Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath


Bo‘sh vaqtda bajarish uchun


Download 213.06 Kb.
bet43/45
Sana02.05.2020
Hajmi213.06 Kb.
#102891
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Bo‘sh vaqtda bajarish uchun


MUSADDAS

Subhidam max/murluqtin/ tortibon dar/di sare, Azmi dayr et/timki, ichgay/men sabuhiy/ sog‘are, Chiqti sog‘ar/ to‘ldurub ko/firvashi mah/paykare, Naqdi din o/lib ichimga/ soldi maydi/n ozare, Vahki, dinim/ kishvarin to/roj qildi/ kofire,

Kufr eliga/ homi-yu di/n ahlig‘a yag‘/mogare.
Demakim, nev/chun hayoting/din sanga yo‘q/ hosile, Ishqdin ol/lingda har dam/ mushkil uzra/ mushkile, Chun bilursen/, nevchun aylab/sen o‘zungni/ g‘ofile, Bo‘yla bo‘lg‘ay/ kimga yori/ bo‘lsa sendek/ qotile, Chobuke, ra’/noqade, no‘/shinlabe, xo/rodile, Mahvashe, nas/rin uzore/, gulruhe, siy/minbare.
Ul quyosh ish/qidakim ko‘ng/lumga yo‘qtur/ toqate, Shomi zulfi/din agar jo/nimg‘a yetsa/ mehnate, Orazi meh/rig‘a qilsam/, mayl ermas/ hayrate

Kim, erur har/ kimsakim, naz/zora qilsa/ soate, Zulfi ko‘zlar/ni qora qil/moqqa shomi/ furqate, Shomi furqat/ daf’ig‘a rux/sori mehri/ anvare.

Ko‘hi darding/ za’fliq tan/ birla chektim/ muddate, Kim, visol um/mididin ko‘ng/lumda erdi/ quvvate, Emdi rahm et/kilki, yuzlan/mish ajoyib/ holate,

Ne ko‘ngulda/ quvvate qol/mish, ne tanda/ sihhate, Ne qaror-u/ sabr-u ne to/b-u tavon, ne/ toqate,

Ne ko‘ngul, ne/ jonu ne ru/h-u ravon, ne/ paykare.

Alisher Navoiy


Vazifa

Leksik-semantik munosabatdagi leksemalarni va munosabat turlarini aniqlang.


Giponimiya. Leksemalararo semantik munosabatning yana bir turi giponimiya (aniqrog‘i, gipo-giperonimiya), ya’ni tur-jins munosabati.

Giponimik munosabatda giperonim (tur) va giponim (jins) farqlanadi.

Giperonim jins belgisini bildirgan predmetning nomini ifodalovchi ko‘pgina ma’noni semantik jihatdan umumlashtiruvchi mikrosistemaning markaziy leksemasi, dominantasi sifatida namoyon bo‘luvchi lug‘aviy birlik. Giponim esa ma’lum jins turining nomini hamda o‘zining semantik tarkibida implisit tarzda jins ma’nosini ham ifodalovchi, semantik jihatdan giperonimga nisbatan boy bo‘lgan lug‘aviy birlik.

Giponim va giperonim orasidagi aloqa mantiqiy asosga ega. Bu esa obyektiv borliqdagi umumiylik tushunchasi bilan bog‘liq. Masalan, daraxt giperonimi tur ma’nosini ifodalovchi leksema sifatida daraxtning barcha turini ifodalovchi leksemalarni leksik- semantik munosabat asosida birlashtirib, leksik-semantik guruh hosil qiladi. Shu boisdan daraxt leksemasi giperonim sifatida giponimi bilan leksik-semantik aloqaga kirisha oladi. Masalan, daraxt – qayin, daraxt – terak, daraxt – dub, daraxt – archa.

Giponimlar teng huquqli bo‘lib, giperonimga munosabati bir xil. O‘z navbatida, bu munosabat polisemiya va omonimiya hodisasi bilan ham bog‘lanadi. Masalan, o‘zbek tilidagi daraxt nomi dastlab ikki guruhga bo‘linadi: mevali daraxt va mevasiz daraxt. Mevali daraxt o‘z mevasining nomi bilan ataladi. Shuning

uchun bu leksema ko‘p ma’noli bo‘lganligi bois bir tomondan meva, ikkinchi tomondan daraxt giperonimi bilan semantik munosabatga kirishadi:



Meva: olma – o‘rik – shaftoli – behi.

Daraxt: olma – o‘rik – shaftoli – behi.

Daraxt giperonimi tur tushunchasini ifodalovchi leksema sifatida, birinchi navbatda, shu turning jinsini bildiruvchi so‘z bilan bog‘lanadi. Daraxt leksemasi uning jinsi nomi o‘rnida qo‘llanishi ham mumkin. Lekin giperonim giponim o‘rnida qo‘llanganda uning mohiyatini yorqin ifodalay olmaydi. Shu boisdan o‘z oldidan giponimni aniqlovchi sifatida qabul qiladi: o‘rik daraxti, shaftoli daraxti kabi.

Giponim leksemaning sememasi giponim leksemalar uchun birlashtiruvchi sema bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, daraxt giperonim leksemasining sememasi “tanasidan shoxlanuvchi o‘simlik” bo‘lib, “qizil, yashil yoki sariq rangli yong‘oqdan piyolagacha bo‘lgan hajmdagi sersuv meva beruvchi daraxt” sememasiga ega olma leksemasining “daraxt” semasi – daraxt giperonim leksemasi semasining sememalashgan ko‘rinishi.

Giperonimning ma’nosi giponim leksemanikiga nisbatan kengroq va “xiraroq” (noaniqroq), giponim leksemaning ma’nosi esa giperonimnikiga nisbatan torroq va “yorqinroq”. Shu boisdan, aytish mumkinki, giperonimning ma’noviy mohiyati barcha giponimining ma’noviy mohiyati yig‘indisiga teng.

Aytilganidek, daraxt mevali va mevasiz daraxtga bo‘linadi. Demak, borliqdagi bu bo‘linish giponimiya hodisasi sifatida tilda ham aks etadi. Lekin daraxtning mevali va mevasiz turini ataydigan alohida leksema o‘zbek tilida yo‘q. Demak, giponimning o‘rni bo‘sh bo‘lib, ular leksik lakuna (bo‘shliq) hosil qiladi. Leksik lakunani turli nutqiy nominativ birlik to‘ldiraverishi mumkin (Masalan: mevali daraxt va mevasiz daraxt so‘z birikmalari).

Har bir gipo-giperonimik qator cheklanmagan miqdorda lug‘aviy lakunaga ega bo‘ladi. Bu bo‘shliq ayni bir turning turli belgisi bilan cheklanmagan miqdorda to‘lib borish imkoniyatiga ega. Masalan, 10 ta uzum nomini biluvchi odam uchun o‘zbek tilidagi 600 ta uzum navi nomining 590 tasi lug‘aviy lakuna

hisoblanadi. Demak, lakunalar ijtimoiy ham (“mevali daraxt” va “mevasiz daraxt” tushunchasini ifodalovchi leksemalar), individual ham (mavjud leksemani ma’lum bir kishining bilmasligi) bo‘lishi mumkin.



Mantiqiy mushohada uchun


  1. Kibr va g‘urur leksemalari qanday leksik-semantik munosabat hosil qiladi?

  2. Nodon, ahmoq, va dono leksemalarini muhim belgisi asosida lug‘atdan foydalanib, darajalanish qatoriga tizing.



Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


  1. Leksik-semantik va leksik-shakliy munosabatlar qanday farqlanadi?

  2. Leksik-semantik munosabatlar o‘z ichiga qaysi munosabatlarni oladi?

  3. Sinonimik qatorda farqlovchi belgi qanda semadan iborat bo‘ladi?

3.Sinonimik qatorning antonimik juftlikka munosabati qanday? 4.Darajalanish va sinonimiya munosabatini oydinlashtiring, 5.Darajalanish va sinonimiya ko‘lamini farqlang.

6.Uyadoshlik munosabati nima va u qanday lug‘atlarda aks etadi?




Download 213.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling