Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath
Download 213,06 Kb.
|
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
- Glossariy
- Adabiyotlar
- §. Leksemaning semantik ko‘lami Tayanch tushunchalar
Mantiqiy mushohada uchunLingvistik tenglamani yeching: “bevosita”, “mendan katta”, “ayol”, “qon-qarindosh”, “1- avlod” = X “bevosita”, “mendan katta”, “ayol”, “qon-qarindosh”, “1- avlod” < X Semema semasini tartiblashda qator umumiy, birlashtiruvchi semadan boshlanib, xususiy, farqlovchi semaga qarab boradi. Masalan, ota leksemasining sememasi tarkibi quyidagicha beriladi: “shaxs”; “qarindosh”; “qon-qarindosh”; “bevosita”; 12 Донских О.А. К истокам языка.–Новосибирск: Наука, 1988. “1-avlod”; “men”dan katta”; “erkak”; “umumuslubiy”. Chunki predmet shaxs va shaxs emasga, shaxs qarindosh va qarindosh emasga, qarindosh qon-qarindosh va nikoh qarindoshga, qon-qarindosh bevosita yoki bilvositaga, bevosita 1-avlodga yoki 2-avlodga, 1-avlod mendan kattaga yoki mendan kichikka, mendan katta erkak yoki ayolga bo‘linadi. Sememeni semaga ajratish tilshunoslikda komponent tahlil, uzvli tahlil yoxud semik tahlil deb yuritiladi. Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlarSememaning semik tarkibi nima? Lingvistik semema qaysi kimyoviy hodisaga qiyosan baholanishi mumkin? Lingvistik sema qaysi kimyoviy terminga monand? 4.Atash semasi nima? 5.Ifoda semasi nima? 6.Vazifasi semasi nima? 7.Qanday semalar birlashtiruvchi sema deyiladi? 8.Qanday semalar farqlovchi semalar deyiladi? TestSo‘z boyligi, asosiy lug‘at tarkibi, ularning ma’no turlari, so‘z ma’nolarining ifodalanish yo‘llarini o‘rganuvchi bo‘lim tilshunoslikning qaysi bo‘limi? A) Leksikografiya B) Orfografiya C) Orfoepiya D) Leksikologiya. Semasiologiyaning o‘rganish obyekti nima? A) So‘zning semantik taraqqiyoti B) So‘zdagi tovush o‘zgarishlari C) Til birliklarining o‘zaro ma’noviy xossalari D) So‘zning ma’no xususiyatlari. So‘zning obyektiv borliqdagi narsa va hodisalarni ifodalovchi ma’nosi: A) ifoda semasi B) vazifa semasi C) hosila sema D ) atash semasi. Leksema ko‘chma ma’noda qo‘llanganda, uning, asosan, qaysi semasida sifat o‘zgarishi yuz beradi? A) atash semasida B) ifoda semasida C) vazifa semasida D) barcha semasida. Uka va singil leksemalarida farqlovchi sema: A) atash semasi ifoda semasi C) vazifa semasi D) barcha semalari. Glossariysema – sememani tashkil etuvchi eng kichik birlik atash semasi – borliq hodisasini ifodalovchi sema; denotativ sema ifoda semasi – leksemaning ifoda bo‘yog‘ini tashkil etuvchi sema; konnotativ sema vazifa sema – leksemaning vazifa xususiyatini aks ettiruvchi sema; funksional sema birlashtiruvchi sema – leksemalarning mushtarak semasi; integral sema farqlovchi sema – leksemalarning farqlanuvchi semalari, differensial sema relevant belgi – elementlarning farqlovchi belgisi; muhim belgi irrelevant belgi – elementlarning birlashtiruvchi belgisi; nomuhim belgi AdabiyotlarMirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. – Toshkent: Fan, 2007. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: O‘qituvchi, 1993. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995. Nurmonov A. Lingvistik belgi nazariyasi. – Toshkent: Fan, 2008. Safarov Sh. Semantika. – Toshkent: “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2013. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010. Сhomsky N. Language and mind. – Cambridje: Cambridje Univ. Press. 2006. Wilkinson P.R. Thesaurus of Traditional English Metaphors. -London, New York: Routledge, 1992. Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997. §. Leksemaning semantik ko‘lami Tayanch tushunchalarsema, atash semasi, ifoda semasi, vazifa semasi, birlashtiruvchi belgi, farqlovchi belgi, relevant belgi, irrelevant belgi O‘zlashtiriladigan tushunchalarHosila semema, metafora, sinekdoxa, metonimiya, vazifadoshlik Bir sememali va ko‘p sememali leksemalar. Formal tilshunoslik bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zni farqlaganligi kabi nazariy leksikologiyada bir sememali va ko‘p sememali leksema ajratiladi. Bunda formal tilshunoslik, terminologik jihatdan izchil bo‘lmasa-da, so‘zning lison va nutqdagi o‘rniga rioya qiladi. Nazariy leksikologiya nuqtayi nazaridan nutqda qo‘llangan so‘z har doim bir ma’noli. Chunki so‘z leksemaning bir martalik ko‘rinishi bo‘lib, u leksemaga zid ravishda betakrorlik tabiatiga ega. Leksema bir tushunchani ifodalasa, u bir sememali leksema deyiladi. Masalan, qalam leksemasi bir tushunchani ifodalaydi va shu sababli bir sememali leksema hisoblanadi. Bunda ularning omonimik munosabati e’tiborga olinmaydi. Ammo leksema nutqda ko‘chma ma’noda qo‘llanishda har xil tushunchalarni ifodalayverishi mumkin. Lekin ma’no va tushuncha orasidagi munosabat ijtimoiy shartlanganlik va barqarorlik kasb etmasa, leksemaning ko‘p sememaliligi haqida hukm chiqarib bo‘lmaydi. Masalan, Qashqirlar tog‘-toshlar aro izg‘ishardi gapidagi qashqir so‘zi jangari to‘dani tashkil etgan kishilarni ifodalamoqda. Ushbu qo‘llanishda qashqir so‘zi “tog‘da yashovchi o‘ta yirtqich bo‘ri” ma’nosini emas, balki “tog‘da uya qurgan yirtqich kishilar” ma’nosini ifodalamoqda va leksema ongimizda ushbu ma’no bilan emas, balki oldingisi bilan yashaydi. Demak, bu ma’no nutqiy bo‘lib, tushuncha bilan vaqtinchalik bog‘lanishga ega. Jamiyat taraqqiy etishi bilan nutqiy hosila ma’no vaqtincha ifodalagan tushunchasi bilan doimiy aloqadorlik kasb etib, bora- bora ijtimoiylashib, qo‘llanishi barqaror tus olib boradi va hosila nutqiy ma’no lisoniylashadi. Natijada bir sememali leksema birdan ortiq sememali leksemaga aylanib boradi. Leksema ko‘p sememali bo‘lsa, har bir sememada boshqa- boshqa tushuncha aks etgan sememalarda farqli semalar mavjud, har bir sememaning nutqiy voqelanishidagi qurshovi o‘ziga xos, har bir sememasi asosida bog‘lanuvchi birliklar paradigmasi turlicha bo‘ladi. Quyida bir leksemaning lisoniy mohiyati – sememalari tiklanishiga diqqat qilamiz.
Demak, leksemaning birinchi sememasi “Tananing bo‘yindan yuqori qismi”, 2-sememasi “odam miyasining xususiyati” mazmuniga ega. Bundan ma’lum bo‘ladiki, leksemaning sememamalir miqdori uning paradigmatik, ma’nodoshlik va sintagmatik munosabatlari asosida aniqlanadi. Leksemalarning semantik ko‘lamini bilish izohli lug‘atlarni tuzishda juda zarur. Mavjud izohli lug‘atlardagi so‘zlar ma’nolarining behad ko‘pligi (ba’zan 30 tagacha ma’nolarning ajratilishi) lug‘atlar tuzilayotgan paytlarda o‘zbek semasiologiyasi hali o‘zining leksema sememalarini izchil ajratish darajasida rivojlanmasligi bilan bog‘liq edi. O‘zbek tilshunosligining bugungi taraqqiyot darajasi mutlaqo yangi tipdagi, zamonaviy izohli lug‘atlarni tuzishni taqozo etmoqda. Har qanday leksema, xoh u bir sememali, xoh ko‘p sememali bo‘lsin, nutqda ko‘p ma’noli bo‘ladi. So‘z esa nutqda hamisha bir ma’noli.
Download 213,06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling