Kirish bob. Iqtisodiy tizim tushunchasi
YAPONIYA IQTISODIYOT TIZIMI HAMDA UNING O’ZBEKISTON IQTISODIY TIZIMIDAN FARQI VA O’ZARO BOG’LIQLIGI
Download 46.27 Kb.
|
Iqtisodiy tizimlarning turlari va modellari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.1Yaponiya iqtisodiy tizimlari va ularning modellari.
4. YAPONIYA IQTISODIYOT TIZIMI HAMDA UNING O’ZBEKISTON IQTISODIY TIZIMIDAN FARQI VA O’ZARO BOG’LIQLIGI.
Zamonaviy Yaponiya aholisi 128 mln. Kishidan iborat bo’lib, 4.4 trln. AQSH dollarini tashkil etuvchi YaIM bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinni egallaydi.(2006 y.). Garchi o’sish sur’atlarida bir qadar pasayish kuzatilsa-da, mamlakat dunyoning iqtisodiy jihatdan eng qudratli davlatlaridan biri bo’lib qolmoqda. 1980-yillarning oxirida Yaponiyaning butunjahon iqtisodiy yetakchisiga aylanishga jadal harakat qilayotgani to’g’risida fikrlar ko’p bo’lgan. G’arb iqtisodchilarining sharhlariga ko’ra, yapon intervensiyachilik siyosatining afzalliklari agar kuchli qarshi tadbrilar qabul qilinmasa yoki yapon metodlari bilan qurollanmasa, Yaponiyaning amerika biznesidan o’zib ketishiga olib kelishi mumkin ekan.5 4.1Yaponiya iqtisodiy tizimlari va ularning modellari. Yaponiya bunday rivojlanishda ushbu iqtisodiy tizimlardan keng foydalandi. Bilvosita moliyalashtirish – bu o’ziga xos kredit-moliya tizimi bo’lib, avvaldan kafolatlangan depozitlardan foydalangan holda, yirik ssudalar beradi va ssuda bo’yicha to’lamaslik xavfiga ham ega bo’ladi. Bunday sxema operatsiyalar davomida muayyan foydaning yaratilishi va barqarorligini ta’minlaydi. Urushdan keying Yaponiyaning o’ziga xos sharoitlarida moliyalashtirishning tavsiflagan ushbu tizimi kredit-moliya tizimi va umuman butun iqtisodiyotga barqarorlashtiruvchi ta’sir ko’rsatgan. Boshqa so’z bilan aytadigan bo’lsak, “guruhlash” bozor iqtisodiyoti o’yin qoidalari doirasida biznes bitimlarining sofligini kuzatish uchun tadbirkorlikning barcha sohalarini qat’iy belgilash, o’ziga xos ichki va nodavlat funksiyalarni bajargan. Keyretsu taqsimot tizimi – Yaponiya keyretsu guruhi tuzilmasining o’ziga xosligi – bu uning chakana savdoda kengayishidir. Asosiy ishlab chiqaruvchilar ko’pincha o’z savdo tarmoqlariga ega bo’ladilar va bu yerda faqat ularning ishlab chiqargan mahsulotlari sotiladi. Shubhasiz, bunday iqtisodiy tizim raqobatchilikka qarshi sifatida baholanishi mumkin va bu bozordagi mavjud ulush muvozanatining o’zgarishini juda ham qiyinlashtiradi. Mana shunday to’siqlar tufayli yangi firma va xorijiy importning bozorga kirishi, ayniqsa, qiyin holda kechadi. Endi Yaponiya iqtisodiy modeliga keladigan bo’lsak, ushbu tizimni quyidagicha tavsiflash mumkin: Yaponiya modeli - bu tartibga solinadigan korporativ kapitalizm modeli bo'lib, unda kapital to'plash uchun qulay imkoniyatlar iqtisodiy rivojlanishni dasturlash, tarkibiy, investitsiya va tashqi iqtisodiy siyosat sohalarida davlat tomonidan tartibga solishning faol roli va korporativ printsipning alohida ijtimoiy ahamiyatiga ega bo'ladi. Yaponiya modeli mehnat unumdorligi o'sishidan aholining turmush darajasida (shu jumladan ish haqi darajasida) ma'lum bir kechikish bilan tavsiflanadi. Shu tufayli mahsulot tannarxining pasayishiga va uning jahon bozorida raqobatbardoshligining keskin o'sishiga erishiladi. Bunday model faqat milliy o'zini o'zi anglashning yuksak darajada rivojlanishi, millat manfaatlari ma'lum bir kishining manfaatlaridan ustunligi va aholining mamlakat ravnaqi yo'lida ma'lum fidoyiliklarga tayyorligi bilan mumkin bo'ladi. Yaponiyaning rivojlanish modelining yana bir xususiyati davlatning iqtisodiyotni modernizatsiya qilishdagi faol roli bilan, ayniqsa, uning dastlabki bosqichida bog'liqdir. Download 46.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling