Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Download 213.06 Kb.
|
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo‘l-yo‘lakay bajarish uchun
- Savol va topshiriqlar
Mustaqil o‘zlashtirish uchunRimliklar bahsi Darsliklar har doim ham sevimli bo‘lavermaydi. Lekin rus olimi Aleksandr Aleksandrovich Reformatskiyning rus tilidagi “Tilshunoslikka kirish” kitobi, mana, bir necha talabalar avlodining sevimli darsligiga aylanib qolgan va shunga munosib ham. Uning til birliklari tavsifi bag‘ishlangan bir parchani keltirish bilan fikrimizni asoslaymiz. “Til strukturasiga qanday birliklar kirishini aniqlash uchun quyidagi tahlilni keltiramiz: ikki nafar rimlik “kim eng kichik jumla ayta oladi” degan masalada bahslashib qolishibdi. Shunda biri debdi:
Eo rus (“Men qishloqqa!”). Ikkinchisi debdi: I (“Boraver”)! Bu eng kichik, shu bilan birga, barcha jumlalarga xos belgilarga ega bo‘lgan to‘la ma’nodagi tugal jumla. Xo‘sh, bu jumlaning elementlari qaysilar? [i] – fonemaning nutqiy varianti, quloq bilan eshitiladi, i harf sifatida ko‘z bilan ko‘rilib, o‘qiladi; i – o‘zak (umuman olganda, morfema), qandaydir tushunchani ifodalaydigan element, birlik; i – muayyan hodisani anglatuvchi so‘z (buyruq maylidagi, ikkinchi shaxsdagi, hozirgi-kelasi zamon fe’li); i – axborot mazmuniga ega bo‘lgan shaxsi aniq, yig‘iq, sodda gap. Kichkinagina “i” da tilning barcha birliklari mujassam: 1) fonema; 2) morfema; 3) leksema; 4) sintaktik qurilma. Tilda shundan boshqa xildagi narsa yo‘q bo‘lishi ham mumkin emas. Nega olim til strukturasini tushuntirish uchun aynan shu misolni keltirdi. Tilda miqdor emas, balki sifat rol o‘ynaydi. Demak, til miqdoriy emas, balki sifatiy birliklardan iborat. Sifat esa vazifa, funksiya demakdir7.
Shunday qilib, fonema, morfema, leksema va qolip lisoniy birlik bo‘lsa, tovush, qo‘shimcha, so‘z, so‘z birikmasi va gap esa nutqiy birlikdir. Ma’lum bir qolip asosida vujudga kelgan birliklar hosila termini bilan ham nomlanadi. Lisoniy va nutqiy birliklarning o‘zaro munosabati va o‘ziga xos belgilariga doir fikrlarni jadvalda quyidagicha berish mumkin (6- jadval):
jadval
7 Энциклопедия. Языкознания. – Москва, 2001. – С. 30
Demak, lisoniy va nutqiy birlik o‘zaro quyidagi dialektik munosabatda bo‘lsa (7-jadval): jadval
bir vaqtning o‘zida, quyidagi qarama-qarshi belgilarga ham ega bo‘ladi (8-jadval): jadval
Savol va topshiriqlarLisoniy birliklarнинг qanday turlari bor? Eng kichik lisoniy birlik va uning nutqiy voqelanishi nima? Morfema va qo‘shimchaning farqi nimada? Leksema va so‘zning farqi nimada? Qolip va hosila tilshunoslikda qanday tushuniladi? Hosila birliklar qaysilar? Biror matnni olib, unda qo‘llangan birliklarni lison va nutq bo‘linishi nutqtayi nazaridan tahlil qiling. Download 213.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling