Kirish dissertatsiya mavzusining dolzarbligi


-rasm. Shaxsning tug‘ma sifat qobiliyatlari


Download 0.72 Mb.
bet9/22
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1582874
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
AAA

2.3-rasm. Shaxsning tug‘ma sifat qobiliyatlari
Qobiliyatlarbu har odamning biron-bir faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishi yuzasidan shaxsiy pedagogik-psixologik xususiyatlari hisoblanadi. Bu qobiliyatlar shaxsning bilim, ko‘nikma va malakalariga mansub emas, ammo ularni hosil qilish tezligi va osonligiga aniq bir darajada yo‘l beradi. Kasbiy-ijodiy qobiliyatlar to‘g‘ri ta’lim-tarbiya berish va o‘z ustida ishlash, katta mehnat qilish natijasida shaxs yuqori darajalarga chiqishi mumkin. Pedagog uchun asosiy kasbiy-me’yoriy ko‘rsatkich – bu birinchi navbatda o‘z holatini pedagogik jarayonda yaratuvchi sifatida his etishi va anglab yetishidir. Pedagog o‘zining ish faoliyatiga xususiy kasbiy yaroqliligini, pedagogik voqelikdagi o‘z o‘rnini baholay olmas ekan, undan hech qachon ijodkorlikni talab qilib bo‘lmaydi. Demak, pedagogik faoliyatga kirib kelayotgan har bir talaba unga moslashuvchanligini, shu kasbga o’zida qobiliyat bor yo’qligi, qiziqishi borligini to‘liq tasavvur etishi kerak.
Ta’lim – boshqariladigan jarayon bo‘lib, uning natijasi ko‘p jihatdan tayyorlangan didaktik loyihaga bog‘liq. Didaktik loyiha esa ta’lim texnologiyasining mahsulidir. O‘quvchi-talabalarning bilish faoliyatini didaktik loyihaga ko‘ra boshqarish ta’lim texnologiyasining pedagogik asosi sanaladi. Har qanday jarayonning boshlanishi va yakuni mavjud bo‘lganidek, didaktik loyihani amalga oshirishning ham kirish va chiqish nuqtalari mavjud. Didaktik loyihani amalga oshirish ibtidosi bilan intihosigacha bo‘lgan masofada ta’limning samarali usullari va vositalari ko‘p topiladi. Didaktik loyihani tayyorlash va uni amalga oshirish jarayonlarini chizma shaklida ko‘rishimiz mumkin (2.4-rasmga qarang):






Ta’limning umumiy
maqsadi va mazmuni




Ta’limning didaktik


mazmuni


O’qituvchi –pedagog maqsadi




Ta’limning didaktik maqsadi





Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling