Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath


Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Download 213.06 Kb.
bet40/45
Sana02.05.2020
Hajmi213.06 Kb.
#102891
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Ifodalarning evfemik imkoniyati

Sharqda muloqot madaniyati nafaqat nutqda, balki yozma manbalarda ham o‘zning kuchli ifodasiga ega bo‘lgan. Qur’on oyatlarida ham bu hodisa (ya’ni tabu (aytish noqulay so‘z) o‘rnida qo‘llangan “yumshoq” ifoda – evfemizm) mavjudligi kuzatiladi. Arab tilidagi ma’oriz atamasi evfemizm tushunchasiga to‘la mos keladi. Ma’oriz muloqot madaniyati muhitida “ishora qilib gapirish” ma’nosida tushuniladi. Aytilishi noqulay bir so‘z o‘rniga boshqa so‘zni ishlatib, asl maqsadni ochiq aytmay, “to‘n kiydirib”

gapirish ta’rifini olgan bu so‘z ba’zan ta’riz ham deyiladi. Ular – o‘zakdosh. Shunday Hadisi sharif bor:

“Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z safarlaridan birida edilar. Sarbon xirgoyi boshladi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

“Muloyim bo‘l! Hoy Anjasha! Billurlarni ehtiyot qil!” dedilar”. Hadisning mazmuni shunday. Rasululloh vidolashuv haji safariga ketayotganlarida sarbon – karvonni boshlab ketayotgan tuyakash xirgoyi qilib qolibdi. Bu arab karvonboshilariga xos odat bo‘lib, karvondagi tuyalar o‘sha xirgoyining maromiga qarab qadam tashlashga o‘rganar ekan. Sarbonning xirgoyisiga qarab, tuyalar tezroq yoki sekinroq yurishi ham mumkin. Rasululloh billurlar deb shu karvonda birga ketayotgan onalarini nazarda tutganlar. Karvondagi ayollar xavdaj deb nomlangan chodir tutilgan, egarning ustiga mahkamlangan maxsus o‘rindiqda yurardilar. Tuya tez yurganda xavdajlar qattiq silkinib, ayollarga biroz noqulaylik tug‘diradi. Shuning uchun Rasululloh sallallohu alayhi vasallam sarbonga tuyalarni shoshirmaslikni buyurib, buni ta’riz, ya’ni go‘zal ibora bilan ifodalagan.

Ko‘rinadiki, evfemizmlarning qo‘llanishi muloqot madaniyati darajasini ko‘rsatuvchi hodisalardan bo‘lib, unga muloqot madaniyati ko‘zgusi orqali munosabatda bo‘lish lozim.

Eslatib o‘tish joizki, аyrim hollarda metafora va vazifadoshlik, metonimiya va sinekdoxa hodisalari orasiga qat’iy chegara qo‘yib bo‘lmaydi. Shuning uchun tilshunoslikda metafora va vazifadoshlikni birlashtirib, metafora, metonimiya va sinekdoxani birlashtirib, metonimiya sifatida qarash kerakligi haqidagi fikrlar ham mavjud.

Ma’lum bo‘ladiki, leksema semantikasidagi lisoniy o‘zgarish quyidagi natijalarga olib keladi:



  1. Leksema nutqiy ma’nosining ixtisoslashuvi natijasida yangi sememaning vujudga kelishi. “Qushning ikki yonida harakatlanib uchish vositasi” sememasigagina ega bo‘lgan qanot leksemasi bugungi kunda “samolyotning ikki yonidan chiqib

turgan havoda suzish va muallaq turish vositasi” sememasiga ham ega polisemantik leksemaga aylangan.

  1. Aniq ma’noning mavhum ma’noga aylanishi natijasida ixtisoslashuvga zid ma’noviy kengayish yuz berib, yangi sememaning vujudga kelishi. Masalan, otlanmoq leksemasining dastlabki sememasi “otga minish” bo‘lib, bugungi kunda bu semema o‘ta kuchsizlanib, leksema, asosan, “biror joyga borish uchun hozirlanish» sememasi bilan yashaydi.



Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Gugurt uyni ham isitadi, yong‘in chiqarishi ham mumkin

Disfemizm (qo‘pol ifoda)larning muloqot xulqini ifodalovchi vosita sifatidagi roli o‘ziga xos. “Demokratiya”ning jadallashuvi natijasida, qolaversa, 1948-yil 10-dekabrda BMT bosh Assambleyasi tomonidan inson huquqlari Deklaratsiyasida so‘z erkinligi to‘g‘risidagi Qonunning qabul qilinishi natijasida G‘arb OAV va boshqa axborot manbalarida disfemizmlardan foydalanish ommalashib ketadi. Hatto endilikda uni o‘rganish, tasnif qilish, talqin va tahlil etish davr taqozosi sifatida qaralmoqda. Biroq disfemizm nafaqat bo‘yoqsiz, betaraf ma’noni buzish, qo‘pollashtirish bilan, balki tabulashtirilgan mazmunning o‘zini ochiq ifodalashi bilan ham xarakterlanadi. Sharq madaniyatida bunday ifodalardan, aksariyat hollarda, voz kechiladi. Masalan, “Qur’on — maxluqdir" degan gap chiqib, ixtilof kuchayib, hatto xalifalar odamlarni shu gapni aytishga majburlashgacha ham borishgan. Fitna jarayonida “mashhur ulamolar hammaning oldida shu gapni aytsa, keyin xalq shunga ergashadi” degan maqsadda buyuk olimlarni ham aytishga majburlashgan paytlar bo‘lgan. Biroq Ahmad ibn Hanbal boshliq ulug‘ olimlar bunga ko‘nmay turib olishgan. Urib-kaltaklab, qamab, qiynashsa ham, bu gapni aytishmagan. Shunda ba’zi olimlar bu gapni ishora bilan aytib, vaziyatdan qutulib chiqib ketishgan. Ularning ichida imom Shofe’iy rahmatullohu alayh ham bo‘lgan ekanlar. U kishini xalifaning oldiga olib kelib, hammaning oldida shu gapni aytishga majburlashganda imom Shofe’iy:



  • Qo‘lingda turgan narsani aytyapsanmi? – deb so‘raganlar.

  • Ha, shuni, – deyishgan.

  • Ha, u maxluq, – deganlar.

Shu javobidan keyin u zotni tinch qo‘yishgan. Aslida imom Shofe’iy xalifaning qo‘lida turgan qog‘oz kitobga ishora qilganlar va maxluq deganda Allohning kalomini emas, balki qog‘ozga chop qilingan, muqovalangan kitobni nazarda tutganlar. Ko‘rinadiki, zakiy alloma disfemik vositadan unumli va mantiqli foydalanib, o‘z e’tiqodiga putur yetkazishdan saqlangan.
Leksema semantik imkoniyatining torayishi. Leksema sememasining biror tomondan ixtisoslashuvi boshqa sememaning butkul so‘nishiga olib keladi. Masalan, keng qamrovli tushunchani ifodalovchi leksemalarning qamrovi torayib ketadi. Bu, ayniqsa, turdosh otning atoqli otga aylanishida, so‘zning terminologik mohiyat kasb etishida yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Mantiqiy mushohada uchun


Bir kishi yo‘lovchi avtomobilni to‘xtatib:

  • Aka, qayoqqa ketyapsiz, men falon joyga bormoqchi edim, olib ketmolmaysizmi, iltimos, – dedi.

  • Olib ketardim, endi olib ketmayman, – dedi haydovchi va mashina yeshigini shartta yopib, jo‘nab ketdi.

Hadovchi nega ranjidi?


Download 213.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling