Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath


Download 213.06 Kb.
bet34/45
Sana02.05.2020
Hajmi213.06 Kb.
#102891
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   45
Bog'liq
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mantiqiy mushohada uchun


  1. Hamma uchun so‘zlar orasida eng e’tiborlisi bitta. Bu qaysi so‘z?

  2. Bir so‘z barcha tillarga tarjima qilib aytilar edi. 1994-yildan keyin tarjima qilinmay qo‘llanadigan bo‘ldi. Bu qaysi so‘z?


Sememaning xususiyatlari. Birorta leksemaning sememasi ikkinchi leksemaning sememasiga aynan o‘xshash bo‘lmaydi.

Boshqacha aytganda, bir xil sememaga ega ikkita leksema yo‘q. Bunga ikkita sinonim leksemaning sememasini qiyoslash asosida amin bo‘lishimiz mumkin:



Yuz – “inson boshi old tomonining peshonadan iyakkacha bo‘lgan qismining uslubiy betaraf ifodasi”.

Bet – “inson boshi old tomonining peshonadan iyakkacha bo‘lgan qismining so‘zlashuv uslubiga xos ifodasi”.

Кo‘rinadiki, birinchi sememadagi “uslubiy betaraf” unsuri ikkinchi sememada, ikkinchi sememadagi “so‘zlashuv uslubiga xos” unsuri birinchi sememada yo‘q.

Agar semema aynan bo‘lib qolsa, demak, bu ular tavsifida nuqson mavjud deyishga asos bo‘ladi. Semema mukammal tavsiflanganda, bu tavsifdanoq ushbu tilni eng nozik jihatlarigacha puxta bilgan kishi so‘z qaysi leksema haqida ketayotganligini ravshan anglaydi.

Har qanday butunlik bo‘lakdan tashkil topganligi kabi, semema ham o‘ziga xos tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi. Masalan, leksema butunlik sifatida nomema va sememadan tashkil topadi.

Sememada bir tarkibiy qismi almashtirilishi bilan u butunlay boshqa sememaga aylanib ketishi mumkin. Masalan, “davriy bo‘lmagan” ma’no bo‘lakchasini “davriy bo‘lgan” ma’no bo‘lakchasiga almashtirsak, u o‘z-o‘zidan jurnal leksemasining sememasi bo‘lib qoladi.

Leksemaning sememasini aniqlashda u sinonimik qatorda tekshiriladi. Deylik, yuz leksemasi sememasi ochilayotganda, u bet, aft, chehra, oraz, turq, bashara va hokazo leksema qurshovida o‘rganiladi. Кelmoq leksemasi sememasini bormoq, ketmoq va boshqa leksemalar sememalarisiz aniqlab bo‘lmaydi.



Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Borliq tilda qanday aks etadi?

Professor dars paytida talabalarga shunday savol berdi: “Barcha mavjudot Xudo tomonidan yaratilganmi?” Bir talaba dadil turib javob qildi: “Albatta, Xudo tomonidan yaratilgan.” “Xudo hamma narsani yaratganmi?” – deb so‘radi yana professor. “Xuddi shunday, janob”, javob berdi talaba. Professor yana so‘radi:

“Agar Xudo hamma narsani yaratgan bo‘lsa, demak, Xudo yomonlikni ham yaratgan ekan-da? Agar Xudo bor bo‘lsa, va, “biz qanday bo‘lsak, qilmishlarimiz ham shunga yarasha bo‘ladi” degan tamoyiliga ko‘ra, Xudo yomon ekan-da?” Talaba bu gaplarni eshitib jim bo‘lib qoldi. Professor talabalarga, “Xudoga ishonish bir afsona ekanini yana bir bor isbotladim”, degandek g‘urur ila boqdi.

Boshqa bir talaba qo‘l ko‘tarib, so‘radi: “Savol bersam maylimi, professor?” “Albatta”, – javob berdi professor. Talaba o‘rnidan turib, so‘radi: “Sovuqlik mavjudmi?” “Nima deganing bu? Albatta, mavjud. Nima, sen hech qachon sovqotmaganmisan?” Talabalar uning savoliga kulishdi. Yigit javob qildi: “Aslida, sovuqlik mavjud emas. Fizika qonunlariga binoan, biz sovuqlik deb ataydigan narsa, aslida issiqlikning yo‘qligidir. Mutlaq nol issiqlikning umuman yo‘qligi demakdir. Bunday haroratda butun modda inert bo‘lib qoladi. Xullas, sovuqlik mavjud emas. Biz bu so‘zni, issiqlik yo‘q holatni ta’riflash uchun o‘ylab topganmiz.” Talaba davom etdi: “Professor, qorong‘ilik mavjudmi?” “Albatta, mavjud.” “Siz yana nohaqsiz, janob. Qorong‘ilik ham mavjud emas. Qorong‘ilik aslida yorug‘likning yo‘qligidir. Yorug‘likni o‘rganishimiz mumkin, ammo qorong‘ilikni o‘rgana olmaymiz. Oq nurni turli ranglarga ajratib, har bir rang to‘lqinining har xil uzunliklarini o‘rganish uchun Nyuton prizmasidan foydalanishimiz mumkin. Biroq siz qorong‘ilikni o‘lchay olmaysiz. Oddiy yorug‘lik nuri qorong‘ilikni teshib kirib, uni yoritishi mumkin. Qorong‘ilik esa yorug‘likni to‘sa olmaydi. Biron-bir makondagi qorong‘ilikning miqdorini ayta olasizmi? Yo‘q, ayta olmaysiz. Chunki qorong‘ilikning o‘lchov birligi yo‘q. Yorug‘likning miqdorini esa o‘lchay olasiz. Shunday emasmi? Qorong‘ilik – yorug‘lik yo‘qligida nima sodir bo‘lishini ta’riflash uchun inson ishlatadigan tushuncha.” Nihoyat talaba professordan so‘radi: “Janob, yomonlik mavjudmi?” Bu safar, professor ishonchsizlik bilan javob berdi: “Menimcha, mavjud. Hali aytganimdek, biz uni har kuni ko‘ramiz: insonlar o‘rtasidagi shafqatsizlik, butun dunyo bo‘ylab sodir etilayotgan ko‘plab jinoyatlar. Bu misollar yomonlikning namoyon bo‘lishidan boshqa narsa emas-ku!” Bunga

talaba quyidagicha javob qildi: “Yomonlik ham mavjud emas, janob. U ham qorong‘ilikka va sovuqqa o‘xshaydi. Yomonlik – bu yaxshilik yo‘qligini ta’riflash uchun inson o‘ylab topgan so‘z. Yomonlik yorug‘lik va issiqlik kabi mavjud emas. Yomonlik insonning yuragida Xudoga bo‘lgan muhabbatning yo‘qligi natijasidir. Yomonlik xuddi sovuqlikka o‘xshaydi – issiqlik bo‘lmaganida keladi, yoki qorong‘ilikka o‘xshaydi – yorug‘lik bo‘lmaganida mavjud bo‘ladi.” Professor o‘tirdi. U mag‘lub bo‘lgandi.

Bu yosh talaba Albert Eynshteyn edi11.



Mantiqiy mushohada uchun


  1. Borliqdagi bir holat (harorat) tilda nega ikki (issiq va sovuq) ga bo‘linadi?

  2. Issiq va sovuq so‘zlarining ziddiyati obyektivmi yoki subyektiv?

  3. Qorong‘ulik va yorug‘liq so‘zlarining izohini lug‘atdan kuzatib, qiyoslang va talaba Eynshteyn fikriga munosabat bildiring.


Semema va tushuncha munosabati. Lisoniy mohiyat sifatida sememaning mantiqiy kategoriya bo‘lgan tushunchaga munosabati masalasi murakkab. Bunda, birinchidan, semema birlamchimi yoki tushuncha, ikkinchidan, semema tushunchada qay tarzda aks etadi degan munozarada ko‘zga tashlanadi. Tilshunoslikda sememaga munosabatda ikki yo‘nalishni farqlash lozim bo‘ladi:

  1. ichdan yondashuv (ya’ni sememadan leksemaga);

  2. sirtdan yondashuv (ya’ni leksemadan sememaga).

O‘zbek tilshunosligida semema va tushuncha munosabati turlicha talqin qilinadi. Masalan, ayrim mutaxassislar semema, ko‘pincha, ongimizdagi ma’lum bir tushuncha bilan bog‘liq bo‘ladi, deb hisoblaydi. Tushuncha ong, mantiq birligi, semema esa, tilga, leksemaga xos birlik. Кo‘p hollarda bir semema bir necha tushunchani o‘z ichiga oladi. Jumladan, o‘rik leksemasining sememasi quyidagi tushunchalarda namoyon bo‘ladi:





11 Б.Г.Кузнецов. Эйнштейн: Жизнь. Смерть и бессмертие. М.: Наука, 1980.

  1. ho‘l mevaning bir turi;

  2. shu mevaning quritilgani; d)shu mevani beradigan daraxt.

Shunga ko‘ra, tushuncha va semema o‘zaro hamma vaqt ham mos kelavermaydi. Bu hodisa, ayniqsa, ma’nodosh leksemalarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Кo‘rinadiki, lingvistik belgilardagi asimmetriya (nomutanosiblik) hodisasi semema va tushuncha munosabatida ham ko‘rinadi. Buni chizmada quyidagicha berish mumkin (18-jadval):

18-jadval

SEMEMA


Tushuncha

Tushuncha

Tushuncha

TUSHUNCHA



Semema

Semema

Semema

Bunda ayrim e’tirozli jihatlar mavjud.

Birinchidan, semema ko‘pincha emas, balki har doim ham ongdagi tushuncha bilan bog‘langan. Semema tushunchaning ifodasidir. Olimlar tavsifda ko‘pincha so‘zini qo‘llashda sememaning har doim ham ma’lum bir tushuncha bilan bog‘lanavermasligini nazarda tutadi. Ularning bu fikri quyidagicha ifodalanadi: “Shuni ham aytish kerakki, yordamchi leksema sememalarida tushuncha bilan bog‘lanish yo‘q. Chunki yordamchi leksema, aytilganidek, qo‘shimcha va leksema ziddiyatida oraliq uchinchi vazifasini o‘taydi. Ular shaklan leksema, mazmuni (vazifasi), sememasiga ko‘ra esa qo‘shimcha” (H.Ne’matov, R.Rasulov. O‘zbek tilining sistem leksikologiyasi asoslari. 57-bet). Biroq yordamchi leksemalar morfema va mustaqil leksemalar ziddiyatida oraliq uchinchi vazifasini o‘tar ekan, ular nomustaqil leksemalar sifatida shaklan mustaqil leksemaga uyg‘un. Mazmun mundarijasi asosida grammatik morfema bilan bir qatorda turadi. Shu boisdan yordamchi leksemalar mazmun mundarijasini semema emas, balki grammatik ma’no deyish maqsadga muvofiq.

Yordamchi leksema ma’nosi bilan qo‘shimchaga yaqinlashsa, nomemaga egaligi asosida leksema bilan uyg‘unlashadi. Bundan

kelib chiqqan holda aytish mumkinki, ma’lum bir hodisa, masalan, leksema ta’riflanar ekan, ta’rif ta’riflanayotgan hodisalarni to‘liq qamrab olmasligini e’tiborga olish lozim.

Dialektikada ham hodisalarga berilgan har qanday ta’rif mutlaq bo‘lmasligi, unda, baribir, ayrim hodisalar “ta’rifga sig‘may qolishi” ta’kidlanadi.

Bir necha tushunchani o‘zida mujassamlashtirgan leksemaning mazmun mundarijasi murakkab tabiatliligi bilan xarakterlanadi.


Download 213.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling