Kirish bob Maktab va futbol
Download 193.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Forrest Gump o\'zbek tiliga tarjimasi. By Mushtariy
11-bob. Krevetka savdosi
Va nihoyat Mobilega uyimga qaytib keldim. Poez Mobilega ertalab soat taxminan uchlarda keldi, Sue va men tushdik. Shaxargacha piyoda yurib bordik va uxlash uchun bo’sh bino topdik. Ertasi kuni nonushta uchun biroz narsa sotib oldim va Suega banan olib berdim, so’ng oyimni ko’rishga bordik. U meni ko’rgandan juda ham hursand edi. “Oh, Forrest va nihoyat uydasan! O’g’lim” dedi oyim. “Ha, oyi,” dedim Ammo uyda ko’p qolmadim. Ikki kundan keyin Sue va men avtobusga chiqib, Bayon La Batrega yo’l oldik. U yerda yaqin do’stim Bubbaning ota onasi yashaydi. Men ularning uyiga bordim va Bubba ikkimiz armiyadan qaytgandan keyin amalga oshirishni rejalashtirgan Krevetka savdosi haqida aytib berdim. U meni eshitdi va juda qiziqib qoldi. Ertasi kuni Sueni olib uchalamiz qayiqqa chiqdik va krevetka savdosi uchun yaxshi joy izlay boshladik. Avval boshda tijoratni boshlashim, qarmoq, qayiq va boshqa narsalarni olishim uchun bir oy vaqt ketdi. Nihoyat o’sha kunlar keldi. Sue va men krevetka tutishni boshladik. O’sha tunning o’zida qarmog’imizga minglab krevetkalar ilindi! Bu faqat mening tijoratimni boshlanishi edi xolos. Butun yoz, kuz qish va keying baxorda judayam qattiq mehnat qildik. Bir yildan so’ng, oyim, janob Tribble, Kurtis (mening eski futboldagi do’stim) va Bubbaning dadasi menga yordam bera boshladi. Yil oxirida bizda o’ttiz ming dollarimiz bor edi! Hamma baxtli edi ammo men? Jenny haqida o’ylayotgan edim, albatta. Men uni yana qayta topishni xohladim. Bir kuni eng yaxshi kiyimlarimni kiydim va Mobilega, Jennyning oyisini uyiga bordim. “Forrest Gump, kel kiraqol!” dedi meni ko’rgan oyisi. Biz o’tirib oyim, krevetka savdosi va hamma narsa haqida suhbatlashdik. So’ng men Jenny haqida so’radim. 42 43 “Men u haqida tez – tez eshitib turmayman, adashmasam ular hozir shimoliy Karolinada.” “Ular?” “Bilmasmiding?” dedi hayratlanib, “Jenny ikki yil avval turmushga chiqgandi.” *** Nega bu yangilikka tayyor emasdim? Bilmayman. Buni eshitib bir bo’lagim o’lgandek tuyuldi. Lekin Jenny qilishi kerak bo’lgan ishni qildi, chunki men haqiqiy ovsar edim. Ko’plab odamlar uni ahmoqqa turmushga chiqqan deb aytdi, lekin ular haqiqiy sevgini tushunmaydilar. O’sha tuni baqirib yig’ladim, lekin umuman yordam bermadi. “Qo’limdan keladigan yolg’iz narsa – qattiq mehnat qilishim kerak!” deb dalda berdim o’zimga o’zim. Yilning oxirigacha yetmish besh ming dollar daromad ko’rdim. *** Oradan vaqtlar o’tdi. Bir kuni oynaga qarab yuzimda ajinlar va sochimga oralagan oqni ko’rdim. Tijorat yaxshi ketayotgan edi, ammo o’zimga savol berdim: “Nima uchun qilyapsan buncha narsani?” va men ketishim kerakligini bildim. Janob Tribble meni tushundi. “Forrest, uzoq ta’til olishingni hammaga aytmaysanmi? Xohlagan vaqting kelsang savdo bu yerda davom etayotgann bo’ladi,” dedi. Sue bilan birga avtobus bekatiga bordik. “Qayerga borishni xohlaysan?” deb so’radi chipta sotuvchi ayol. “Bilmayman!” dedim “Savannahga borsangchi, u juda yaxshi shahar,” dedi Men rozi bo’ldim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling