Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath
Download 213.06 Kb.
|
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- §. Leksema sememasining tarkibi Tayanch tushunchalar
- Mustaqil o‘zlashtirish uchun
AdabiyotlarMirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. – Toshkent: Fan, 2007. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: O‘qituvchi, 1993. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995. Nurmonov A. Lingvistik belgi nazariyasi. – Toshkent: Fan, 2008. Safarov Sh. Semantika. – Toshkent: “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2013. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010. Сhomsky N. Language and mind. – Cambridje: Cambridje Univ. Press. 2006. Wilkinson P.R. Thesaurus of Traditional English Metaphors. -London, New York: Routledge, 1992. Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997. §. Leksema sememasining tarkibi Tayanch tushunchalarnomema, sonema, semema O‘zlashtiriladigan tushunchalarsema, atash semasi, ifoda semasi, vazifa semasi, birlashtiruvchi belgi, farqlovchi belgi, relevant belgi, irrelevant belgi Sema haqida. Har qanday butunlik qismlarga bo‘linganligi yoki qismlardan tashkil topganligi kabi leksemaning mazmuniy tomoni – sememasi o‘ziga xos elementlardan – semalardan tashkil topadi. Sema termini grek tilidan o‘zlashgan bo‘lib, “belgi”, “ramz”, “ishora” degan ma’nolarni bildiradi. Semema elementlar, ya’ni semalarning o‘zaro munosabatidan tashkil topgan butunlik bo‘lib, bu jihatidan kimyoviy moddalarni eslatadi. Ma’lumki, kimyoviy moddalar molekula bo‘lib, ular o‘ziga xos elementlar, ya’ni atomlardan tashkil topadi. Bu atomlar miqdori yoki ularning o‘rni boshqasi bilan almashsa, yangi molekula – modda kelib chiqadi. Masalan, H2SO4 (sulfat kislota) va H2SO3 (sulfid kislota) kabi. Sememalar semalardan tashkil topadi. Masalan, aka leksemasi “bir avloddagi”, “qon-qarindosh”, “erkak”, “mendan katta” semalaridan tashkil topgan bo‘lsa, ular bir butun holda “bir avlodga mansub, “men”ga nisbatan katta, erkak qon-qarindosh” sememasini tashkil qiladi. Sema semema bilan qism-butun munosabatidagi tashkil etuvchidir. U sememaning eng kichik ma’no bo‘lakchasi bo‘lib, boshqa tarkibiy qismlarga bo‘linmaydi. Albatta, bu tilshunoslikning hozirgi holatida shunday. Tilshunoslikning bugungi holati semani tarkibiy qismlarga bo‘lishga ehtiyoj sezgani yo‘q. Sememani semalarga ajratish amaliy ahamiyatga ega. Ma’nosi yaqin, zid ma’noli yoki ma’nodosh leksemalarni farqlash va izohlashda semalarga tayaniladi. Shu boisdan tilshunoslik semalarning mohiyatini ochish, semaning turlarini ajratish va farqlash bilan jiddiy shug‘ullanadi. Mustaqil o‘zlashtirish uchunDunyo tillari Dunyo bo‘yicha har xil asoslardagi hisob-kitoblarga ko‘ra, 3 mingdan 7 mingtagacha til borligi e’tirof etiladi. BMT o‘tgan asrda rasman 2976 tilni qayd etgan. Tillarning ayrimida bir milliard, bir necha o‘n, hatto yuz millionlab kishi gaplashsa, ba’zisida bir necha ming, yuz, hatto, sanoqli kishi muloqot qiladi. Masalan, Kongoda aholi 500 tilda, Indoneziyada 250 tilda, Sudanda 117 tilda gaplashadi. Xitoy tilida hozirgi kunda bir milliarddan ortiq kishi gaplashsa, chukot va vele tilida bor-yo‘g‘i bir necha yuz ming kishi muloqot qiladi, xolos. Yangi Gvineyada deyarli har bir qishloq o‘z tiliga ega. Tillarning asosiy qismi tropik mamlakatlarda joylashgan. Yevropada bor-yo‘g‘i 240 til mavjud bo‘lsa, Afrikada 2000, Osiyoda 2300 til mavjud. Yangi Gvineya orolida 1200 til amal qiladi. Dog‘istonda 1 mln dan ortiq kishi bo‘lib, ular 40 ga yaqin tilda gaplashadi. 2002-yilda Rossiyada o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish natijasiga ko‘ra, Dog‘istondagi bagulal tilida 40, chamala tilida 12, kaytags tilida 5 kishi muloqot qilishi aniqlangan. Dunyodagi eng katta tillar olinadigan bo‘lsa, hisob-kitobga ko‘ra, 200 tilning har birida 1 mlndan ortiq, 70 tilning har birida 5 mln dan ortiq, faqat 13 tilning har birida 50 mln dan ortiq kishi gaplashadi. Tillarning 80%i o‘rta va kichik tillar hisoblanadi. Ularning har birida 100 mingdan kam kishi gaplashadi. Dunyo tillarining uchdan bir qismida 1 mingdan kam kishi muloqot qiladi. Dunyo aholisining 80%i 84 ta (ingliz, xitoy, rus, nemis, yapon, hind, ispan, portugal, yoruba (Nigeriya (26,5 mln), fors, o‘zbek tili kabi) yirik tillarda gaplashishadi. Til moddiy va ma’naviy merosni saqlash va boyitishning eng kuchli vositasi hisoblanadi. YUNESKO hisob-kitobiga ko‘ra, mavjud 7 mingga yaqin tilning yarmi yaqin vaqtda o‘zining oxirgi sohiblaridan ham ajralishi mumkin. O‘lik tilga aylanib ketayotgan bu tillarni saqlab qolish insoniyat oldidagi o‘tkir muammolardandir. Shuning uchun 1999-yil 17-noyabrda YUNESKOning Bosh anjumani tomonidan e’lon qilingan Xalqaro ona tili kuni 21-fevral (International Mother Language Day), 2000- yilning fevralidan boshlab har yili lisoniy va madaniy taraqqiyot va ko‘p tillilikni ta’minlashga ko‘mak berish maqsadida nishonlab kelinadi. O‘z navbatida, BMT Bosh assambleyasi o‘z rezolyutsiyasida 2008 yilni Xalqaro tillar yili (International Year of Languages) deb e’lon qildi. Semaning mohiyatiga ko‘ra turlari. Semema tarkibidagi semalar turlarga ega. U mohiyatiga ko‘ra dastlab uchga bo‘linadi: atash semasi (denotativ sema); ifoda semasi (konnotativ sema); vazifa semasi (funksional sema). Atash semasi borliq bilan, ifoda semasi so‘zlovchining munosabati bilan, vazifa semasi esa leksemaning lison va nutqdagi roli, vazifasi bilan bog‘liq. Atash semasi leksema mazmunidagi harakat-holat, narsa- predmet, miqdor, belgini atovchi, nomlovchi semadir. Ular borliq, tushuncha va sememani bir-biriga bog‘lab turadi. Masalan, aka leksemasining yuqorida sanalgan barcha semalari – atash semasi. Bir xil yoki o‘xshash tushunchani ifodalaganligi sababli leksemada ko‘p holda atash semasi bir xil bo‘ladi. Masalan, yaxshi, tuzuk, durust, ajoyib yoki yuz, chehra, oraz, turq, aft, bet ma’nodoshlik qatoridagi barcha leksemalarning atash semasi bir xil. Yaxshi, tuzuk, durust, ajoyib leksemalarining atash semalari quyidagilar: 1) “belgi”; 2) “barqaror belgi”; 3) “sifat belgisi”; 4) “shaxsiy baho”; 5) “ijobiy”; 6) “ichki-tashqi”. Shu bilan birgalikda, bu leksemalarda farqlanuvchi atash semalari ham mavjud bo‘lib, ular tuzuk leksemasida “me’yordan bir pog‘ona past”, yaxshi leksemasida “me’yorda”, ajoyib leksemasida “me’yordan bir pog‘ona yuqori” semalaridir. Yuz, chehra, oraz, turq, aft, bet leksemalarida esa: 1) “inson boshi old tomoniga xos”; 2) “peshonadan iyakkacha bo‘lgan qism” semasi – atash semasi. Aytilganidek, sememani semaga ajratishda, semaning tabiatini belgilashda leksema paradigmadoshi bilan tekshirilishi lozim. Aks holda, leksemaning relevant (muhim) va irrelevant (muhim bo‘lmagan) semasini farqlashning imkoni bo‘lmaydi. Masalan, ingliz tilidagi brother leksemasining sememasi “qarindosh”, “qon- qarindosh”, “bir avlod” atash semalariga ega. O‘zbek tilidagi aka leksemasida esa bu sema bilan birgalikda “mendan katta” relevant semasi ham bor. Chunki aka leksemasi shu semasi bilan uka leksemasiga qarama-qarshi turadi. Brother leksemasiga shu sema bilan qarshilanuvchi birlik yo‘q, shu boisdan unda noaniq tabiatli “mendan katta/mendan kichik” semasi mavjud bo‘lib, u noaniq bo‘lganligi sababli irrelevantdir. Rus tilidagi кобыла leksemasida “urg‘ochi” semasi muhim bo‘lib, u o‘zbek tilidagi baytal leksemasining ham, biya leksemasining ham muqobili bo‘la oladi. Biroq baytal va biya zidlanishida “urg‘ochi” semasi emas, “qulunli” (biya leksemasida) va “qulunsiz” (baytal leksemasida) semasi relevant (muhim)dir. Кo‘rinadiki, leksema sememasi tarkibida atash semalari eng muhim, belgilovchi hisoblanadi va borliq parchasiga muvofiq keladi. Ifoda semasi deganda semema tarkibida turli qo‘shimcha ma’no (uslubiy bo‘yoq, shaxsiy munosabat, qo‘llanish doirasi va davri)ni atovchi sema tushuniladi. Atash semasi kabi ifoda semasi ham leksema sememasini farqlash quvvatiga ega bo‘lgan sema bo‘lib, ular ham leksik paradigmada aniqlanadi. Masalan, yuz va bet leksemasining ifoda semasi o‘zaro qiyosda ochiladi: yuz – “inson boshi old tomonining peshonadan iyakkacha bo‘lgan qismining uslubiy betaraf ifodasi”. bet – “inson boshi old tomonining peshonadan iyakkacha bo‘lgan qismining so‘zlashuv uslubiga xos ifodasi”. Bu sememalardagi “uslubiy betaraf” (yuz leksemasidagi) va “so‘zlashuv uslubiga xos” (bet leksemasidagi) semalari uslubiy bo‘yoqni ko‘rsatuvchi ifoda semasidir. Turq leksemasidagi “salbiy”, jamol leksemasidagi “ijobiy” semasi shaxsiy munosabatni ko‘rsatuvchi ifoda semasi bo‘lsa, aeroplan leksemasidagi “arxaik”, kompyuter leksemasidagi “neologizm”, xarseb (olma turi) leksemasidagi “shevaga xos” semasi – qo‘llanish davri va doirasini ko‘rsatuvchi ifoda semasi. Ifoda semasi ham muhim yoki muhim bo‘lmagan turga ajratiladi. Shu boisdan farqlovchi, muhim ifoda semalari ingerent konnotativ sema va muhim bo‘lmagan ifoda semalari adgerent konnotativ sema deyiladi. Vazifa semasi leksemaning birikuv-biriktiruv (valentlik) imkoniyatini, lisoniy qolipda qanday o‘rinni egallashini bildiruvchi semadir. Masalan, kitob, daftar, maktab, bormoq kabi leksemalarning valentlik imkoniyati o‘ta keng va shu boisdan gapda turli gap bo‘laklari vazifasida keladi. Qat’iy, keskin, moviy, qizg‘ish leksemalarining vazifa semasi tor va shu boisdan aniq. Ular ayrim so‘zlar bilan birika oladi, xolos.
Download 213.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling