Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Download 213.06 Kb.
|
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
- Glossariy
Mustaqil o‘zlashtirish uchunSukut ma’no ifodalaydimi? Muloqot jarayonida sukut alohida o‘rin tutadi va u ham “nimalarnidir” bildiradi. Muloqot jarayonida u situativ, sotsial va psixologik omillar bilan bog‘liq holda kommunikativ mazmun ifodalaydi. Darhaqiqat, sukutning muloqot jarayonida naqadar ahamiyatli ekanligini Sa’diy Sheroziy o‘z misralarida shunday bitgan: Oqillar nazdida gar o‘ltirish odobdir, Maslahat tashlaganda so‘zga ko‘rsatish himmat. Ikki narsa aqlga sig‘maydi agar bilsang, So‘zlash paytida sukut, keraksiz joyda suhbat. Sukut saqlash o‘ziga xos ijtimoiy qimmatga ega. Buni, masalan, dil rozini aytish, o‘tganlarni xotirlashda, xafa bo‘lish va arazlash, mensimaslik holatlarida, kesatiq va kinoya kabilarda ko‘ramiz. Sharq mutafakkiri Muhammad Sodiq Qashg‘ariy yaxshi kishilar odobi haqida bitilgan kitobida bu haqda shunday deydi: “ ... (yaxshi kishi) o‘zini beadabona so‘zdin va fe’ldin yamon harakatdin va noxamvor (noo‘rin) sukunatdin saqlag‘ay.” Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romanidan olingan quyidagi parchada sukut tahqirlash mazmunini anglatadi: “... Otabek bu cho‘ltoq supurgini tanidi va uning istehzolarini anglab, ma’nosiz bu savollarga javob berib o‘lturishdan sukutni xayrlik topdi. Go‘yo o‘zining bu sukuti bilan Musulmonqulga ma’nolik bir javob qilar edi. Musulmonqul bu sukutdan tahqirlandi, tutuni ko‘kka ko‘tarilar ekan baqirdi: –Nega javob bermaysiz?!” Sukut, tabiiyki, asosan, so‘zlovchining tinglovchiga, tinglovchining so‘zlovchiga aylanish jarayoniga xos. Shuning uchun, o‘zbek nutq odobiga qo‘ra, o‘rinsiz yoki bema’ni savolga sukut bilan javob berish, uni eshitmaganga olish, suhbatni buzmaslik yuksak odob – hatto shoir Mirza Kenjabek talqinida ibodat – sanaladi:
Turkman va kavkaz xalqlari odatiga ko‘ra, kelinlar ma’lum muddat (asosan, farzand ko‘rgunlaricha) qaynona va qaynotalariga gapirmaslik – hurmat ma’nosini ifodalashi sukut ifodalaydigan kommunikativ mazmunlardan biri – u tahqirlashning aksidir. Serqirralikning leksema semantik strukturasida namoyon bo‘lishi. Har qanday lisoniy birlik serqirra mohiyatli bo‘lib, bu uning kamida ikki paradigmaga kirishini ta’minlaydi. Leksema birdan ortiq tushunchani qamrab olgan ekan, bunda uning serqirraligi yanada kuchayadi. Masalan, uzum, o‘rik leksemasi o‘zida bir necha tushunchani saqlar ekan, bu bilan u kamida ikki lug‘aviy paradigmaga kiradi (20-jadval): 20-jadval
Birinchi paradigmada uzum leksemasi bir denotati asosida meva va boshqa bir denotati asosida esa daraxt nomini ifodalovchi ot leksema bilan uyadoshlik qatori hosil qilsa, ikkinchi paradigmada o‘rik leksemasi bir ma’nosi bilan zardoli, ikkinchi ma’nosi asosida turshak leksemasi bilan ma’nodoshlik munosabatida bo‘ladi. Leksema tarkibida birdan ortiq tushuncha mujassamlashganda leksema turli sintagmatik qurshovga kiradi. Masalan, yuqorida tilga olingan olma leksemasida ikkita (“meva”, “daraxt”) tushuncha mavjud bo‘lib, u har bir ifodalagan tushunchasi asosida ham boshqa-boshqa, ham umumiy qurshovga ega bo‘lishi mumkin. Olmani kesdik sintaktik qurshovida olma qaysi tushuncha, denotatni anglatayotganligi muayyanlashmaydi. Biroq olmani ekdik, olmani yedik sintagmatik qurshovida atalayotgan denotat farqlanayotganligi sezilib turadi (birinchi qurshovda “daraxt”, ikkinchisida “ho‘l meva”). Кo‘rinadiki, leksema birdan ortiq tushunchani ifodalaganda har bir tushunchaga mos sintagmatik qurshov mavjudligi ham anglashiladi. Bular semema leksema lisoniy mohiyatining alohida sinonimik va sintagmatik qurshovga ega bo‘lgan turidir, degan xulosaga olib keladi. Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar1.Shaklning mohiyati haqida gapiring. 2.Borliqda mazmun qanday namoyon bo‘ladi? 3.Til hodisalarida shaklning xususiyatlari qanday? 4.Til hodisalarida mazmun qanday mohiyatga ega? 5.Tushuncha va semema qanday umumiylikka ega? 6.Tushuncha va semema qanday farqlarga ega? TestGapda nozik so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan: Bu juda nozik ish, ehtiyotkorlik lozim. A) “mo‘rt” V ) “qaltis”S) “qiyin” “yengil”. Gapda yo‘l leksemasining qaysi ma’nosi ifodalangan? Bu masala qaysi yo‘l bilan yechiladi. A) “tadbir” V) “safar” S) “yo‘nalish” D ) “usul”. So‘z atayotgan predmet nima deb yuritiladi? A) denotat B) referent C) signifikat D) tushuncha. Ziddiyat ikki a’zoli bo‘lsa, qanday a’zoli deyiladi? A) Binar oppozitsiya B) terner oppozitsiya C) ko‘p a’zoli oppozitsiya ekvipolent oppozitsiya. Glossariynomema – leksemalarni tashkil etgan fonetik sistema sonema – morfemalarni tashkil etgan fonetik sistema semema – mustaqil leksemalarning lisoniy tabiatli, sinonimik qator bilan aniqlanadigan mazmuni Download 213.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling