Kirish Davlat maqsadli jamg’armalari iqtisodyottagi orni,mohiyati va mazmuni


Byudetdan tashqari jamg‘armalar ikkita asosiy vazifani bajaradi


Download 46.55 Kb.
bet2/7
Sana26.02.2023
Hajmi46.55 Kb.
#1233023
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Davlat maqsadli jam

Byudetdan tashqari jamg‘armalar ikkita asosiy vazifani bajaradi:
iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini qo‘shimcha mablag‘lar bilan ta’minlash;
aholi uchun ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish.
Byudetdan tashqari jamg‘armalar moliya tizimining bir bug‘ini bo‘lishi bilan birgalikda bir necha xususiyatlarni o‘zida kasb ettiradi:
hukumat va boshqaruv organlari tomonidan rejalashtiriladi hamda qat’iy maqsadli yo‘naltirilgan bo‘ladi;
jamg‘armalar mablag‘laridan byudetga kiritilmagan davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun foydalaniladi;
asosan yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalari asosida shakllantiriladi;
jamg‘armalarga sug‘urta badallari va ularni to‘lashda yuzaga keladigan o‘zaro aloqalar soliqli xarakterga ega, badallar tarifi davlat tomonidan belgilanadi va majburiy xisoblanadi;
jamg‘armalar pul mablag‘lari davlat qaramog‘ida bo‘lib, ular byudetlar, shuningdek boshqa jamg‘armalar tarkibiga kirmaydi hamda qonun xujjatlarida e’tirof etilmagan maqsadlarda ishlatilmaydi;
jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish ko‘rsatmaga asosan foydalaniladi.
Davlat maqsadli byudetdan tashqari jamg‘armalarning mohiyati Byudetdan tashqari jamg‘armalar - davlat tomonidan byudetga kiritilmaydigan ba’zi jamoat ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun mustaqil tezkorlik asosida moliyaviy resurslardan qat’iy maqsadli foydalanishning shaklidir. Mablag‘lar ishlatilishining maqsadli yo‘naltirilishiga ko‘ra byudetdan tashqari jamg‘armalar ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa jamg‘armalarga ajratiladi. Ijtimoiy ahamiyatdagi jamg‘armalar davlat organlariga faol ijtimoiy siyosatni yuritishga ko‘mak beradi.Ushbu jamg‘armalarni shakllantirishda asosan sug‘urta qilingan shaxslarning sug‘urta badallaridan, tadbirkorlarning sug‘urta badallaridan, subsidiyalar va davlatning foizsiz ssudalaridan foydalaniladi. Maqsadli jamg‘armalarni quyidagi xususiyatlar bo‘yicha tasniflash mumkin. Davlat ijtimoiy jamg‘armalari fuqarolarning pensiya olish, kasalligi, nogironligi, boquvchisini yo‘qotganligi sababli, shuningdek, sog‘liqni saqlash va tibbiy yordam olish, ishsizlikdan himoya qilinish uchun va boshqalar uchun ijtimoiy nafaqalarni olishdek konstitutsion huquqlarni ta’minlashga yo‘naltirilgan. Iqtisodiy jamg‘armalar jamiyatning xo‘jalik va ijtimoiy xayotining rivojlanishida davlat ta’siri imkoniyatlarini kengaytiradi.
Byudetdan tashqari jamg‘armalar maqsadli jamg‘armalar maqsadli ishlatilishga yo‘naltirilgan. Odatda ularning nomida mablag‘larning ishlatilish maqsadi qayd etiladi. Byudetdan tashqari jamg‘armalarni shakllantirishning manbalari ular tashkil etgan vazifalarning xarakteri va masshtabiga qarab aniqlanadi. Manbalarning turi va xajmiga rivojlanishning u yoki bu bosqichidagi mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy holati ta’sir etadi.


Download 46.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling