Kirish Davlat maqsadli jamg’armalari iqtisodyottagi orni,mohiyati va mazmuni


O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi


Download 46.55 Kb.
bet7/7
Sana26.02.2023
Hajmi46.55 Kb.
#1233023
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Davlat maqsadli jam

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2017 yil 5-oktyabrdagi 799-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi tashkil etildi. Jamg’armani tashkil etishdan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3268-son qarorini bajarish, ishsiz shaxslarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga keng jalb etish asosida aholi bandligini ta’minlash. Jamg‘arma Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi, 47-uy manzili bo‘yicha joylashgan.Jamg’arma oz tarkibiy ijro etuvchi tuzilamsiga ega.
Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
jamoat ishlarini tashkil etish va bajarish bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish uchun Jamg‘armaga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan mablag‘lardan;
xalqaro moliya institutlari grantlari, jismoniy va yuridik shaxslarning, homiylik jamg‘armalarining va boshqa xorijiy donorlarning ixtiyoriy yordamlaridan;
asosiy vositalar, mini-uskunalar va inventarlar ijarasidan daromadlardan;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan daromadlar; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa moliyalashtirish manbalaridan.
Jamoat ishlari Jamg‘armasining Vasiylik kengashi Jamg‘armani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasining ijro etuvchi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 481-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi.
Jamg‘arma bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek ularning moliyaviy faolligini qo‘llab-quvvatlash;
Agentlikning markaziy apparati ta’minoti va unga idoraviy mansub tashkilotlarning moddiytexnik bazasini mustahkamlash, shuningdek, Agentlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtirish maqsadlarda tashkil etilgan
Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalardan shakllantiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasining TIF TN kodi 07 va 08 bo‘lgan tovar guruhlari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilishdan tushgan bojxona to‘lovlari summasining 10 foiziga teng miqdordagi ajratmalardan.
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan har yili ajratiladigan subsidiyalardan
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qoshidagi “Elektron onlaynauksionlarni tashkil qilish markazi” davlat unitar korxonasining ochiq savdolarida sotilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning boshlang‘ich bahosidan oshgan summaning 50 foizidan;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlarining kreditlari (qarz mablag‘lari) va grantlaridan;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lardan.
Jamg’arma mablag’larini boshqarish jamg’arma kengashiga topshirilgan.
Download 46.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling