Kirish. Binoning tavsifi
Download 264 Kb.
|
K.L. Rekonstruksiya.doc 16.doc0
- Bu sahifa navigatsiya:
- Injener-geologik tekshiruv va tadqiqot ishlari. Binoni tekshirish va texnik tadqiqot usullari. Asboblar yordamida tekshiruv natijalari tahlili.
Bino va inshootlar rekonstruksiyasi MAVZU: Yangiariq tumanida joylashgan 120 o`rinli maktab binosini loyihalash Bajardi: Qabul qildi: Mundarija Kirish. Binoning tavsifi Binoning rejaviy sxemasi Injener-geologik tekshiruv va tadqiqot ishlari. Binoni tekshirish va texnik tadqiqot usullari. Asboblar yordamida tekshiruv natijalari tahlili. Konstruksiyalar hisobi. Poydevor hisobi. 9.Poydevorlarni kuchaytirish. 10. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish. Barcha bino va inshootlar jamiyatning maishiy, ijtimoiy va madaniy ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan. Bu ehtiyojlarni qondirish uchun binolarni, ularni xizmati mobaynida yaxshi saqlash va kuchaytirish to‘g‘risidagi doimiy ish kerak bo‘ladi. Binolarni xizmat jarayoni ularni to‘g‘ri texnik ekspluatatsiya qilishdan iborat, kerak hollarda esa qurilishni qayta qurish yoki rekonstruksiya amalga oshiriladi. Binolarni rekonstruksiya qilishdan maqsad ularni xizmat muddatida ob’ektning estetik, konstruktiv va funksional xususiyatlarini o‘zgartirish yoki kuchaytirishdir. Binolarni rekostruksiya qilish va tashqi obodonlashtirish bosqichining kuchaytirilishi shaharni rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. U yoki bu binolarga ustqurma qurish yoki qayta qurish nafaqat ularni ko‘rinishini, balki ko‘chalarni ham tashqi ko‘rinishini o‘zgartiradi. Turli xil vazifadagi binolarni ekspluatatsiya jarayonida odatda ularni vazifasi o‘zgarishi tufayli rekostruksiya qilishga talab paydo bo‘ladi. Turli xil vazifadagi jamoat binolarining ichki tashkil etilishi, ularning hajmiy-rejaviy tarkibi va uskunalari ko‘pgina umumiylikka ega va ularni jamoat binolarining boshqa turlarida ham qo‘llash mumkin. Rekostruksiyalashda va tayyorgarlikda ob’ektning joylashtirish shartlari, uning hajmiy-rejaviy parametrlari, konstruktiv afzalliklari va butun bino, uning alohida elementlarining texnik holati o‘rganiladi. Ushbu ko‘rsatkichlar asosida binodagi yangi funksional ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda qaror qabul qilinadi. Binoni qayta uskunalashda uning ichki tashkil etilishining asosiy talab va shartlari quyidagilardir: imkon boricha mavjud pardevorlarni saqlab qolish; va binoning ichki pardozi; mavjud dahlizlarni birlashtirish. Eshiklarni bir xilligi va ularni joylashishi ham katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari ob’ektning vazifasiga va binoning mavjud afzalliklariga ko‘ra sanitar xonalarning joylashtirish muhim vazifalardan biridir. Download 264 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling