Кириш. Фаннинг предмети ва вазифалари
Download 1.79 Mb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu Innovatsion iqtisodiyotning ilmiy-uslubiy asoslari
Biznes-inkubatorlar.
Biznes inkubator — kichik va oʻrta biznesni yuritish malakalari berish va tadbirkorlik madaniyatini tarbiyalash bilan shug‘ullanadigan ixtisoslashgan muassasa. 64 Biznes inkubator asosan, xoʻjalik yurituvchi subʼektlarga dastlabki faoliyatida bozor iqtisodiyoti boʻyicha zarur bilimlarni oʻrgatish, biznes reja tuzish, mablagʻlar topish, xalqaro grantlar olishda koʻmaklashish, tadbirkorlik gʻoyalarini amaliy loyihalarga aylantirish va joriy etish, shuningdek kichik va oʻrta biznes korxonalariga menejment va marketing xizmatlari, tashkiliy, texnikaviy, iqtisodiy yoʻsindagi xizmatlar koʻrsatish kabi vazifalarni bajaradi. 65 Dastlabki Biznes inkubatorlar XX asrning 70 – 80-yillarida AQSHda paydo boʻlgan. Hozirgi paytda dunyo boʻyicha 2000 dan ortiq yirik Biznes inkubatorlar ish olib bormoqda. Oʻzbekistonda birinchi Biznes inkubator 1995-yilda BMTning YUNIDO tashkiloti va OʻzR Davlat mulk qoʻmitasining hamkorlikdagi “Oʻzbekistonda biznes inkubatorlar tarmogʻini shakllantirish va rivojlantirish” loyihasi asosida tashkil etildi. Respublikada jami 25 ta Biznes inkubator mavjud boʻlib, ular yirik shaharlar va viloyat markazlarida faoliyat koʻrsatmoqda. Ko‘rsatilayotgan qo‘llab- quvvatlashning muhim tarkibiy qismlaridan biri bu kichik biznesni rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan kotiblik, buxgalteriya, yuridik, ta’lim, maslahat xizmatlarini ko‘rsatishdir. Biznes inkubator bir qator asosiy xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak: mintaqada yangi tashkil etilgan korxonalar talablariga javob beradigan har qanday biznesni qo‘llab- quvvatlashning keng qamrovli dasturiga ega bo‘lish zarur; biznes-inkubator menejmenti yangi tashkil etilgan korxonalarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak; yordamga juda muhtoj bo‘lgan va dasturda ishtirok etishdan maksimal foyda olish imkoniyatiga ega bo‘lgan kompaniyalarni qat’iy tanlovi zarur. 67 Keyinchalik kompaniyalar inkubatorni tark etishadi. Ishg‘ol qilingan hududlarni tark etishadi va inkubator uskunalarini qaytarib berishadi. Shundan so‘ng o‘zini o‘zi taminlaydigan korxonalarga aylanishadi. Bu vaqtga kelib ular mustaqil ishlash, maslahatchilarni yollash, mablag‘ izlash yoki o‘z ehtiyojlari uchun joy ijaraga olish uchun yetarli ichki resurslarni to‘plab qo‘ygan bo‘lishi kerak. 68 Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda inkubatorlarning samarali rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan omillar allaqachon aniq bo‘lib qoldi. O‘zbekistonda biznes-inkubatsiyani samarali rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan eng muhim muammolarga quyidagilar kiradi: inkubatorlar uchun huquqiy maqomning yo‘qligi va ushbu institutsional tuzilmalarni tartibga solish uchun zarur bo‘lgan qonunchilik bazasi; biznes-inkubatorlarni yaratish bosqichida ular o‘zlarini qaytarib berish darajasiga yetguncha moliyaviy yordamning etarli emasligi; davlat mulkka tegishli bo‘lgan mulk komplekslaridan foydalanishning me'yoriy- huquqiy jihatlarini tartibga solishning hal qilinmagan muammosi (ijara stavkasini shakllantirish muammosi); turli ixtisoslikdagi inkubatorlar uchun kichik korxonalarni tanlash mezonlarini hamda tegishli xizmatlar to‘plamini shakllantirish; menejerlarning malakasi yetarli emasligi, ularni tayyorlash va malakasini oshirish uchun tuzilmalarning yetishmasligi va boshqalar. 69 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling