Kirish bob Maktab va futbol


Download 193.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana21.11.2023
Hajmi193.98 Kb.
#1790725
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Forrest Gump o\'zbek tiliga tarjimasi. By Mushtariy

9-bob. Haqiqiy ovsarlik 
Amerikaga qaytganimda qilishni xohlagan birinchi ishim bu Jennyni topish 
edi! Bostonda Mosesga qo’ng’iroq qildim. U menga “Broken eggs” guruhi 
allaqachon tarqalib ketganini aytdi.
“Jenny haqida hech narsa bilmayman, ammo besh yil oldin u Chikagoga 
ketganini eshitgandim.” 
“Uning telefon raqami yoki manzilimi bormi sizda?” 
“Eski raqami bor, lekin ishlaydimi yo’qmi bilmayman.” 
Unga qo’ng’iroq qildim ammo javob bergan u emasdi. 
“Jenny Kurran?” dedi erkak kishining ovozi. “U Indianapolisning Temperer 
korxonasiga ish izlab ketgan.” Shuning uchun men avtobusga chiqib, Indianapolisga 
bordim. 
*** 
Temperer korxonasi shahar tashqarisida edi. Idoraga borib, bir ayoldan Jenny 
haqida so’radim va u ayol menga “Ha, u shu yerda ishlaydi. Idoraning bir chetda 
kutib turishingiz mumkin. Hozir deyarli tushlik vaqti bo’ldi, u tushlik qilishga 
ketgan bo’ish mumkin” dedi. Men uni kutdim. 
Ko’plab odamlar qatorida Jenny ham tushlikdan chiqib keldi. U kelib daraxt 
tagidagi maysalar ustiga o’tirib olma yeya boshladi. Uni yoniga borib o’tirdim va 
“Yaxshi olmaga o’xshaydi,” dedim. U menga qaramadi va shunchaki “Forrest, sen 
bo’lsang kerak.” Bir necha daqiqalardan so’ng qo’limni uning yuziga olib bordim…. 
Jenny va men yana birga edik.
“Men ishimni uch soatda tugataman, Forrest. Yo’lni u betidagi barda meni 
kutib turmaysanmi?” dedi va meni u yerga olib bordi. Uni barda kutishga qaror 
qildim. 


34 


35 
Men u yerda kurash musobaqasi haqida eshitib qoldim. Qanday? Sizga 
aytaman. 
Men bardagi bir kishi bilan kuch sinashdim va bu musobaqada biroz pul 
yutdim. Shunda ular menga bu musobaqa orqali pul ishlash mumkinligini aytishdi. 
Avval boshda Jennyga bu haqida hech narsa aytmadim.
Ishdan keyin Jenny barga keldi va biz birga ichib suhbatlashdik.
“Men seni televizorda samoga chiqqaningni ko’rdim, Forrest,” dedi. 
Men unga sodir bo’lgan hamma narsa va maymun Sue haqida aytib berdim.
“Maymunga nima bo’ldi?” deb so’radi u.
“Bilmayman, ammo u juda yaxshi do’st edi,” dedim. Kech kirib Jennyningg 
uyiga bordik u menga u yerda qolishim mumkinligi haqida aytdi.
Ertasi kuni Jenny ishga ketganda, men barga qaytib bordim. Bir nechta 
odamlar men bilan kuch sinashib ko’rishni xohladi va men bu takliflarga rozi 
bo’ldim. Ammo ularning birortasi ham meni yutolmadi, chunki men judayam kuchli 
edim va yana ko’plab odamlar o’z omadlarini sinab ko’rishni xohladilar.
Oradan bir oy o’tgach, qo’l kurashi musobaqasida haftasiga deyarli ikki yuz 
ming dollar yutishni boshladim. Bir kuni Mike isimli kimsa kelib: “Sen men bilan 
ko’plab pul ishlashing mumkin,” deb aytib qoldi.
“Qanday?” deb so’radim. 
“Kurash, haqiqiy kurash, men senga o’rgatishim mumkin,” dedi 
Uzun hikoyani u qisqagina qilib qo’ydi. Jenny meni bu musobaqamdan norozi 
edi, lekin men ko’plab musobaqalarda pul yutardi ammmo ba’zida yutqazardim 
chunki Mike menga o’yinni boy berishimni aytardi. Ha, ba’zida boy berib ham 
turardim. Ammo o’sha vaqt men yana ovsarligim tufayli barchasi alg’ov dalg’ov 
bo’lib ketdi. Jangni yutaman deb o’zimga o’zim va’da berdim, ammo Mike menga 
yutqizishimni aytdi. 


36 
Jenny judayam darg’azab bo’ldi. “Bu adolatdan emas,” dedi. 
Men unga quloq solmadim. Hamma pullarimni yutish uchun garovga qo’ydim, 
ammo yutqazdim. Hamma narsa aksiga ketdi. Uyga qaytib borsam Jenny ketib 
qolgan, tokcha ustida meni xat kutardi, unda bunday deyilgandi: 
 
Qadrli Forrest 
Tunda qilyotgan ishlaring umuman yaxshi emas. Yutqazib berishing adolatdan 
emas, men sen bilan ortiq qololmayman. Men sen bilan oila qurish haqida o’ylab 
yurgandim, ammo hozir seni ahvoling bu. Seni kuchli, yaxshi katta bo’lib 
ulg’ayganingni tomosha qildim. Va Bostonda, sen meni sevishingni bilganimda 
o’zimni dunyodagi eng baxtli qiz deb his qilgandim. Ammo Hodaddy Club hovlisida 
begona qiz bilan bo’lgan voqeachi? So’ng seni samoga uchganingda seni to’rt yil 
uchratmadim, seni o’zgargansan deb o’yladim. Balki men ham o’zgargandirman, 
hozir men shunchaki oddiy odamlarga o’xshab oddiy hayot kechirmoqchiman. 
Shuning uchun, men ketishim va oddiy hayot yaratishim kerak. 
Bu xatni yozguncha men ko’z yoshlarimni tiyolmadim, lekin iltimos meni 
boshqa topishga urinma. Hayr qadrdonim. 

sevgiling 
Jenny. 
Va o’sha vaqt hayotimda birinchi marta haqiqiy ahmoqligimni anglab yetdim. 


37 

Download 193.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling