Kirish dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati


Muammoning о‘rganilganlik darajasi


Download 41 Kb.
bet2/5
Sana22.03.2023
Hajmi41 Kb.
#1286151
1   2   3   4   5
Bog'liq
KIRISH

Muammoning о‘rganilganlik darajasi. Ta’lim jarayonini markazlashtiriligan rejalashtirishiga bag’ishlangan tadqiqotlar Rossiya olimlari S.I. Arxangleskiy, B.Y. Kamarov, A.E. Daynovskiy, D.I. Chuprunov, E.N. Jilsov, G.M. Eydlino va boshqalar tomonidan qaralib ta’lim jarayonini tashkillashtirish ishlariga katta e’tibor qaratilgan.
Oliy ta’limda sifatli mutaxassislar tayyorlanishiga chet el olimlari N.A Selezneva, A.N.Subetto, I.N. Borodulin, V.I. Zvoynikov, I.A. Zimnaya, V.G.Kazanovich, G.P.Savileva lar ishlarida alohida e’tibor qaratilgan.
Mavzu doirasida olib borilgan tadqiqotlarning o’rganilishi quyidagilarni:

  • oliy ta’limdagi ta;lim jarayonining tashkilllashtirilishi;

  • ta’lim samaradorligini baholovchi modellar va metodlar qo’llanilishi samaradorligi;

  • jarayonlarni boshqarilishi zamonaviy talablarga to’liq javob bermaydi.

Hozirgi kunda axborotlar oqimining uzluksiz o’sib borishi barcha faoliyat turlarida qisqa muddatlarda koordinal o’zgarishlarga olib kelmoqda bu esa bevosita oliy ta’limga ham taluqlidir. Oliyta’lim oldida turgan yangi vazifalar va ularning uzluksiz taraqqiyoti ta’lim jarayoniga o’suvchi talablarni qo’yadi. Bu talablar ta’lim jarayonini rivojlantirish va ta’limning mazmuni, forma va metodlarini doimiy takomillashtirishdan iboratdir.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ta’lim jarayonlarini modellashtrish (matematik, kompyuterli, immitasion) ta’lim jarayonini tashkilashtirish, o’qitishning yangi metod va formalarini yaratish, ta’lim muhitida tamoyilli o’zgarishlarga bog’liq bo’lib yechimini kutayotdan dolzarb muammolardan bo’lib hisoblanadi.
Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Navoiy davlat pedagogika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining inf/x 21-11 «О‘quv jarayonini boshqaruvchi tizim yaratish» (2021–2022 yillar) mavzusi doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi. Ta’lim jarayonini samarali tashkillashtishda “o’qituvchi-o’quvchi” didaktik tizimini modellashtirish va yaratilgan modellar yordamida barcha o’qitish bosqichlarida ta’lim nazoratini takomillashtirish, bu o’rinda ma’lunmotlarni qayta ishlab tahlil qilish metodlarini tuzish ta’lim samaradorligiga erishishda ilmiy asoslangan xulosa va ko’rsatmalar berishdan iborat.

Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling