Kirish (bugungi kunda xukumatimiz tomonidan sohaga qaratilgan e’tibor, asosiy yangiliklar, qaror, farmon va buyrqular asosida)


IV. Pir Siddiq me’moriy yodgorligidagi Pir Siddiq maqbarasi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar va uning hajmiy – rejaviy yechimi


Download 1.63 Mb.
bet4/8
Sana08.07.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1659243
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mundarija 1

IV. Pir Siddiq me’moriy yodgorligidagi Pir Siddiq maqbarasi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar va uning hajmiy – rejaviy yechimi
O‘z davrida Marg‘ilon shahrining ko‘rki bo‘lgan Pir Siddiq (Kaptarxona) majmuasi maqbara, masjid, kaptarxona, minora va darvozaxonadan iborat bo‘lgan.
Marg‘ilonda yashab o‘tgan qariyalarning aytishlaricha, majmuada birinchi bo‘lib Muhammad Payg‘ambarning yaqin do‘sti bo‘lgan, islom targ‘ibotchisi -
Siddiq dafn etilgan sag‘ana ustiga maqbara qurilgan. Shu sababli bu maqbara “Pir Siddiq” maqbarasi degan nom olgan. Davrlar o‘tishi bilan maqbaraning atrofida masjid, darvozaxona, kaptarxona, minora kabi binolar qurilib, yaxlit bir me’moriy majmua paydo bo‘lgan. Me’moriy tuzilishiga ko‘ra, majmuadagi masjid binosining qurilishi taxminan XIX asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi.
Marg‘ilonliklar orasida “Pir Siddiq” maqbarasi nomi bilan bog‘liq quyidagicha afsona ham mavjud. Unga ko‘ra, bir kuni avliyo Pir Siddiq uni ta’qib qilayotgan dushmanlardan qochib, bir g‘orning ichiga yashirinadi. Shunda kaptarlar bu g‘orning og‘ziga o‘z inlarini qurib, g‘orga kiradigan yo‘lni yopadilar. Pir Siddiqni ta’qib qilib, g‘orgacha kelgan dushmanlar g‘or og‘zida kaptarlar uya qurib yashayotganini ko‘rib, “bu yerda odamzod bo‘lishi mumkin emas, bo‘lmasa, kaptarlar bunday tinch o‘tirishmagan bo‘lishardi”, - deb bu yerdan jo‘nab ketishadi. Kaptarlar shunday harakatlari bilan Pir Siddiqni dushmanlardan qutqarib qolgan ekan.
Majmuadagi kaptarxona binosi masjid binosi bilan deyarli bir vaqtda, ya’ni XIX asrning ikkinchi yarmida qurilgan. Masjid binosi oldida joylashgan minora esa,
1920 yilda qurilgan. Bu haqda kirish eshigining tepasiga g‘ishtdan terilgan yozuv - sana dalolat beradi. Shu yerlik aholi hamda arxitektor V. L. Voroninaning “Farg‘ona viloyati xalq me’morchiligi” (1940 y.) asaridagi ma’lumotlarga ko‘ra, minora marg‘ilonlik Usta - kichik degan shaxs tomonidan qurilgan.
Sobiq mustabid tuzumning diniy-me’moriy yodgorliklarga nisbatan nigilistcha siyosati Pir Siddiq majmuasini ham chetlab o‘tmadi. Majmuaning darvozaxonasi orqasidagi ikki qavatli bino buzib tashlandi, natijada darvozaxona peshtoqi ham zararlanib, yarim vayrona holatiga tushib qoldi. Majmuaning saqlanib qolgan binolari esa omborxona sifatida foydalanildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida esa bu binolarga Rossiyadan evakuatsiya qilingan aholi joylashtirilgan.
Majmuada oxirgi qurilish ishlari 1956 yilda bajarilgan. 1990 yillarga kelib majmuada dastlabki ta’mirlash ishlari boshlangan. Hozirgi kunda Pir Siddiq majmuasi davlat muhofazasiga olingan.
IX asr boshlarida O‘rta Osiyoda asosan hom g‘isht, paxsa ishlatilgan bo‘lsa keyinchalik pishgan g‘isht ma’muriy va jamoat binolari qurilishida asosiy material bo‘lib qoldi. Turar joy binolari qurilishida esa sinchli kontruksich keng tarqaldi. Pardoz ishlarida somonli loysuvoq qatorida ganchning har xil turlari ishlatilgan.
Keyinchalik sirlanmagan koshin va sopol plitkalar, XII asrga kelib qisman sirlangan koshin va sirlangan yaxlit o‘ymakorlikda pishirilgan loy bo‘laklari - parchin (mayolika) ishlatish usuli kashf etildi.
Eng qadimgm obidalardan Qadimiy Xorazimdagi Qavat qa’la, Samarqand (Afrosiyob) dagi somoniylar qasrining bir qismi va Termiz yaqinidagi Qirq qiz qa’lasini qayd qilish mumkin. Bularning har uchalasi hom g‘isht pa paxsadan bunyod etilgan.
Afrosiyobdagi somoniylar qasrining bir qismi hisoblanuvchi binoning old tomoni yog‘och ustunli, peshayvonli bo‘lib, o‘rtada tomi gumbaz bilan yopilgan katta xona va uning ikki yonida yana ikkita qo‘shimcha xona bo‘lgan. Asosiy zal shtuk deb (yevropacha) nomlanuvcha ohaktoshli ganchning ichiga tolasimon o‘simliklar qo‘sxilgan materialdan juda nafis o‘ymakorlik usulida hashamdor qilib ishlangan.
Termiz yaqinidagi Qirq qiz qa’lasi o‘zining kostruktiv va me’moriy yechimlari bilan hammani 1000 yildan beri lol qildirib kelmoqda. Uning tarhi kvadratga yaqin ko‘rinishda bo‘lib (53,8 x 54,8 m) to‘rt burchagida guldastasimon burchagi bor. Diqqatga sazovor joyi shundaki, paxsa va hom g‘ishtdan tiklangan bu imoratning asosiy devori mana ming yildirki qad ko‘tarib turibdi. Buning bir necha omillari bor. Birinchidan bino atrofi qandaq bilan o‘rab olingan bo‘lib, u qam yaxshi saqlangan. Bu esa qazib olingan tuproqning qurilish matsriali sifatida ishlatilganligidan tashqari, binoning sun’iy tepaligiga yotqizish bo‘lishi, mudofaa inshootini tashkil etishda qamda yer osti suvlarini mana shu chohga to‘plab bino poydsvoriga sizib chiqishini bartaraf etishda muhim o‘rin tutgan. Ikkinchidan minglab yillar davomida yaratilgan va bugungi kunda e’tiborsizlik natijasida unutilib ketgan maxsus loy qorish va uni ishlatish texnologiyasi afzalligini ko‘rsatib o‘tish lozim. Nomigagicha dayalat tomonidan muhofaza etiladigan, aslida qarovsiz yotgan bu binoning oxirgi gumbazlari qulab hozirgi kunda bir necha uzunchoq dahlsiz yopmalari nuragan qolda saqlanib turibdi.
Umuman olganda IX - X asrlarda hom g‘isht va paxsadan qurilgan imoratlarning turli holatda saqlanib qolgan xarobalari Mari atroflari, Qadimgi Xorazm yerlarida uchraydi. Lekin pishiq g‘ishtdan ishlangan dastlabki imoratlar qatorida Buxoroda saqlanib qolgan Somoniylar maqbarasini misol keltirish mumkin. Bu inshoot Ismoil Somoniy davrida (873/4 - 907 yillar) qurilgan deb hisoblanadi. O‘rta Osiyo me’morchiligi durdonasi hisoblanadigan bu maqbara kubsimon hajmda bo‘lib, tomonlarining tashqi uzunligi 10 mga yaqindir. Nihoyatda jozibador ishlangan bu binoning ichki tomonlari 7,2 x 7,2 m bo‘lib, usti gumbaz tarzida yopilgan.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling