Kirish. Binoning tavsifi
Tom yopma konstruksiyalaridan tushuvchi yuklar
Download 264 Kb.
|
K.L. Rekonstruksiya.doc 16.doc0
- Bu sahifa navigatsiya:
- Orayopma konstruksiyalaridagi yuklanishlar.
- Sopol koshinli pol qismlarida
- Poydevor hisobi.
- A=ab=N/R 0 - *H 1
- Poydevorlarni kuchaytirish.
- Foydalanilgan adabiyotlar.
Tom yopma konstruksiyalaridan tushuvchi yuklar.
Orayopma konstruksiyalaridagi yuklanishlar. Parket polli qismlarida
Sopol koshinli pol qismlarida
Poydevor hisobi. Binodan tushayotgan yukni qabul qilib olib zaminga uzatib beruvchi bino kismiga poydevor deyiladi. Poydevorlar tuzilishi va konstruksiyasiga ko‘ra turlarga ajratiladi. Poydevorlarning stakan, tasmasimon, kozikoyokli va boshqa turlari hozirgi kun qurilishida keng ko‘llanilib kelinayapti. Avvallari qurilishlarda poydevor pishgan g‘ishtlardan terish orkali barpo qilingan bo‘lsa, xozirgi kunda poydevorlar asosan beton va temir betondan barpo etish keng tarqaldi. Buning sabablarini mustaxkamlik garovi, arzonligi, va albatta tabiiy xomashyoning mavjudligi bilan ifodalash mumkin. Me’yoriy xujjatlarda V15-V20 sinfli og‘ir yuk ko‘taruvchi betonli poydevorlar uchun, V-30 va undan yuqori bo‘lgan sinfli o‘ta ogir yuklarni qabul qiluvchi poydevorlarni barpo etish belgilab ko‘yilgan. Poydevorning hisoblari asosida uning o‘lchamlarini va armaturasini tanlashni amalga oshirish mumkin. Ushbu hisoblashlar KMQ "Zamin va poydevorlar"ga asoslanib amalga oshiriladi. Binodan foydalanish davomida poydevorlari grunt suvlari, tashqi atmosfera va zilzila ta’sirida bo‘ladi. SHu bois u o‘z mustahkamligini va hususiyatlarini yo‘qota boshlagan bo‘ladi. SHuningdek rekonstruksiya va modernizatsiya davrida binoda ustkurma ishlari amalga oshirilsa poydevor qo‘shimcha yuk ta’siriga tushib qoladi. SHu bois qayta loyihalanayotgan binolarda poydevor hisobi amalga oshirilishi lozim. Biz modernizatsiya kilayotgan binoda ustqurma ishlarini amalga oshirayotganligimiz tufayli poydevor hisobini amalga oshirish talab etiladi. Poydevorning og‘irlik markaziga tushuvchi yuklarni aniqlaymiz. Dastlab poydevor tovoni maydonini aniqlaymiz. U quydagi ifoda orkali aniqlanadi: A=ab=N/R0 - *H1 bu erda, N - poydevor yuqori kesimining hisobiy koeffitsientining me’yoriy kuchi; R0=1; - birlik hajmdagi poydevorga tushadigan og‘irlik, 2000 H/m2 N1 - poydevor balandligi, 3,3m; a=0,8;b=2,6 A = 0,8*2,6 = 2,08m2 Devorning 1m qismidagi me’yoriy og‘irligini aniqlaymiz. Bunda biz quyidagi ifodadan foydalanamiz. NM = (q +q np +P +P2np)A +N + N +N +N bu erda, q - doimiy tom yopmadan tushayotgan yuk, 3100 N/m2 q - doimiy orayopmadan tushayotgan yuk, 4547N/m2 nr - orayopmalar soni, 4ta Vaktinchalik yukning ishonchlilik koeffitsienti, f =0,9 R - tom yopmadan tushuvchi vaqtinchalik yuklar, R =2,1/0,9 = 2.3 kN/m2 R - orayopmalardan tushayotgan vaqtinchalik yuklar, R 2,3/ 0.9 = 2,6 kN/m2 N - devorni ±0,000 sathidan 12000 sathigacha bo‘lgan deraza oraliqlari hisobi, uni quydagi ifoda orqali aniqlashimiz mumkin: N =hpH(1-k0) r - devor konstruksiyasi zichligi, r =1800 kg/m3 - g‘isht zichligi; N - bino balandligi 12,000 m Soklning balandligi 0,900 m k0 - kavatlararo deraza oraliklari soniga bog‘liq bo‘lgan koeffitsient, uni kuydagi ifoda orqali aniqlaymiz: k0=Aow/Aw bu erda, Aow - deraza darchalari maydoni 9,6 m2; Aw - devorning umumiy maydoni, 36 m2; k0 =Aow/Aw = 9.6 / 36 = 0.27 N = 0.38 *18000* 12*(1- 0.27) = 60200N/m = 60,2 kN/m2 N2 = 0.38 *18000*0.900 = 8260 N/m = 8.26 kN/m2 N3 = lHk0 * 500 = 1.2 *12* 0.27* 500 = 1944 N/m = 1,94 kN/m2 N4 = hHp = 0.900 x 0.8 x 24000 = 17280 N/m = 17.280 kN/m2 N = (3.1+4.55*4+2.3+2.6*4)*2,08+(60,2+8.26+1,94+17.28)*1,1=167,2 kN/mg Poydevor tavonining eni quyidagi formula orqali aniqlanadi: bu erda,R0=25N/sm2; Gruntning hisobiy qarshiligi (QMQ ga asosan) =20kN/m3(0.02H/smg) d =2,7 m poydevor balandligi =0.95 = = 81 sm max 1,2R0 shartni tekshiramiz. bu erda max - bino poydevori tavoni ostidagi kuchlanish; max= W = l / 6=1.2*0.692 / 6 = 0.095 m3 max=1,672 / 1.2 * 0.7+ 2* 2.27 * 0.47 / 0.095 = 24,5N/m2 max N/m2 24,5 N/m2 Demak, shart bajaldi, lekin kuchaytirish davrida poydevor tovonini oshirish kerak. Qabul qilamiz V = 1,1m Modernizatsiya davrida poydevor tovonini eni 0,8 metrdan 1,1 metrgacha oshdi. Poydevorlarni kuchaytirish. Poydevorlarni kuchaytirish va tiklash tadbirlarini QMQ ning “YUklar va ta’sirlar”, QMQ 2.01.03-96 “Zilzilaviy hududlarda qurilish”, QMQ 2.03.01-96 “Beton va temir beton konstruksiyalar” talablariga muvofik amalga oshiriladi. Qattiq poydevorlarni kuchaytirish, ularning tovonini oshirish yoki turli xildagi svaylar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Qattiq poydevorlar deformatsiyasi nazarga olinmaydigan darajada kichik bo‘lib, poydevorning kuchlanishiga jiddiy ta’sir etmaydigan konstruksiyalar kiradi. Rekonstruksiya qilinadigan ob’ektlar poydevorning yuk ko‘taruvchanligini poydevor materialining va zamin gruntining haqiqiy mustahkamligi va deformatsiyasini, svay poydevorlarda esa dala sinovlari, ya’ni zondlash va statik sinov natijalarini hisobga olgan holda aniqlanadi. Poydevor tovoni o‘lchamini oshirish yukning ko‘payishida, zamin grunti yuk ko‘taruvchanligining etarli bo‘lmaganida hamda poydevor shikastlanganda lozim bo‘ladi. Kuchaytirishning samarali vositalari: Temirbeton koplama; Uzaytirish; YAngi kuchaytirilgan tasmasimon poydevorni qisman yoki to‘la biriktirish. Temirbeton qoplama mavjud poydevorning hamma tamonini o‘rab turuvchi yaxlitquyma qobiqni aks ettiradi. Qobiq armaturasi fazoviy karkas hosil kiladi va eski poydevorning kuchaytirish konstruksiyasi bilan albatta oldindan ochib yalang‘ochlangan armatura bilan payvand orqali ulanishi va birgalikda ishlashini ta’minlab berishi kerak. Poydevorlarni tamirlash va kuchaytirish, ularni mustaxkamlash, kengaytirish, chuqurlashtirish, shuningdek, poydevorning bir qismi yoki butunlay qayta yotqizishdan tashkil topadi. Poydevorlar holatiga xamda ularning buzilishi yoki o‘sha zo‘riqishga olib kelgan sabablarga karab, poydevorlarni kuchaytirishni turli usullari qo‘llaniladi. Qayta tiklash tufayli poydevorlarga foydali kuchlarni oshirishda poydevorlarni kengaytirish yoki agar mumkin bo‘lsa, kuchlarni poydevorning aloxida turli kuchlanadigan qismlariga qayta taqsimlash kerak bo‘ladi. Poydevorni kuchaytirish ishlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Poydevor atrofidan er qatlami kavlanib, poydevor qismi ochiladi. Bu ish poydevorga shikast etkazmaslik uchun texnika havfsizligiga rioya kilgan holda, ko‘l mehnati evaziga, belkuraklar yordami bilan bajariladi. Tasmasimon poydevor ostini kuchaytirish ishlarini 2-2,5m kenglikdagi xududlarda amalga oshiriladi; Poydevorni betonlashda yaxshi qovushishini ta’minlash maqsadida tuproq va chang zarrachalaridan tozalab yuviladi; Kamida 20-AIII armaturadan tayyorlangan ankerli qoziqlar har 800mm qadamda poydevor ostiga qoqiladi; 12-AIII armaturadan to‘qilgan to‘rlar poydevor ostiga o‘rnatiladi; Kerakli xajmda kobiklar o‘rnatiladi; Poydevor ostiga beton qorishmasi quyilib betonlanadi; Qotish jarayoni tugagach qobiqlar bo‘shatib olinadi; Belkuraklar yordami bilan qo‘l mehnati evaziga poydevor atrofi tuprok bilan to‘ldirilib, ko‘miladi. Bu ishlarni bajarish davomida poydevorga shikast etkazmaslikni ta’minlash va zarba bermaslik darkor. SHundan so‘ng, poydevor mustahkamligini ta’minlagan, binoda reja asosida ichki va tashqi o‘zgarishlarini amalga oshirish va qo‘shimcha kavatni kurish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Xulosa Kurs loyihasi topshirig‘iga ko‘ra Sirg‘ali tumani CHinor ko‘chasidagi turar-joy binosini hozirgi kun sharoiti va talabiga moslashtirish maqsadida binoni rekonstruksiya qilish kerak (qayta rejalash, poydevor va orayopma plitasini kuchaytirishni ham o‘z ichiga oladi). Bunda bino albatta estetik, arxitektura va shaharsozlik talablari va me’yorlariga javob berishi lozim. SHu maqsadda bino joylashgan erga borib vizual tekshirildi va binoning chizmalari (fasad, re’ja, qirqim) va boshqa ma’lumotlar olindi. Binoning tom konstruksiyalarini o‘zgartirish natijasida poydevorni kuchaytirish, xonalarni qayta re’jalash ishlari olib borildi. Asosiy maqsad binoning foydalanish maydonini kengaytirishdan iborat bo‘lib, bu masala binoni 25% ga kengaytirish orqali hal qilindi. Foydalanilgan adabiyotlar.KMK 2.08.01-94 «Turar joylar», Toshkent 1995. «Rekonstruksiya zdaniy i soorujeniy» (Pod red. A.L. SHagina) M, Vыsshaya shkola, 1991 Polyakov L.D. «Rekonstruksiya i kapitalnыy remont zdaniy i soorujeniy». Kiev, UM. KVO, 1989. KMK 2.08.02-96 «Obщestvennыy zdaniya i soorujeniya» Tashkent 1997. O.O.Litvinov i dr.”Texnologiya stroitelnogo proizvodstva” Kiev V.SH. 1977g. I.I.Iщenko “Kamennыe rabotы i montaj konstruksii”M.V.SH. 1989g. ENiR ch.4 Montaj. N.A.Smirnov i dr.”Texnologiya i organizatsiya stroitelnogo proizvodstva” L. 1980g. SHNK 1.04.05-96. Ko‘p xonadonli uylarda xonalarni rekonstruksiyalash, o‘zgartirish va qayta uskunalash bo‘yicha binolar xavfsizligini ta’minlash tartib-qoidalari. Arxiteektura va qurilish qo‘mitasi Toshkent 2006-y. SHNK 2.08.01-05 Turar joylar. Toshkent 2005-y. Linovich “Raschet konstruirovanie chastey grajdanskix zdaniy” Raximov B.X. Qosimova S.T. SHojalilov SH “Bino va inshootlarning rekonstruksiyasi” TAQI, Toshkent 2000-y. Download 264 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling