Kirish. Binoning tavsifi
Asboblar yordamida tekshiruv natijalari tahlili
Download 264 Kb.
|
K.L. Rekonstruksiya.doc 16.doc0
Asboblar yordamida tekshiruv natijalari tahlili.
Binoni asboblar yordamida tekshirishlar va kuzatuvlar natijasida "Qurilish me’yorlari va qoidalari"ga asoslangan holda muhandislik tahlil qilinadi. Maxsus tayyorlangan sodda moslamalar ham mavjud, masalan, uklonamer - qiyalik o‘lchagich, bu asbob yordamida biz to‘shash, tom yopma va boshqalar yuzalaridagi qiyaliklarni aniqladik. Biz suvoq adgezilsini (moddalarning jism sirtiga yopishtirilishi) aniqlash uchun so‘rgichlar, LNII AKX adgeziometrini qo‘lladik. Devorlardagi, poypeshlardagi gidroizolyasiya (namdan muhofazalash) holatini aniklashda N4-1102 magayametr yordamida elektrik o‘lchash usulini ko‘lladik. Bino ustiga ko‘shimcha qavat qurilganligi, qavatlar soni ko‘payganligi sababli avvalambor bino poydevorini kuchaytirish lozim. Bino konstruksiyalarini grunt va yog‘ingarchilik suvlarining ta’siridan himoya kilish judayam muhim. A-S, 1-16 o‘qlari bo‘yicha er satxi tushurilib, otmoskani tashkil qilish lozim. Poydevor holati qoniqarli, unda katta bo‘lmagan yoriqlar bor. Poydevorda o‘ta cho‘kish yo‘q. Qayta tiklashdan oldin poydevorlarning yangi yukka chidamlililik hisobini qilish shart, zaruriyat bo‘lsa, poydevor ostini kengaytirish kerak, shuningdek namlanishdan himoya qatlamini tashkil kilish lozim. Devorlar koniqarli holatda, yoriklar mavjud, suvoq ko‘chgan, burchaklarga darz ketgan, bir qancha joylarda namlik izlari ko‘rinadi, choklar nuragan. Devorlarda darzlarni va o‘yiqlarni yamash, ko‘chgan g‘ishtlarni tiklash, sirtini tozalash, namlanganlikni va uning natijasida yuzaga kelgan dog‘larni bartaraf etish choralarini ko‘rish kerak. Namlanishdan himoyalash choralarini zudlik bilan ko‘rish lozim. Orayopmalardagi plitalarning ishchi oralig‘ida ko‘ndalang darzlar yoki ko‘plab kirishish darzlari, namlanish xollari, o‘yiqlar, chuqurchalar kuzatildi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish choralarini zudlik bilan ko‘rish, darzlarni yamash, artish, namlangan qismlarini quritish choralarini ko‘rish, o‘yiklarni va chuqurchalarni to‘ldirish, pol yotqazish uchun tekis katlamni tashkil kilish, orayopmani qayta montaj qilish talab etiladi. Download 264 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling