Kirish bob Maktab va futbol
Download 193.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Forrest Gump o\'zbek tiliga tarjimasi. By Mushtariy
10-bob. O’yinlar uchun pul
Mobilega uyimga qaytishni qaror qildim, lekin yo’lda nimadir yeyish va ichish uchun Nashvillega to’xtadim. Mehmonxonaga ketyotganimda, oynadan shaxmat o’ynab o’tirgan odamlarni ko’rdim. Oldin aytganimdek, o’rmonda Big Sam menga qanday qilib shaxmat o’ynashni o’rgatgandi. O’yinni tomosha qilish uchun mehmonxona ichkarisiga kirdim, ammo u maxsus turnir ekan tomosha qilish besh dollar turar ekan. Shuning uchun ichkariga kirolmadim. Qayti yurib ketyotganimda, eshik oldida kichkina keksa bir odam o’zi bilan o’zi shaxmat o’ynayotganini ko’rib qoldim. Avtobusim jo’nab ketishiga bir soat borligi uchun, u odamni tomosha qilishga bordim. Keyin unga “Agar bu toshni yursangiz, qirolichani yo’qotasiz,” dedim. U menga qaramadi ammo bir necha daqiqada so’ng “Balki haqdirsan.” dedi. Avtobus jo’nab ketish vaqti bo’lgandi, men turib ketishni boshladim va u odam “O’tirib men bilan o’ynamaysanmi?” dedi. “Afsuski yo’q, avtobus tutishim kerak.” dedim. 38 U menga qo’lini siltadi va men avtobus bekatiga qaytib ketdim. Afsuski avtobusim allaqachon jo’nab ketgan ekan, ertangi kungacha boshqa qaytadigan avtobus yo’q edi. Shuning uchun mehmonxonaga qaytib keldim, o’sha kichkina keksa odam hali ham o’zi bilan shaxmat o’ynab o’tirgan edi. U menga qarab o’tirib u bilan o’ynashimni aytdim. Uni yutishim uchun bir soat ketdi. “Sen kimsan?” deb so’radi o’yindan keyin. “Forrest Gump,” dedim. “Shaxmat o’ynashni qayerdan o’rgangansan?” deb so’radi. “O’rmonda,” deb aytdim. U menga hayratlanib qaradi. “Turnirda qatnashmoqchimisan?” deb so’radi. “Yo’q, men uyga qaytib borishim va krevetka savdosini boshlashim kerak.” “Sen turnirda ko’proq pul ishlashing mumkin. Sen judayam yaxshi o’ynaysan.” “Men-a?” deb so’radim Keksa odamning ismi janob Tribble edi. ikki kundan so’ng biz Los Angelesdagi katta shaxmat musobaqasiga yo’l oldik. *** Turnirdan bir ikki kun avval bordik. Janob Tribble meni kino olinyotgan joyga olib bordi. Ular Los Angelesda juda ko’p film suratga olgan kishilar ekan. Derazaga urilib urishyotgan odamni tomosha qilyotganimizda, bir kishi kelib: “Aktyormisan?” deb so’radi mendan. “Kim, menmi?” dedim hayratda. “Biz ertangi shaxmat musobaqasiga kelganmiz,” dedi janob Tribble. 39 “Lekin sen men izlayotgan odamning o’zisan, katta, kuchli, shunaqa emasmi? Filmda suratga tushishga mos odamsan. Mening ismim Felder.” “U ertaga katta musobaqada qatnashish kerak, uni aktyor bo’lishga vaqti yo’q!” dedi janob Tribble. “Ko’p vaqt ketmaydi,” dedi janob Fedler. Keyin biz janob Fedler bilan ketdik. Men o’rmon haqidagi filmga mashxur aktyor Raquel Velch bilan suratga tushdim! U rostan ham o’sha mashxur Velchmi yoki boshqaligini janob Fedlerdan so’radim. Ammo yana nimadir bo’ldi. Qanaqadir, Velch honimni o’rmondan qutqaryotganimda, uning ko’ylagi yirtilib ketdi. Unga yordam berish uchun daraxtlar ortiga bekitdim. Ammo o’sha yerda men kimni uchratganimni bilasizmi? Sue! Maymun! U boshqa filmda suratga tushotgan edi! Uchchalamiz baravariga yugurdik, ammo Velch honim baqirib borardi. Hammasi aksiga ketgani tufayli, aktyorligim ko’pga bormadi. Balki janob Tribble mendan bekitib iltimos qilgandir. Men judayam mamnun edim, chunki maymun yana men bilan edi. *** Mehmonxonaga qaytib uchchalamiz xonaga kirib o’tirdik va nima qilishni qaror qildik. “Maymun bilan sayohat qilish qiyinlik qiladi,” dedi janob Tribble. “U boshqa bizni muammoga qo’ymaydi, janob Tribble,” dedim ammo janob havotir olardi. Ertasi kuni Beverly tepaligidagi mehmonxonada katta shaxmat turniri bo’lishi kerak edi. Janob Tribble bilan men u yerga ertaroq yetib bordik, o’shanda men kuni bo’yi shaxmat o’ynashimga to’g’ri keldi. Birinchi o’yinni yutishim uchun menga yetti daqiqa kifoya bo’ldi, keyingisiga esa yarim soat. O’sha kuni va keyingi kuni bo’yi shaxmat o’ynadim. To’satdan men 40 finalgacha chiqib boribman, finaldagi raqibim rus Ivan edi. To’g’risini aytsam, u dunyodagi eng zo’r shaxmat o’yinchisi edi. U katta jussali qora sochli odam edi va u yutqazishni xohlamasdi! O’yin juda uzoq davom etdi. Haqiqatdan Ivan juda yaxshi o’yinchi edi. Ivanni yutayotganini sezgan maymunim Sue xona bo’ylab yugurib shaxmat taxtasini ag’darib ketdi! Ivan stulidan yiqilib tushdi, hamma baqirar va xonadan chiqib ketar edi. “Ketdik bu yerdan, Forrest!” deb baqirdi janob Tribble. Mehmonxonaga qaytib keldik va xonaga shoshilib kirdik. “Forrest,” dedi janob tribble, “Sen eng ajoyib shaxmat o’yinchisisan, ammo endi nima bo’ladi bilmayman!” Manabu seni yutgan pullaringni yarmi – besh yuz dollar. Sueni olib Albaniaga qayt va krevetka savdosini boshla. U qo’limni olib hayrlashdi va o’zin manzilini berdi. “Menga yozib tur, Forrest. Omad!” |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling