Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath


Download 213.06 Kb.
bet15/45
Sana02.05.2020
Hajmi213.06 Kb.
#102891
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45
Bog'liq
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mantiqiy mushohada uchun


  1. Sizning turli munosabatingiz bir xil vaziyatda har xil natijani keltirib chiqargan holatlar bo‘lganmi?

  2. Insonning fe’liga qarab munosabatda bo‘lmagan kishilar holatini kuzatganmisiz?

  3. “Shaxslar, munosabat, vazifa” sistemasi mohiyatini hayotiy misol asosida dalillang.


Paradigmatik munosabat. Avvalgi mavzularda qulf va kalitlarga oid misol keltirgan edik. Turli kalitlar shodasi paradigmaga qiyoslangan edi. Kalitlar orasidagi munosabat paradigmatik munosabatga o‘xshaydi.

Paradigma a’zolari orasidagi munosabat paradigmatik munosabat deyiladi. Paradigmatik munosabat bir sistemaga kiruvchi birliklarning o‘xshashlik va farqlilik munosabatlaridir. Masalan, kelishiklar o‘zaro “oldingi so‘zni keyingi so‘zga bog‘lash” o‘xshashligiga ega bo‘lsa, har bir kelishikning bu o‘xshashlik ostidagi tafovutlari farqlilik munosabati hisoblanadi. O‘xshashlik va farqlilik munosabati bir necha ko‘rinishlarda voqelanadi. Farqlilik munosabati tilshunoslikda ziddiyat termini bilan nomlanadi.

Pаradigmatik munosabat keskin ziddiyatli va darajalangan ziddiyatli ko‘rinishlarda bo‘ladi. Masalan, a va o o‘nli fonemalari

orasida keskin ziddiyatli paradigmatik munosabat (lablanganlik/lablanmaganlik) mavjud bo‘lsa, a, e, i unlilari orasida darajalangan ziddiyatli paradigmatik munosabat mavjud. Bunda unlilar tilning tanglayga ko‘tarilish darajasiga ko‘ra farqlanadi. Bu uchlikdan o‘rtadagisi olib tashlansa, qolgan ikki unli o‘zaro keskin ziddiyatli bo‘lib qoladi. Chunki a va i unlilari “quyi keng” va “yuqori tor” belgilariga ega. Yoki аytishmоq – kоyishmоq – janjallashmоq – yoqalashmоq – do‘ppоslashmоq – yoqa vayrоn bo‘lishmоq – qоniga bеlanishmоq qatori “ifoda bo‘yog‘ining oshib borishibelgisi asosida darajalanadi va farqlanadi. Bu qator darajalanish (graduonimik) paradigmasi deyiladi. Qatordagi har bir birlik graduonim deb yuritiladi. Graduonimlar orasidagi munosabat graduonimik munosabat bo‘lib, paradigmatik munosabatning bir turi hisoblanadi.

Graduonimik munosabat bilan birga sinonimik, antonimik munosabatlarning barchasida eslatib turish xususiyati mavjud. Paradigma a’zolari teng qiymatli va teng huquqli birliklardir. Shuning uchun ular bir paradigmaga mansub bo‘ladi.

Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Komil inson – yuksak munosabat sohibi

Komil insonning o‘ta kamtarin, biror hukm-xulosa chiqarishda juda ehtiyotkor bo‘lishining asosiy sababi shundaki, u har bir masalada bilganidan bilmagan tomonlari ko‘proq ekanligini tushunadi va har doim ehtiyot munosabatda bo‘ladi.

Omiy va johil uchun esa hamma narsa ayon, chunki u hech narsani bilmaydi, jumladan, o‘zinig bilmasliginini ham. Tiliga ixtiyorsizligidan xayoliga kelgan bo‘lg‘ur-bo‘lmag‘ur fikrlarni hayiqmay bayon qilaveradi va el orasida e’tiborini yo‘qotadi. Tasavvuf axloqi omiy va johilga to‘g‘ri gapni uqtirishga intilishni ham johillik alomati deb biladi va hamisha “Suxan ba ahli suxan boyad guft" (So‘zni aytgil uqqanga) amali asosida ish ko‘rishni tavsiya etadi. Shuning uchun hatto Mansur Xallojning o‘ldirilishini buyuk oriflar (jumladan, Xoja Abdullo Ansoriy Hiraviy) qattiq qoralamaganlar, zero u “analhaq” (“Men Haqman”) shiorini Haq va Inson birligini tushungan oriflar davrasidagina emas, shariat

ahkomlari, shariat talqinidagi Alloh (Xudo)ga iymon keltirgan, ma’rifiy Haqqi mutlaqdan mutlaqo bexabar omiy va johil dindorlar orasida ham targ‘ib etavergan, so‘zni uqolmaydiganlarga aytgan. Shu bois shariat yuzasidan to‘g‘ri jazolangan, zero shariat uqishni emas, uning ahkomlariga ko‘r-ko‘rona bo‘ysunishni talab etadi.


Iyerarxik munosabat. Lisoniy birliklar orasida iyerarxik, ya’ni pog‘onali munosabat ham mavjud. Pog‘onali munosabat deganda birlikning boshqasi tomonidan qamrab olinishi tushuniladi. Masalan, Halim va Кarim leksemalari erkak kishining ismlari bo‘lib, ayolning ismi bo‘lgan Halima, Salima leksemalariga qarama-qarshi turadi. Lekin ularning barchasini ism leksemasi qamrab oladi. Ism leksemasi esa, nom leksemasi bilan birgalikda, ot leksemasi tomonidan qamrab olinadi. Uni shartli ravishda quyidagicha tasavvur qilish mumkin (9-jadval):
9-jadval

Ot

Ism

Nom

Halim

Karim

Halima

Salima

Suv

Kitob

Bu pog‘ona yuqori va quyi yo‘nalishda yana davom ettirilishi mumkin. Demak, Salim, ism, ot leksemalari pog‘onali munosabatga kirishgan; Salim so‘zi ism so‘zi tarkibiga, ism so‘zi esa ot so‘zi tarkibiga kiradi.

Lisoniy birliklarning pog‘onali munosabati ikki xil. Masalan, daraxt va tana, ildiz, barg, shox birliklarining o‘zaro munosabati daraxt leksemasi bilan olma, o‘rik, nok, gilos leksemalarining o‘zaro munosabatidan farq qiladi. Oldingi pog‘onali munosabatda daraxt butunni va qolganlari qismni ifodalasa, keyingisida daraxt turni ifodalab, mevaning muayyan nomini ifodalovchi birliklar turning ko‘rinishi – jins sifatida namoyon bo‘ladi. Ikkinchi munosabatdagi birliklar daraxt leksemasining xususiy ko‘rinishi – juz’iylashishi. Birinchisida esa bunday munosabat mavjud emas. Shu boisdan Gilos daraxtdir tarzidagi hukmni aytish mantiqiy. Biroq Ildiz daraxtdir deyish mumkin emas. Tilshunoslikda lisoniy birlikning butun-bo‘lak munosabati partonimik (part – qism,

bo‘lak), tur-jins munosabati giponimik munosabat deyiladi. Partonimik munosabatga kirishuvchi qismni ifodalovchi birliklar partonim, giponimik munosabatga kirishuvchi jins nomlari giponim deyiladi. Butunlik totonim va tur nomi giperonimdir.

Paradigmatik munosabatga kirishayotgan birliklar teng qiymatli bo‘lsa, pog‘onali munosabatga kirishayotgan birliklar o‘zaro “kattaning kichikka”, “tashqining ichkiga”, “butunning bo‘lakka” munosabatini o‘zlarida ifodalaydi va teng qiymatli bo‘lmaydi.




Download 213.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling