Kirish. Binoning tavsifi
Download 264 Kb.
|
K.L. Rekonstruksiya.doc 16.doc0
- Bu sahifa navigatsiya:
- Binoning rejaviy sxemasi
- Konstruktiv unsurlari
Binoning tavsifi
Xorazm viloyati Yangiariq tumanida joylashgan 120- o`rinli maktab binosi Bino to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida rejalashtirilgan, atrofida ko‘kalamzor hudud tashkil qilingan. Qurilgan yili - 1950 yil. So‘nggi mukammal ta’mirlash ishlari 1992 yilda olib borilgan. Zilzilaga bardoshliligi -9 ball. Asos grunti cho‘kuvchanlik sinfi - II. Grunt suvlarining sathi - 15-20m. Qordan tushadigan yuk - 50 kg/m2. SHamol tezligi bosimi - 38 kg/m. Bino vazifasiga ko‘ra turi – Jamoat binosi Binoning rejaviy sxemasi Ob’ekt -2 qavatli, g‘ishtli bino. Er to‘la xonalari balandligi 2,7m. Bino 23.4mx15m to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi maydonni egallagan. Qavat balandligi 2,7m ni (pol sathidan ship sathigacha)tashkil etadi. Konstruktiv sxemasi - mustaxkam ko‘ndalang va bo‘ylama yuk ko‘taruvchi devorlariga tayangan. Bikrlikka ega. Kapitallik sinfi – 2. YOng‘inga bardoshlilik darajasi – 2. Konstruktiv unsurlari: I .Poydevorlar - tasmasimon, quyma betondan, qalinligi-0,8m. Otmostka - asfalt-betonli,kengligi 0,8m. Sokol qismi - g‘isht, sement qorishmasi bilan qoplangan, balandligi 0,9m. Devorlar - g‘ishtli, oddiy g‘ishtdan, devorqalinligi 380mm. Pardevorlar—g‘ishtli, qalinligi—120mm. 6.Orayopmasi—ko‘p bo‘shliqli temir-biton plita, qalinligi 220mm 7. Tom—chordoqli, asosiy qism ikki nishabli, metall konstruksiyalar ustiga profnastil yotqizilgan. Ashyosi - starapilli, yog‘och qalamali. Tom qoplamasi -tunukali(bo‘yoq bilan byoyalgan) va asosiy qismi shifer bilan qoplangan. 8.Tarnovlari - bo‘g‘ot orqali tushirilgan, tunuka voronka va quvurlar orqali sokol qismigacha tushirilgan, devordan 200mm masofada ilingan. 9.Eshiklar - 1 va 2 tabaqali yog‘ochdan. 10. Derazalar—3 tabaqali yog‘ochdan. 11.Pollar— asosiy xonalarda parket pol, yordamchi va xojatxonalarda sopol plitkali, daxliz va yo‘laklar linoleumli, erto‘lasi betonli. 12.Devor sirtlari : Tashqi sirti(fasad)- pishiq g‘ishtli (suvalmagan), Ichki sirti - ishchi xonalar devorlari suvoqlangan, vodoemulsiya,ba’zi xonalarda gulqog‘oz bilan qoplangan; xojatxona devorlari 1,8m gacha sopol plitkalari bilan qoplangan, yuqori qismi va xonalarning shiftlari esa melli material bilan oklangan. Download 264 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling