Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath


Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Download 213.06 Kb.
bet12/45
Sana02.05.2020
Hajmi213.06 Kb.
#102891
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45
Bog'liq
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Sistema shartlari

Sistema o‘zaro munosabatlarga kirishgan elementlar yaxlitligidir. Sistema tarkibidagi elementlarning belgilari uch turga bo‘linadi:



  1. Sistemani tashkil etuvchi belgilar.

  2. Sistemada hosil bo‘luvchi belgilar. 3.Sistemaga betaraf belgilar.

Buni hayotiy bir dalil bilan asoslaymiz. Deylik, oila bir sistema. Uning tashkil etuvchilari, ya’ni elementlari ayol va erkak. Ayol va erkak (elementlar) quyidagi belgilarga ega bo‘ladi:

1.Sistemani tashkil etuvchi belgi: turli jinsga mansublik. 2.Sistemada hosil bo‘luvchi belgilar: erlik va xotinlik.

3.Sistemaga betaraf belgilar: bu har bir oila sistemasida o‘ziga xos bo‘lishi mumkin.

Har bir oila o‘ziga xos alohida sistema bo‘lganligi sababli ularni tashkil etuvchi elementlarning yuqorida aytilgan uch belgisi ham o‘ziga xos bo‘lishi mumkin. Masalan, bir oila uchun diniy e’tiqod birinchi belgi bo‘lsa, u boshqa oila uchun uchinchi belgi bo‘lishi mumkin.

Til sistemasi, uning ichki sistemalari ham xuddi shu qonuniyat asosida qurilgan.
Lisoniy paradigma haqida. Paradigma haqidagi ilk tasavvurimizni shakllantirish uchun borliqdagi bir dalilga murojaat qilamiz.

Qo‘limizda bir shoda har xil kalit bor. Qulfni ochish uchun ularni birma-bir qulfga tiqib ko‘ramiz. Natijada bittasi tushadi va qulf ochiladi. Ana shu kalitlar shodasini paradigmaga qiyoslash mumkin. Kitob... berdi gapi bamisoli qulf. Uning teshiklariga kelishiklardan biri tushadi. –ning, -ni, -da qo‘shimchalarini birma- bir qo‘yib ko‘ramiz. Qurilmaga tushum kelishigi shakli –ni tushadi. Umumiy belgisi asosida birlashgan va bir-birini taqozo etadigan, ammo har biri o‘ziga xos belgisi bilan boshqasiga qarama-qarshi turuvchi lisoniy birliklar sistemasi paradigma deyiladi (paradigma grekcha paradeigma – “misol”, “namuna” degan ma’nolarni bildiradi)8. Har qanday lisoniy sistema, bir vaqtning o‘zida, lisoniy paradigma sanaladi. Grammatik

kategoriyalar ham lisoniy paradigma ko‘rinishlaridan biri.




8Paradigma so‘zi – omonim termin. U “yo‘nalish”, “soha” ma’nosida ham ishlatiladi: Lingvokulturologiya – tilshunoslikning yangi paradigmasi kabi.

Paradigmani tashkil etuvchi lisoniy birlik paradigma a’zosi deb yuritiladi. Paradigma kamida ikkita a’zodan iborat, ular, asosan, bir lisoniy sathga mansub bo‘ladi.

Ferdinand de Sossyur lisoniy paradigma tarkibidagi, boshqacha aytganda, lisoniy birliklar orasidagi paradigmatik (assotsiativ, bir- birini eslatib turish, o‘xshashlik) munosabatini lisoniy birlik uchun eng asosiy munosabat sifatida baholagan.

Bir paradigma tarkibiga kiradigan birliklar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak:



  1. paradigmadagi bitta birlik tilga olinganda, shu paradigmaga kiruvchi boshqa a’zo ham eslаnishi (masalan, bir kelishik shaklining boshqa kelishik shakllarini, bir ma’nodosh birlikning ma’nodoshlik qatoridagi boshqa birlikni eslatishi kabi);

  2. muayyan nutq sharoiti uchun o‘zaro paradigmatik munosabatda turgan birlikdan, ya’ni paradigma a’zolaridan bittasi tanlanishi (masalan, Salim... kitobi birikmasi uchun kelishiklar paradigmasidan qaratqich kelishigining olinishi);

  3. bir paradigmaning a’zolari o‘zaro o‘xshashlik bilan birga, har biri ikkinchisidan qaysidir bir xususiy belgisi bilan farqlanib turishi (masalan, tushum va jo‘nalish kelishiklari “oldingi so‘zni keyingi fe’lga tobelash” vazifasini bajarishda o‘xshash, lekin biri “vositasiz to‘ldiruvchi sifatida tobelash”, ikkinchisi “vositali to‘ldiruvchi yoki hol sifatida tobelash” belgisi bilan farqlanadi);

  4. paradigma a’zolari nutqda bir o‘rin va (mavqeda) kelib, bir- birini ma’lum holatda almashtira olishi, o‘rnini egallashi (masalan, kitob... o‘qish birikmasini hosil qilishda tobe so‘zni bosh, tushum, chiqish kelishiklari shakllantira oladi).



Mantiqiy mushohada uchun


  1. Kursdoshlaringiz bir guruhni tashkil etgan. Bu guruh sistema bo‘la oladimi?

  2. Oilani paradigmaga qiyoslash mumkinmi?

O‘quv zalidagi 20 ta kompyuter sistemani tashkil qiladimi?

Lisoniy paradigma va uning a’zolariga nisbatan de Sossyur tomonidan qo‘yilgan bu talab qariyb yuz yildan beri deyarli o‘zgarishsiz saqlanib kelmoqda.


Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Til sistemasida sistemaviy qonuniyatlar

Til sistemasi o‘zaro munosabatlarga kirishgan til birliklari yaxlitligidir. Til sistemasi tarkibidagi til birliklarining belgilari ham uch turga bo‘linadi:

1.Sistemani tashkil etuvchi belgilar. 2.Sistemada hosil bo‘luvchi belgilar. 3.Sistemaga betaraf belgilar.

Deylik, unli fonemalar – sistema. O‘zbek tilidagi unlilar sistemasi 6 ta elementdan tashkil topgan. Ularning sistemaviy belgilari quyidagilar:

1.Sistemani tashkil etuvchi belgi: sof ovozdan iboratlik. 2.Sistemada hosil bo‘luvchi belgilar: lablangan/lablanmaganlik,

keng/torlik

3.Sistemaga betaraf belgilar: til oldi/til orqalik.

Yo‘l-yo‘lakay bajarish uchun


Mustaqil ravishda undosh fonemalarning, kelishik sistemasining, WPm sistemasining elementlariga xos sistem belgilarni aniqlashga harakat qiling.
Lisoniy paradigma turlari. Paradigma, qamroviga ko‘ra, katta va kichik, tashqi va ichki paradigmalarga bo‘linadi. Bu paradigmalar bir-biriga nisbatan olinadi. Masalan, undoshlar (katta yoki tashqi) paradigmasi jarangli va jarangsiz undoshlar (kichik yoki ichki) paradigmalariga bo‘linadi.

Fonemalar sistemasi fonetik (yoki fonetik-fonologik)



paradigma deyiladi.

Semantik-grammatik umumiylikka ega bo‘lgan leksik birliklar lug‘aviy paradigmani tashkil etadi. Sinonimik, antonimik, graduonimik qatorga birlashgan leksemalar sistemasi, alohida lug‘aviy guruhlar leksik paradigmalardir. Ular yuqorida paradigmaga qo‘yilgan talablarga to‘la javob beradi. Lug‘aviy- mavzuviy to‘da, lug‘aviy-mazmuniy maydon, so‘z turkumlari ham yirik (makro) paradigmani tashkil etadi.

Morfologik kategoriya (morfologik shakllar sistemasi) – morfologik paradigmadir.

Sintaktik qoliplar sistemasi sintaktik paradigmani tashkil etadi. Sintaktik paradigma ikkiga – gap paradigmasi va so‘z birikmasi paradigmasiga bo‘linadi. Gap paradigmasining o‘zi ikki – sodda gap qoliplari va qo‘shma gap qoliplari ichki (mikro) paradigmasiga bo‘linadi.

Paradigmatik munosabat, assotsiativ munosabat tushunchalari, odatda, sinonim ifodalar sifatida qo‘llanadi.


Download 213.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling