Kirish (bugungi kunda xukumatimiz tomonidan sohaga qaratilgan e’tibor, asosiy yangiliklar, qaror, farmon va buyrqular asosida)
Download 1.63 Mb.
|
Mundarija 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Pir Siddiq me’moriy yodgorligidagi Burxoniddin Marg‘iloniy chillaxonasi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar va uning hajmiy – rejaviy yechimi
II. Asosiy qism
Men Mahmudov ABDULLOH hozirda 8a-19 guruh talabasiman. II kurs amaliyot vaqtida bizga o‘rganish uchun berilgan 6 ta tarixiy yodgorlikni borib ko‘rdik. Ularni o‘lchadik, suratga oldik, qurilish texnologiyasi o‘rgandik, tarixi va vaqtlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Ushbu 3 ta arxitekturaviy bino ham mustaxkam, ham ko‘rkam, ham insonga madaniy xordiq beradigan shaklda loyihalangan. Shu bilan birga xozirgi zamon arxitekturasini ortda qoldira oladigan ko‘rinishga ega ekanligi bilan kishini lol qoldiradi. O‘lchov amaliyot davrida, amaliyot rahbarimizni ko‘magi bilan yetarlicha bilim ko‘nikmalarga ega bo‘ldim. Loyihalarni qurilish jarayonlari va qilinadigan asosiy ishlar bilan tanishdim. Har qanday badiiy ijod mahsuli bo‘lmish asaming mukammalligi, saviyasi, birinchi navbatda, kompozitsiya orqali namoyon bo‘ladi. “Kompozitsiya” so‘zi “yaxlitlik”, “birlik”, “o‘zaro bog'liqlik” degan m a’nolarni bildiradi. Boshqacha qilib aytaganda, qismlaming butunlikka bog‘liqligini ta'minlovchi sifatlar kompozitsiyani tashkil etadi. Tarixiy obidalarning hajmiy - fazoviy shakllarning asosiy xususiyatlari shakl geometriyasi, fazodagi o‘rni, kattaligini o‘rgandik. Ularning qo‘shimcha xususiyatlari qatoriga fakturasi, yorug‘ligi va rangilarini taxlil qildik. Bu xususiyatlarni o‘rgangan holda kelajakdagi loyihalaydigan binolarimni shu bilim ko‘nikmalarim asosida tashkillashtirishim uchun ayni muddao bo‘ldi deb aytishim mumkin. Arxitekturani idrok etishning o‘ziga xos xususiyatlarini amalda ko‘rib chiqdik. Amaliyot davrida o‘rgangan 3 ta tarixiy yodgorliklarimizni arxitekturaviy kompozitsiyasi haqida kerakli tasavvurga ega bo‘lib qaytganimiz keying ishlarimizda juda muxim ahamiyatga egadir. III. Pir Siddiq me’moriy yodgorligidagi Burxoniddin Marg‘iloniy chillaxonasi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar va uning hajmiy – rejaviy yechimi Burhoniddin Margʻinoniy (toʻliq ismi Abulhasan Ali ibn Abubakr ibn Abduljalil al-Fargʻoniy al-Rishtoniy al - Margʻinoniy) (1123.23.9, Rishton tumani, Dahbet qishlogʻi — 1197.29.10, Samarqand) — buyuk faqih, imom. Dastavval otasi Abubakr ibn Abduljalil, soʻng Simom Bahouddin Ali ibn Muhammad Asbijobiy qoʻlida tahsil koʻrdi. Rishton, Margʻilon, Buxoro, Samarqand va Movarounnaxrning boshqa shaharlarida islomiy taʼlim olib, hanafiya mazhabining buyuk faqihi sifatida nom qozondi. Shayxulislom boʻlib yetishdi. 1149 yil haj safariga bordi. Burhoniddin margʻinoniy Samarqand shahridagi Chokardiza kabristonga dafn etilgan. Burhoniddin margʻinoniy fiqh boʻyicha asosiy asari “Bidoyat ul – mubtadi” (“Boshlovchilar uchun qoʻllanma”) ni hanafiya nazariyotchisi, shariat asoschilaridan Abul Hasan al - Quduriy (1029 yil v.e.) va Muhammad ash - Shayboniy (884 yil v.e.) asarlariga tayanib yozgan. Burhoniddin margʻinoniyning ushbu kitobi nazariy asar edi, undan amaliy jihatdan foydalanish qiyin boʻlgan. Shu sababli Burhoniddin margʻinoniyning oʻzi 8 jildli sharh — “Kifoyat ul – Muntahiy” (“Yakunlovchilar uchun tugal taʼlimot”)ni yozishga karor qilgan. Keyinchalik bu kitobi asosida “Kitob al - Hidoya” (qisqacha nomi “Hidoya” — “Toʻgʻri yoʻl”) ni yaratadi (1178). Burhoniddin margʻinoniy bu kitobda oʻsha zamonlarda moʻminmusulmonlar duch keladigan dolzarb hayotiy masalalar, jumladan oilaviy va ijtimoiy munosabatlar, mulkchilik, savdo - sotiq, jinoyat va jazo, insonning burch va masʼuliyatlariga taalluqli juda koʻp murakkab muammolarni islomiy huquq nuqtai nazaridan hal etib berdi. Mazkur kitob nafaqat Movarounnahrda, balki butun islom sharqida bir necha tillarga tarjima etilib maʼlum va mashhur boʻlib ketdi. Bu kitob fiqh ilmi boʻyicha eng aniq, izchil, mukammal asar boʻlgan. Undan asrlar davomida islom huquqshunosligi boʻyicha nufuzli huquqiy manba — asosiy qoʻllanma sifatida foydalanilgan (qarang Hidoya). Shu sababli alloma nafaqat ulamolar, balki oddiy xalq orasida ham "hidoyat yoʻlining sarboni" deya katta hurmat - eʼtibor topdi. Burhoniddin valmilla (islom dinining dalili, isboti) degan sharafli nomga sazovor boʻldi. Burhoniddin margʻinoniy yana bir qancha asarlar yozgan: “Nashr al – mazhab” (“Mazhabning tarqalishi”), “Kitob at - tajnis val – maziyd” (“Fuqarolik huquqini taqdim etish”), “Kitob ul – faroiz” (“Majburiyatlar haqida kitob”), “Maziydfi furu ulhanafiy” (“Hanafiya mazhabiga qoʻshimchalar”) va boshqa U oʻz asarlarida ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar, mulkchilikning turli shakllari (davlat va xususiy mulkchilik), moliyaviy faoliyat, jinoyat va jazoning huquqiy asoslarini, fuqarolik huquqi nazariyasi va amaliyoti, qozilik muassasalari tarkibi, tartibi va jinoiy ishni koʻrish masalalarini batafsil yoritib berdi. Bu asarlarda adolat tuygusi, oʻz davrining huquqiy mszonlari asosida yashash, oʻzganing mol - mulkiga koʻz olaytirmaslik, haromdan hazar qilish, insof va diyonat, mehroqibat kabi ezgu tushunchalarning mohiyati ochib berilgan. Burhoniddin margʻinoniyning oʻzi hayoti davomida ana shunday insoniy fazilatlarga amal qilib yashadi. Ilmu urfon yoʻlidagi fidoyiligi, kamtarligi oʻz asarlarida bir"on marta ham “men” degan soʻzni ishlatmay, “bu zaif banda aytadi”, deya hokisorlik bilan izoh berishida ham koʻrinib turadi. Burhoniddin margʻinoniyning ilmiy merosi oʻz ahamiyatinn yoʻqotmagan. Jahondagi koʻp oliy oʻquv yurtlarida musulmon huquqshunosligi fanlari Burhoniddin margʻinoniyning fiqh taʼlimoti asosida oʻrganiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng uning ilmiy merosini har tomonlama chuqur oʻrganish, asarlarini chop etish ishlariga katta eʼtibor berila boshlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Burhoniddin margʻinoniy vafotining 800 yilligi (1997), tavalludining 910 yilligi (hijriy sana boʻyicha) (2000) keng nishonlandi. Shu munosabat bilan Margʻilon shahri markazida Burhoniddin margʻinoniy yodgorlik majmui bunyod etilib, shu yerda uning ramziy maqbarasi oʻrnatildi. Marg‘iloniyning o‘lmas merosi, uning ellik yetti kitobdan iborat “Hidoya” – “To‘g‘ri yo‘l” deb atalgan asari, sakkiz asrdirki mukammal huquqiy manba sifatida e’tirof etib kelinmoqda. So‘zga chiqqanlar Burhoniddin al - Marg‘inoniy tomonidan Movarounnahrda fiqh maktabining rivojlanishiga katta ulush qo‘shganligini e’tirof etib o‘tdi. “XH” fakulteti 4 kurs talabasi Sitora Raximova “Al - Hidoya” kitobi ko‘p asrlar davomida hanafiylik bo‘yicha eng muhim va mo‘tabar qo‘llanma sifatida barcha musulmon mamlakatlari madrasalari va islomiy oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilib kelinayotgani haqida so‘z yuritdi. Baxtiyor Madraximov, allomaning tug‘ilgan yili va yashab o‘tgandavrito‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi. Sanjar Norquvvatov, “Al - Hidoya” kitobining matni va qisqartmalari ustidan mashhur faqihlar tomonidan 60 dan ortiq sharhlar va hoshiyalar yozilib, ushbu mazhabning tarqalishi yo‘lida ta’sirchan omil sifatida xizmat qilib kelganini ma’lum qildi. “XM” fakulteti 3 kurs talabalari Alisher Mirzajalilov, Shuhrat Xamidov, Shahzod Maksudovlar allomaningasralarida O‘rta Osiyo xalqlari urf-odatlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan Hanafiya mazhabi talimoti to‘g‘risida manbalar borligini ta’kidlab o‘tdi. Mazkur tadbirni o‘tkazishda “YUNЕSKO va inson huquqlari” kafedrasi o‘qituvchisi Vasilya Artikova va “IGF” kafedrasi dotsenti Aziza Usmanovalar tashabbus ko‘rsatdi. Ushbu kitob mutolaasiga universitetning Axborot - resurs markazixodimlarimavzuga doir manbalarni taqdim etdi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling