Kirish bob Maktab va futbol
Download 193.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Forrest Gump o\'zbek tiliga tarjimasi. By Mushtariy
6-bob. Oq uy
Ikki oy kasalxonada bo’ldim. Bir necha haftalardan so’ng oyog’im tuzala boshladi va bir kuni kichkina shaharchagadagi baliq bozoriga bordim. Bozordan biroz krevetka sotib oldim, kasalxona oshpazi ularni men uchun pishirib berdi. Oradan ikki kun o’tib baliq bozoriga qaytib bordim va menga krevetka sotgan kishi bilan suhbatlashdim. “Krevetkalarni qayerdan olasiz?” deb so’radim undan. U to’g’ridan to’g’ri men bilmaydigan qandaydir tilda tez gapira boshladi, men uni tushunolmadim, sohildagi barcha qayiqlardan o’tib u meni qayergadir olib bordi. U suvga maxsus to’r tashladi, to’rni suvdan tortib olganda esa uning ichi to’la krevetkalar edi! Keyingi bir necha hafta ichida men janob Chi (krevetka sotuvchining ismi) ning ishlash jarayonini kuzatdim. U menga krevetkalarni to’rda qanday qilib tutilishini o’rgatdi, u hatto ahmoqlar uchun ham osongina ish edi. Bir kuni kasalxonaga qaytib bordim va meni polkovnik Gooch chaqirdi, “Gump, biz birga Amerikaga qaytishimiz kerak!” Qo’shma Shtatlarning prezidenti seni ko’rib, ko’rsatgam jasorating uchun senga medal bermoqchi. *** San Fransisko aeroportiga yetib borib samalyotdan tushdik, u yerda bizni tahminan ikki mingga yaqin odamlar kutayotgan edi. Qanday hayratlanarli! Turgan odamlarning ko’pchiligi uzun soch va soqolli edi. Ular bizni yaxshi kutib olishyapti deb o’yladim, ammo men adashgan ekanman. Ular bizga baqirib yoqimsiz so’zlarni aytayotgandi, hattoki kimdir pomidor ham uloqtirdi, u esa polkovnik Goochning yuziga tushdi. Vazmin holatda murabbiy yuzidagi pomidorni tozalashga harakat qilardi, ammo men ularni menga ham pomidor uloqtirishini kutib turolmas edim. Yo’q janob! Men qochishni boshladim. 22 23 Izimdan butun ikki mingta odam yugurib kelar edi! – ammo birontasi menga yeta olishmadi. Butun airaportni aylanib yugurdim va oxiri hojatxonaga kirib eshikni qulflab oldim. Kelganimdan boshlab taxminan u yerda bir soatlar kutdim. Polkovnik Goochni izlashga bordim va uni bir to’da politsiyachilarni o’rtasida ko’rdim. U meni ko’rib qolmagunga qadar juda havotirda qarayotgan edi. “Ketdik, Gump!” dedi u. “Bizni Washington samalyoti kutib turibdi.” 24 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling