Kirish Davlat maqsadli jamg’armalari iqtisodyottagi orni,mohiyati va mazmuni


O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi


Download 46.55 Kb.
bet6/7
Sana26.02.2023
Hajmi46.55 Kb.
#1233023
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Davlat maqsadli jam

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
Pensiya jamgʻarmasi - aholini davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya qilishni amalga oshirish uchun zarur moliyaviy bazani yaratish, pensiya va nafaqalarni qonunda belgilangan miqdorlarda toʻlashni mablagʻ bilan taʼminlashni amalga oshi-radigan jamgʻarma. Dastlab Oʻzbekistonda Pensiya jamgʻarmasi 1991-yil 14-yanvarda sobiq SSSR Pensiyajamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublikasi boʻlinmasi maqomida tuzilgan. 1993-yil 4 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga aylantirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mah-kamasining 1996-yil 27 dekabrda "Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzurida Pensiya jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisi-da"gi qarori bilan Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzurida tashkil etildi. 2001-yil 1-yanvardan Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻasiga aylantirildi.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

O‘zbekistonda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi tashkil etiladi. Bu haqda "Xalq so‘zi" gazetasida e’lon qilingan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonunda ko‘rsatib o‘tilgan. Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 13 yanvarda qabul qilingan "Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida"gi Qonuniga bir qator o‘zgartishlar kiritildi. Jumladan, Qonunning 16-moddasida belgilangan «Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi deya o‘zgartirildi. Shunga asosan, 21-moddada Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi tashkil etilishi nazarda tutildi.
Hujjatda aytilishicha, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish va mehnat organlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun tuziladi. Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining daromadlari yagona ijtimoiy to‘lov tushumlarining belgilangan miqdori, vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larni joylashtirishdan tushgan daromadlar hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘larining yetmish foizi keyinchalik tumanlar va shaharlar o‘rtasida qayta taqsimlangan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat organlari tasarrufida qoladi, o‘ttiz foizi esa respublika darajasida markazlashtiriladi. Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘larini sarflash yo‘nalishlari aholi bandligiga oid tegishli respublika, hududiy va boshqa maxsus dasturlarida belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 28 oktyabr kuni 2017 yilga aholi bandligi dasturi qabul qilingan bo‘lib, mazkur hujjatda yangi yilda aholi bandligi masalasi qanday hal etilishi batafsil bayon etilgan. Dasturga ko‘ra muntazam ish o‘rinlarida 389,3 ming kishining bandligi, xususan yangi ish o‘rinlari yaratish hisobiga 345,3 ming o‘rin, faoliyat yuritmayotgan korxonalarni qayta tiklash evaziga 44,0 ming ish o‘rni yaratiladi, xususiy tadbirkorlik sohasida 97,7 ming kishi ish bilan ta’minlanadi. Qishloq xo‘jaligi ishlari, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish, paxta va bug‘doy yig‘im-terimi, pillachilik, namunaviy tipdagi uy-joylar qurish, ishlab chiqarish ob’yektlarini qurish sohasida 199,1 ming kishini mavsumiy va vaqtinchalik ish bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, shaxsiy va dehqon xo‘jaliklari, hunarmandlik va oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishlarida ish bilan band bo‘lmagan 308,6 ming nafar aholini, xususan, ayollar, nogironlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini ish bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Dasturni amalga oshirish doirasida aholining ish bilan band bo‘lmagan qatlami hamda 500 mingdan ortiq kasb-hunar kollejlari va oliygohlar bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.


O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi


Download 46.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling