)
2) davriy ishlovchi (avtomobil, temir yo’l)
Karyer transporti, karyer yuklarining harakati, ochiq usulda qazib olish texnologiyasida asosiy ishlab chiqarish jarayonlaridan biri hisoblanadi.Karyerning asosiy yuklari (foydali qazilma va qoplama tog’ jinslari) boshlanish nuqtasi-ekskavator kavjoyi, tugash nuqtasi –qayta yuklash punktlari, qabul qilish bunkerlari, omborlar hisoblanadi.Bundan tashqari karyer yuklarini yordamchi yuklar texnik vositalari jihozlari, kon muhandislik inshoatlari qismlari ham bo’lishi mumkin.
Karyerlarda avtomobil transporti keng qo‘llaniladi, bunga sabab uning avtonomligi, harakatchanligi, topografik, geologik va ob-havo sharoitlarida yuqori ish unumdorligi va temir yo‘l transportiga nisbatan soddaroq tuzilganligidir.
Avtomobil transportini unumli ishlatish sohalari: kichik va o‘rta unumdorlikka ega bo‘lgan karyerlar, katta karyerlarning chuqurdagi gorizontlari va temir yo‘l transporti yuk ko‘tarish qurilmalari bilan birgalikda ishlash.
Karyerlarda avtomobil transportini qo‘llash uni kelib chiqishi va rivojlanish davriga to‘g‘ri keladi.
Karyerlardagi avtomobil transporti xuddi temir yo‘l transportidek yuk aylanmasi – vaqt birligi ichida tashilgan yuk miqdori bilan xarakterlanadi.
U transport vositasi sifatida ishga, alohida yuritmaga va pnevmog‘ildirakli yurish qisimlariga bo‘linadi.
Ishlash prinsipi kon massasini zaboylardan qabul qilish punktlariga tashish va to‘kishdan iborat.
Karyerlardagi avtomobil yo‘llari kapital va vaqtinchalik yo‘llarga bo‘linadi. Kapital yo‘llar doimiy uchastkalarda, yer yuzasida, transheyalarda va transport bermalarida quriladi. Vaqtinchilik yo‘llar zaboylarda, ishchi maydonchalarda, suriluvchi tushish joylarida va ag‘darmalarda quriladi.
Yo‘llar yuk zichligi, bir kilometr uzunlikdagi yuk miqdori yoki harakat uzluksizligi vaqt birligi ichida bir tomonga o‘tgan mashina soni bilan harakterlanadi. Yuk ko‘tarishi va harakat uzluksizligi bo‘yicha kapital yo‘llar uch kategoriyaga bo‘linadi va o‘z qoplamalari xususiyatlari ularning ko‘rsatkichlari bilan farqlanadi.
Kapital avtomobil yo‘llari asosan kyuvetlar bilan, suv uzatuvchi ariqcha, ag‘darma, yo‘l o‘tkazgich qurilma, ko‘prik, yo‘l qoplamasi o‘tkazuvchi qism va obochinalardan tuzilgan.
Yo‘l parametrlariga o‘tish qismini kengligi, burilish radiuslari, bo‘ylama yo‘nalishdagi qiyalik, ko‘ndalang yo‘nalishlardagi qiyalik, eng qisqa ko‘rish masofasi. Yo‘l qoplamasi betondan, asfalt -betondan tosh asosdan tayyorlanadi.
Qor ko‘chkisi kutiladigan yo‘l qismlarida qordan to‘suvchi passiv va aktiv qurilmalar yasaladi. Passiv qordan himoya qiluvchi vositalar qish paytida o‘rnatilib ular shamol tomondan qorni to‘sib qo‘yadi.
Qordan ximoya qiluvchi aktiv vositalar balandligi 6 m bo‘lgan tayanchlarga osilgan to‘sik devor bo‘lib yo‘l balandligidan 2 m balandga osiladi. Ularning ishlash prinsipi qor bo‘roni oqimi yoriq kengligigacha qisilib tezligi oshadi, natijada yo‘lni qor qoplamasdan o‘tib ketadi.
Vaqtinchalik yo‘llar tuzilishga ega bo‘lmay xuddi kapital yo‘lday qalin qoplamaga ega bo‘ladi. Karyerlardagi va ag‘darmalardagi muvaqqat yo‘llar buljozerlar yordamida chag‘ir toshlarni tekislab quyiladi. Yumshoq tuproqdagi yo‘llarda temir beton plitalarni ishlatish mumkin.
Avtomobil yo‘llari trassi karyerlarda murakkab bo‘lib, planda to‘g‘ri qisimlari va 100-200m radiusli sirtmoqsimon burilishlar bo‘lishi mumkin, profilda –gorizontal va 100% kapital yo‘llarda, 120-150% -vaqtinchalik yo‘llarda qiyaliklar bo‘lishi mumkin. Avtomobil yo‘lini asosiy ko‘rsatkichi o‘tkazish qobilyati bo‘lib uning holati sifatiga bog‘liq. Karyer avtomobil yo‘llarining o‘tkazish qobilyatini oshirish uchun yo‘l fonarlari bilan yuritish yoki umumkaryer yoritkichlari bilan yoritish ko‘zda tutilgan.
Avtomobilni bir yo‘nalishda o‘tkazish qobilyati (mashina/soat) quyidagi formuladan aniqlanadi : N = V/a ,
Bu yerda: V-avtomobilni xisob bo‘yicha tezligi, km/soat, a- kurish masofasi, 50m kam emas. Normal sharoitda ko‘rish masofasi (m) a=V+0,04V2+6
Karyerdagi yo‘l harakati asosiy trassaning yuk oqimida ishchi gorizontlardan ag‘darmachaga o‘ng tomondan yurilib yo‘lni kesib o‘tmasdan harakatning uzluksizligi ta’minlanadi.
Hozirgi paytda karyerlardagi avtotransport yuk ko‘tarishi 12-110 t Rossiya avtosamosvallari va 110-250 t «Kamatsu» (Yaponiya), «Lektraxol» (Kanada), «Katerpillar» (AQSH) firmalari avtosamasvallaridan iborat.
Avtosamasvallar kuzovni orqaga ko‘tarib to‘kish uchun gidro ko‘targichlar bilan jihozlangan. Burilish radiusi 8,3 dan 14m, harakat tezligi- 60km/soat gacha. Yuk ko‘tarishi 45t bo‘lgan samosvallar dizel yuritgichga ega bo‘lib orqa g‘ildiraklarga mexanik uzatmalar yordamida harakatni uzatadi. Katta yuk ko‘taruvchi samosvallar dizel generator qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lib mator g‘ildiraklarga elektr energiyasi uzatiladi, yarim pritseplar asosan ruda va ko‘mir tashishga ishlatilib kuzovning ostqi qismidan yoki yon tomonidan tuqiladi. Qurilish materiallari karyerlarida kon massasini tashishda, minimal radiusda buriladigan gidroko‘targichsiz orqaga ag‘darib tp’kiladigan dumkarlar qo‘llaniladi.
Sovuqbuloq karyerida avtotransportdan foydalanish.
“Sovuqbuloq” konining o’ziga xos murakkab kon-geologik relyefda joylashgani, konning o’lchamlari kichikligi (200x600 m), karyer maydonidan qazib olinadigan kon massasining kamligi, qoplama tog’ jinslari ag’darmalarining yaqin joylashganligi, kon massasini avtomobil transporti bilan tashish ishlarini qiyinlashtiradi. Konda kon massasini tashish uchun dastlab yuk ko’tarish qobiliyati 12 t bo’lgan КрАЗ-256, yuk ko’tarish qobiliyati 27 t bo’lgan БелАЗ-7548 avtoag’dargichlarini qo’llash o’zaro solishtirma tahlili amalga oshiriligan. Karyerning ishlab chiqarish unumdorligini asos sifatida olinib, kon massasini tashish uchun БелАЗ-7548 avtoag’dargichi iqtisodiy samarali deb topligan.Bugungi kunda ham karyerda kon massasini tashish aynan man shu avtoag’dargicha yordamida amalga oshirilmoqda.
Ishlab chiqarish unumdorligini ta’minlash, kon massasini bir maromda va uzluksiz tashish ishlarini ta’minlash maqsadida avtoag’dargichlarning ishchi hamda inventar parki yillar kesimida quyida keltiilgan jadval asosida shakllantirildi:

Parkning nomi

O’lchov birligi

Karyer ekspluatatsiya yillarida avtoag’dargichlar soni

1

2

3

4

5

6

Ishchi park

dona

5

6

7

7

6

6

Inventar park

dona

6

8

9

9

8

8

Karyer hududida xo’jalik va yordamchi ishlarni bajarish uchun foydalaniladigan avtotransprti vositalari quyidagi jadvalda keltirilgan:


8-jadval



Avtotransportining nomlanishi

Turi va markasi

Soni , dona

1

Yuk avtomobili

ГАЗ – 53А

1

2

Yuk avtomobili

ГАЗ – 52 – 04

1

3

Yong’in avtobusi

ЛАЗ – 365Н

2

4

Yong’in-yuk avtomobili

УАЗ – 469Б

1

5

Yoqilg’i-yuk avtomobilli sig’imi 3,8 m3

АТЗ – 3,8 – 130

1

6

Yarim tirkama sisternali yuk avtombilli

ПМ – 130Б

1

7

Avtoag’dargich

ЗИЛ–ММЗ-4502

1

8

Sanitar avtomobil "Латвия"

РАФ – 22031

1

9

Sisterna yuk avtomobili sg’imi 4,2 m3

АЦ – 4,2 – 53А

1

10

Avtokran yuk ko’tarish qobiliyati 6,3 t

КС – 2561Е

1

11

O’rindiq tirkama

КрАЗ – 258Б1

1

12

Yarim tirkamali yuk ko’tarishi 40 t

ЧМЗАП – 5208

1

13

Tirkamali katok og’irligi 6 t

ДУ – 47А

1

14

Buldozer quvvati 100 ot kuchi.

Д – 4921А

1

15

Buldozer quvvati 180 ot kuchi.

ДЗ – 35

1



Download 335.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling